Ko‘l va muzliklar Ko‘llar



Download 6,07 Mb.
Sana07.07.2022
Hajmi6,07 Mb.
#753052
Bog'liq
5-sinf geografiya 21.Ko\'l va muzliklar


Qashqadaryo viloyati Muborak tumani maktabining Geografiya fani o’qituvchisi Beshimova Xurshida ning “Ko’l va muzliklar” mavzusida tayyorlagan bir soatlik
DARS ISHLANMASI

Ko‘l va muzliklar

Ko‘llar.


Quruqlik yuzasida yer usti va yer osti suvlari oqib tushadigan chuqurliklar ko‘p. Ana shunday tabiiy chuqurliklarda to‘planib qolgan suvga ko‘l deyiladi.

Ko‘llar dengizlardan farq qilib, okeanlar bilan tutashmagan bo‘ladi. Ko‘llarda suv daryolardagidek o‘zanda oqmaydi.

Yer yuzida ko‘llar juda ko‘p. Eng katta ko‘l Kaspiy ko‘li. Uning maydoni 376 ming km2 ni tashkil qiladi.


Eng chuqur ko‘l — Baykal. Chuqurligi 1620 m.

O‘rta Osiyodagi eng katta ko‘llardan biri Orol dengizidir. Hozirgi vaqtda Orol dengizi suvi qurib, maydoni juda kichrayib qolgan.

Ko‘l suvi to‘ldirgan chuqurliklar har xil yo‘l bilan, ko‘pincha Yer po‘stining asta-sekin pasayishidan hosil bo‘ladi. Yer po‘stining yorilishidan ham ko‘pincha uzun cho‘zilgan chuqurliklar vujudga keladi.

Tekislikdagi daryolar ilonizi o‘zanlarda oqadigan joylarda eski, qoldiq o‘zanlar suvga to‘lib qolib, o‘zan ko‘llar paydo bo‘ladi.

Agar ko‘llarga daryolar quyilsa-yu bironta ham daryo oqib chiqmasa, bunday ko‘l oqmas ko‘l deyiladi.


Kaspiy, Orol ko‘llari shunday ko‘llar. Agar ko‘llardan daryo oqib chiqsa, u oqar ko‘l deyiladi.
Kaspiy dengiz

Odatda iqlimi issiq o‘lkalardagi oqmas ko‘llar suvi sho‘r bo‘ladi. Chunki, qo‘shilgan suv bug‘lanib ketib, suvda erigan tuzlar qoladi.


Dunyodagi eng sho‘r ko‘l Arabiston yarimorolidagi O‘lik dengiz. Uning 1 litr suvida 270 grammgacha tuz bor.

Muzliklar.


Quruqlikda qor to‘planib, hosil bo‘lgan ko‘p yillik muzlar muzliklar deyiladi.
Ular daryo va ko‘llarni qoplab yotgan
muzlardan farq qiladi.
Sovuq o‘lkalarda va baland tog‘larda yoqqan
qor erib ulgurmay to‘planadi va zichlashib muzga aylanadi.

Tyanshan va Pomir tog‘laridagi muzliklar 3500 m dan balandda hosil bo‘ladi (48-rasm).


48-rasm. Tog‘dagi muzlik.

Sizga ma’lumki, sovuq o‘lkalarda muzliklar butun yer yuzini qoplab yotadi.


Antarktida materigi, dunyodagi eng katta orol - Grenlandiya shunday muzliklar bilan qoplangan. Muzning qalinligi esa 4 ming metrga yetadi.

Muzliklar ham asta-sekin siljib borib, dengiz va okeanlar bo‘yiga kelib qoladi. Bunda muzlik yorilib, bo‘linib, suvga tushadi va suvda suzib yuruvchi katta muz tog‘larini hosil qiladi. Bular aysberglar deyiladi (gollandcha «iys» — muz, nemischa «berg» — tog‘ degan ma’nolarni bildiradi).


Materik muzligi
Aysberg
Aysberg
49-rasm. Aysberglar materik muzligidan uzilib tushib hosil bo‘ladi.

Antarktida qirg‘oqlari yonida kuzatilgan ulkan bir aysbergning uzunligi 170 km, eni 45 km va qalinligi 200 m bo‘lgan.


Aysbergning katta qismi suv tagida bo‘ladi. Aysberglar dengiz va okeanlardagi kemalar qatnovi uchun juda
xavfli.

Savol va topshiriqlar:

1. Ko‘l deb nimaga aytiladi? Dunyodagi yirik ko‘llardan qaysilarini bilasiz?

2. Ko‘llarning qanday turlarini bilasiz?

3. Muzliklar qanday hosil bo‘ladi?

4. Qor chizig‘i nima?

5. Aysberglar nima? Ular qanday hosil bo‘ladi?


Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish