EKOLOGIYANING QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI
Tirik organizmlarning atrof-muhitga munosabati qadim zamonlarda
ham ma’lum bo‘lgan. Chunonchi, o‘simliklarning yashash sharoitiga
munosabati haqidagi ma’lumotlarni eramizgacha bo‘lgan 372-278-yillarda
Teofrast va yangi eraning 23-79-yillarida Katta Pliniy keltirib o‘tgan edi.
Teofrast Aleksandr Makedonskiy bilan birgalikdagi yurishlarida yiqqan
materiallarini ishlab chiqib, Osiyo, Afrika va Yevropa o‘simliklarini o‘zaro
taqqosladi, keyin o‘simliklarning shakli va o‘sishi iqlim, tuproq sharoitiga
hamda o‘stirish usullariga bog‘liqligini qayd qilib o‘tdi. O‘simliklarning
ekologik klassifikatsiyasini taklif etdi. U keyinchalik, XIII asrda Albert
Velikiy ekologik masalalarga to‘xtalib, o‘simliklar qishki tinim davrining
sabablari, ular oziqlanish, tuproq sharoitiga, quyosh issiqligiga bog‘liq xolda
o‘sishi va ko‘payishi to‘g‘risidagi fikrlarini bayon qildi. Uyg‘onish davrida
geografiya sohasida erishilgan yutuqlar ham biologiyada katta ahamiyatga
ega bo‘ldi. Ular tabiiyot fanlarining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi».
Keyinroq, XVI-XVIII asrlarda o‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan
botaniklaridan bo‘lgan Chezalnino, Turnefor, Djon Rey, K. Linney va
boshqalarning ishlarida ekologiyaga doir ko‘plab ma’lumotlarni uchratish
mumkin.
XVIII-XIX
asrlarda
ulug‘
rus
olimlari-akademiklar
S.V.Krasheninnikov (1711-1755), I. Gmelin (1709-1755), P. S. Pallas (1741-
1811) ham o‘z ishlarida ko‘plab ekologik ma’lumotlarni keltirganlar.
Akademik I. I. Lepexin (1740-1802) mo‘’tadil iqlim zonalari, tropik va
cho‘llar landshafti o‘simliklarini ta’riflagan, shuningdek, o‘simliklarning
tarqalishi iqlimga bog‘liqligini va baland tog‘ hamda tundra o‘simliklarining
o‘xshashligini ko‘rsatib o‘tgan. Agronom A. G. Bolotov (1738-1833) mevali
daraxtlarning urug‘ko‘chatiga ta’sir ko‘rsatish usullarini ishlab chiqdi va
o‘simliklar hayotida mineral tuzlarning rolini ko‘rsatdi. Shuningdek, u
o‘simliklarning yashash joyidagi klassifikatsiyasini yaratdi; o‘z ishlarida
o‘simliklarning o‘zaro munosabati masalalari ustida ham to‘xtalib o‘tdi.
XIX asrning boshlariga kelib, o‘simliklar geografiyasi fanining
dunyoga kelishida A. Gumboldtning xizmati katta bo‘ldi (1769-1859). U
«Idei o geografii rasteniy» (1807) asarida o‘simliklarning tarqalishida
temperaturaning ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi va ekologik harakterdagi bir
qator botanik-geografik ishlardan foydalandi. O‘simliklar ekologiyasining
keyingi rivojlanishi Yer yuzasida o‘simliklar koplamini o‘rganishda,
o‘simlikshunoslikning ilmiy asoslarini ishlab chiqishda va o‘simliklar
fiziologiyasi ta’siri ostida ro‘y beradigan bir qator o‘zgarishlarni kuzatishda
asos bo‘ldi. O‘simliklar geografiyasi sohasida ulug‘ fransuz botanigi Ogyust
Piram Dekandolning ishlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi (1778-1841). U
o‘zining «Ocherki nachalnoy geografii rasteniy» deb nomlangan kitobida
«yashash joyi» va «turar joy» tushunchalariga aniqlik kiritdi (1820).
Shuningdek, u «epirreologiya» (hozirgi tushunchada autekologiya) deb
nomlangan yangi fanga asos soldi. Shundan keyin muhitga o‘simliklarga
ta’sir etadigan sharoitlar yig‘indisi deb nomlagan bo‘ldi. Uning o‘g‘li Alfons
Dekandol o‘zning «Geografiya rasteniy» deb nomlangan kitobida
temperatura, yorug‘lik, namlik, tuproq kabi tashqi muhit faktorlariga
asoslangan klassifikatsiyani bayon etdi. U ham A. Gumboldt singari
o‘simliklarning tarqalishi iqlim faktorlari (asosan temperatura) bilangina
cheklanadi, deb qaragan. Shunday qilib, A. Dekandolni o‘simliklar
ekologiyasini fan sifatida tanigan asoschilardan biri desa bo‘ladi.
Darvin evolyutsion ta’limotining g‘alabasi 1859 yildan keyin
ekologiya tarixida yangi bosqich bo‘ldi. Botanik geografiya asosida vujudga
kelgan ekologiya mustaqil fanga, ya’ni o‘simliklarning muhit faktorlariga
moslanishi, adaptatsiyasi haqidagi fanga aylandi. Rossiyada o‘simliklar
ekologiyasining rivojlanishida rus olimi Ch. Darvinning izdoshi, rus botanik
geografiyasining asoschisi bo‘lgan A. N. Beketovning (1825-1902) ishlari
katta rol o‘ynadi. U «Geografiya rasteniy» deb nomlangan asarida (1896)
tarixiy
rivojlanishda
o‘simliklarning tashqi sharoitlar yig‘indisiga
moslashuvi, ya’ni biologik kompleks haqidagi tushunchani shakllantirdi.
Beketov ekologiya maqsadlarida olib borilgan tadqiqotlarning ahamiyatini
ta’kidlab o‘tdi va o‘simliklarning ekologik-fiziologik klassifikatsiyasini
taklif etdi. U iqlim faktoriga, ayniqsa, yorug‘likning forma hosil qiluvchi
xususiyatiga e’tibor berdi va turlarning ekologik tarqalishi haqidagi masalani
o‘rtaga tashladi.
Taxminan 1877 yilda K. Mebius «biotsenoz» terminini taklif etdi. U
ushbu termin ostida tur va zotlarning ko‘payishi tufayli ular egallab turgan
territoriyani «jamoa» deb tushundi. Keyinchalik bu haqiqiy ekologik
tushuncha fanga kiritildi. Skou o‘z ishlarida (1821) issiqlik, namlik va
yorug‘lik kabi faktorlarni o‘rganib, o‘simliklarni yashash joyiga qarab cho‘l,
botqoqlik, toshloq o‘simlnklariga bo‘ldi va ana shu klassifikatsiyani taklif
etdi.
XIX asrning boshlarida o‘simliklarning tarqalishida iqlim faktorlariga
(issiqlik, yog‘ingarchilikka) asosiy e’tibor berilgan. Lekin o‘xshash bo‘lgan
alohida regionlarni o‘rganishda edafik faktor katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
O‘tgan asrning o‘rtalarida o‘simliklar hayotida tuproqning fizik xususiyatimi
yoki
ximiyaviy
xususiyatimi
ahamiyatga
ega
ekanligi
haqida
keng_munozara boshlangan. Shunda ekologlar asta-sekin tuproqning
sho‘rlanishiga, qop qatlamining qalinligi, doimiy muzliklar, tuproq
aeratsiyasi, tuproq suvi kabi faktorlarga e’tibor bera boshladilar.
O‘tgan asrning oxiriga kelib, ekologiya soxasida ikkita yunalishi
yuzaga keldi. 1895 yilda daniyalik olim Ye. Varmingning «Plantesamfund»
nomli kitobi nashr etildi. Uning bu asari rus tiliga ikki marta-1901 va 1902
yillarda tarjima qilindi. «O‘simliklarning tashqi muhitga bog‘liq xolda
tarqalishi» (O‘simliklarning ekologik geografiyasi) deb nomlangan nashri G.
I. Tanfilevning Rossiya o‘simliklari hakidagi maqolasi bilan bosilib chikdi.
Ye. Varming «geografik yunalish»ni davom ettirib, ekologiya masalalariga
aniqliklar kiritdi, «ekologik geografiya»ni «flora geografiyasi»dan ajratdi.
1910 yilda Bryus- selda III xalqaro botanika kongressida ekologiya
botanikaning mustakil sohasi deb rasmiy ravishda e’lon kilingan bo‘lsa-da,
Ye. Varming o‘simliklar ekologiyasining otasi hisoblanadi. U, ayniqsa
o‘simliklarning hayoti birgalikda (guruh-guruh bo‘lib) o‘tadi va ularning o‘zi
muhitga ta’sir ko‘rsatadi, deb takidlaydi. Ye. Varmingning kitobi
ekologiyaning rivojlanishi uchun kuchli turtki bo‘ldi. Shundan keyin
ekologiyada aloxida «morfologik-biologik» yunalish tarkib topdi va u
keyinchalik hayot formalari xaqidagi ta’limotga qo‘shimcha bo‘ldi. Nemis
botanigi O. Drudening (1913) «Ekologiya rasteniy» nomli kitobi bu
yunalishning davomi bo‘ldi.
Ana shu yillarda ekologiya sohasida yana bir yunalish, ya’ni fiziologik
protsesslardan kelib chiqqan holda morfologik-anatomik belgilarni
tushuntirishga urinib ko‘rildi. Masalan, 1898 yilda A.Shimperning
«Geografiya rasteniy na fiziologicheskoy osnove» degan kitobi nashr etildi.
Bu asosli axborot ekologiyani eksperimental fanlarga, asosan, o‘simliklar
fiziologiyasiga yaqinlashtirdi. Ushbu fiziologik yo‘nalish, masalan,
Klebsning «O proizvolnom izmenenii rastitelnыx form» 1905) va G.
Lyundegordning «Vliyanie klimata i pochvы na jizn rasteniy» nomli (1925)
ishlarida o‘z aksini topdi.
XX asrda ekologik tadqiqot metodlarining yanada takomillashishi
yangi ekologik faktorlarga, ya’ni yorug‘lik davrining uzunligi, yorug‘lik
spektrining tarkibi, tuproq eritmasining reaksiyasi, mikroelementlarning
ta’siri, eruvchan alyuminiy, azot va boshqalarga murojaat etishga imkon
berdi. Insonning muhitga ta’sirining kuchayishi havoning sanoat chiqindilari,
radiatsiya nurlari bilan ifloslanishini o‘rganish zaruratini keltirib chiqardi.
Bu hozirda ham muhim masala bo‘lib qolmoqda.
O‘sha davrda AQShda ekologiyada aloxida yo‘nalish paydo bo‘ldi, u
ham bo‘lsa «indikator turlar xaqidagi ta’limot», ya’ni tuproqning (karbonatli,
yuqumli, gipsli, sho‘rlangan va boshqa tuproqlarning) har xil xossalarini
«ko‘rsatkich-o‘simliklar» xaqidagi ta’limot keng tarqaldi. Keyinchalik
(1929) tuproq; tarkibida ma’lum miqdorda bo‘ladigan ximiyaviy elementlar
indikatori to‘g‘risida gap bordi. Klementsning «Rasteniya-indikatorы»
(1920), shuningdek, Uiver va Klementsning «Ekologiya rasteniy» deb
nomlangan asarlari tufayli o‘simliklarning o‘sish sharoitini indikatsiyalashda
(aniqlashda) tabiiy o‘simliklardan foydalanishga asoslanildi. Shuni qayd
qilib o‘tish kerakki, amerikalik olimlar ekologiyani juda keng ma’noda talqin
etganlar va unga fitotsenologiyani ham kiritganlar. Bu ko‘p jihatdan hozirgi
chet el ekologiyasi uchun ham xosdir.
Rossiyada ekologiya o‘ziga xos yo‘nalishda rivojlanib bordi. 1868
yilda N. F. Levakovskiy ildizning shakliga tashqi muhitning ta’siri haqida
dissertatsiya yozdi, shundan so‘ng o‘simliklarning shakli, tuzilishi va
rivojlanishiga muhit turli elementlarining ta’siri haqida bir qancha ishlarni
nashr qildirdi. U birinchi rus ekologi va tasvirlovchisigina emas, balki
eksperimental tadqiqotchisi ham edi. K. A. Timiryazevning fiziologiyaga
doir, asosan, fotosintez ustidagi ishla- ri faqat fiziologiyada emas, balki
ekologiyada ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘tgan asrning oxiri va asrimizning boshlarida Rossiyadagi
tuproqshunoslikka va botanikaga doir tadqiqotlar faqat fitotsenologiyaning
kelib
chiqishiga
emas,
balki
P.A.Kostichev,
A.A.Izmailskiy,
V.Dokuchaevlarning o‘simliklar bilan tuproqning o‘zaro aloqasi haqidagi
ekologik g‘oyalarining shakllanishiga ham yordam berdi. Ayniqsa
V.V.Dokuchaev va xodimlarining ishlari tufayli tarixiy, xozirgi iqlim va
tuproq sharoitiga bog‘liq holda o‘simliklarning tarqalishi va gruppalarga
bo‘linishi konuniyatlariga aniqlik kiritildi.
Akademik B. A. Keller sovet ekologiyasining rivojlanishiga katta
hissa qo‘shdi. U o‘simliklarni o‘rganishning ekologik metodlarini bayon
etdi. Bu bilan u geobotanikaga ekologik qatorlar metodini, sistematikaga
ekologik-geografik metodlarning asoslarini kiritdi. U qurg‘oqchilikka va
sho‘rga chidamli o‘simliklar ustida olib borgan tadqiqotlarida fiziologik va
anatomik-morfologik metodlarga tayandi. Keller evolyutsiyaning konkret
yo‘llarini ekologik tushuntirish muhimligini qunt bilan ko‘rsatdi. U
ekologiyada alohida yo‘nalish-«dinamik ekologiya»ga asos soldi. Bu
yunalishga ko‘ra, o‘simliklarning ekologik tiplarini muvozanat holatda emas,
balki harakatda o‘rganishni taklif qildi.
Keyinchalik ekologik fiziologiya L.A.Ivanov (yorug‘likning ta’siri),
N.A.Maksimov
(qurg‘oqchilikka
chidamlilik),
V.I.Lyubimenko,
A.A.Nichiporovich, O.V.Zalenskiy, V.A.Voznesenskiy (fotosintez eko-
logiyasi),
I.I.Tumanov
(sovuqa
chidamlilik),
P.A.Genkel
(sho‘rga
chidamlilik) ishlarida rivojlantirildi. V.I.Sukachyovning klassik asarlarida
fitotsenologiya va biogeotsenologiyadagi ekologik yo‘nalish rivojlantirildi,
bunga avval G.F. Morozovning “Uchenie o lese” nomli asarida va boshqa
ajoyib ishlarda asos solingan edi. L.G.Ramenskiy va A.P.Shennikov
ekologiyani, ayniqsa, o‘tloq o‘simliklari ekologiyasini rivojlantirishga katta
hissa qo‘shdilar. Keyingi yillarda deyarli barcha mamlakatlarda ekologik
tadqiqotlar avj olib rivojlandi.
Keyinchalik ekologik fiziologiya L.A.Ivanov (yorug‘likning ta’siri),
N.A.Maksimov
(qurg‘oqchilikka
chidamlilik),
V.I.Lyubimenko,
A.A.Nichiporovich, O.V.Zalenskiy, V.A.Voznesenskiy (fotosintez eko-
logiyasi),
I.I.Tumanov
(sovuqa
chidamlilik),
P.A.Genkel
(sho‘rga
chidamlilik) ishlarida rivojlantirildi. V.I.Sukachyovning klassik asarlarida
fitotsenologiya va biogeotsenologiyadagi ekologik yo‘nalish rivojlantirildi,
bunga avval G.F. Morozovning “Uchenie o lese” nomli asarida va boshqa
ajoyib ishlarda asos solingan edi. L.G.Ramenskiy va A.P.Shennikov
ekologiyani, ayniqsa, o‘tloq o‘simliklari ekologiyasini rivojlantirishga katta
hissa qo‘shdilar. Keyingi yillarda deyarli barcha mamlakatlarda ekologik
tadqiqotlar avj olib rivojlandi.
60-yillarda
asosiy
masalalar
bo‘yicha
turli
maktab
va yunalishlar ekologlarining fikri birlashdi, tushuncha va terminlar
unifikatsiyasi boshland. 1968 yildan boshlab Xalqaro biologik
programma va keyingi yillarda yangi Xalqaro “Inson va biosfera”
progorammasi bunga imkon tug‘dirdi. Oxirgi 20 yillar ichida ish
masshtablari o‘sdi, murakkab asbob uskunalar bilan ta’minlangan yangi
ekologiya paydo bo‘ldi. Hozir ham miqdoriy ekologiya (statistika, klassifiya,
ordinadiya) ekosistema ekologiyasi (unumdorlik oziq zanjiri), bioenergetika,
modellashtirish, sistematik analiz va autekologiya, fiziologik ekologiya
genekologiyasi,
populyatsiya
ekologiyasi,
tropik
ekologiya,
inson
ekologiyasi va boshqa ekologiyalar mavjud. Lekinyangi va eski
ekologiyaning strukturasi asosan o‘xshash, faqat foydalaniladigan metodlari
farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |