Ekologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/63
Sana07.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#533850
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
Bog'liq
af28d4741e881e0c7667589aa2fd2e03 Ўсимликлар экологияси (1)

YORUG‘LIK VA FOTOSINTEZ 
Ma’lumki, yashil o‘simliklarda anorganik moddalardan organik 
moddalar hosil bo‘ladi va biosferada kislorodning yagona ajralish 
reaksiyasi boradi. Bunda qisman fotoavtotroflar, ya’ni prokariotlar 
ishtirok etadi. Yashil o‘simliklar erkin holdagi mustaqil avtotrof 
organizmlar bo‘lib, ular fitotsenoz va bigeotsenozning yagona bir 
asosi hisoblanadi. Faqat shular tufayligina ekosistemaning boshqa 
biologik komponentlari yashashi mumkin bo‘ladi. 
Fotosintez protsessi yorug‘lik energiyasi yutilishi hisobiga
boradi. Shunga ko‘ra, xlorofill quyosh energiyasini o‘zlashtiruvchi 
hisoblanadi. Yorug‘likni o‘zlashtirish protsessida nurli energiya 
radiatsiyasi potensial energiyaga aylanadi. O‘simlik organizmida 


boradigan bu protsessda karbonat kislota va suvning parchalanishi 
sodir bo‘lib, keyinchalik organik moddalar sintezlanadi. Barglardagi 
radiatsiya balansida birinchi navbatda bir qismi bargning o‘zida 
o‘zlashtiriladigan, bir qismi atmosferaga tarqaladigan va bir qismi 
barglar orqali o‘tkaziladigan radiatsiyani hisobga olish kerak. Bunda 
ularnnng o‘zaro nisbati barglarning morfologiyasi va anatomiyasiga, 
sathining harakteriga va boshqalarga bog‘liq. Radiatsiya balansining 
ba’zi komponentlarini dub (eman)ning gorizontal xolatda joylashgan 
bargi misolida ko‘rib chiqamiz. Uning ustki yuzasidan radiatsiyaning 
27% qaytadi, 24% barg orqali o‘tadi, 49% o‘zlashtiriladi; bargning 
orqa tomonida yuqoridagiga muvofiq 29, 25 va 46% ni tashkil etadi 
(Bannister, 1976). 
Yashil barglar quyosh nurli energiyasining o‘rtacha 75 % ni
o‘zlashtiradi. Lekin undan fotosintez protsessida foydalanish 
koeffitsienti ancha kam. Tabiiy sharoitda, quyosh nuri yaxshi yoritib 
turgan vaqtda fotosintez uchun quyosh nurining taxminan 1-2%, 
yorug‘lik ancha kamaygan vaqtda 10% gacha qismi sarflanadi. 
Barglar tomonidan o‘zlashtirilgan nurli energiyaning qolgan 90 99% 
issiqlik energiyasiga aylanadi va transpiratsiya hamda boshqa 
protsesslar uchun sarflanadi. Fotosintez protsessida fotoximiyaviy 
reaksiyalar, fermentativ reaksiyalar boradi. Bundagi diffuziya 
protsesslari ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bunda xloroplastlar 
bilan tashqi atmosfera o‘rtasida karbonat angidrid bilan kislorod 
almashinadi. 
Fotosintez intensivligi har xil birlikda ifodalanadi. Ko‘pincha u 
barglar vaqt birligida maydon birligi hisobiga o‘zlashtirgan karbonat 
kislota miqdorida ifodalanadi. Boshqa xollarda uni to‘qimalarning va 
nam massasini hisobga olgan holda ifodalash mumkin. Fotosintez 
intensivligini quruq massa birligiga nisbatan hisoblashda SO
2
assimilyatsiyasi miqdorlari taqqoslanadi. Bu esa o‘simliklar 
tomonidan organik moddalar ishlab chiqarilishini harakterlash 
imkonini beradi. O‘z navbatida o‘simliklar bilan fitotsenozlarning 
mahsuldorligini ifodalaydigan solishtirma material olinganligi uchun 
u ekologiya maqsadlarida muhim ahamiyatga ega. Agar fotosintez 
bargning yuza birligiga nisbatan hisoblansa, u vaqtda yoritiladigan 
yuza assimilyatsion faoliyatining samaradorligi hisobga olinadi. Bu 
ko‘rsatkich ko‘p jihatdan bargning anatomik-morfologik xossalariga 
bog‘lik bo‘lib, u assimilyatsiya qiluvchi mazkur organlar tomonidan 
quyosh energiyasi va karbonat angidrid o‘zlashtirilishi samaradorligi 
haqida xulosa chiqarishga imkon beradi. Lekin bunda assimilyatsiya 
qiluvchi sathning xossalarini ham hisobga olish kerak bo‘ladi.
Shunday kilib, fotosintez mahsuldorligi deganda, sutka 
davomida barg massasi yoki sathi birligi hisobiga yutilgan S0
2
ning 


umumiy miqdori tushuniladi. U o‘simlikning assimilyatsiya-
dissimilyatsiya faoliyati ko‘rsatkichi hisoblanadi, bu ko‘rsatkich 
o‘simliklar tomonidan organik moddalar to‘planishini baholashda 
asosiy rol o‘ynaydi. Lekin o‘simliklarning umumiy maxsuldorligi 
bevosita fotosintez protsessi intensivligiga bog‘liqligi kuzatilmaydi. 
Shu bilan bir vaqtda fotosintez mahsuldorligi har xil sharoitda 
turlicha bo‘ladi va o‘simliklarning assimilyatsiya qiluvchi organlari 
tomonidan organik moddalar hosil qilinishi keskin farq qiladigan 
darajada o‘zgarib turadi. Shunga ko‘ra, bizningcha, yil davomida 
massasi eng ko‘p miqdorda ortadigan daraxtlar bargi eng maxsuldor 
hisoblanadi. A. A. Nichiporovich ma’lumotiga ko‘ra, o‘simliklar 1g 
karbonat angidrid o‘zlashtirishi protsessida 0,68g organik modda 
ishlab chiqaradi; yana shunday ma’lumotlar ham borki, o‘simliklar 
1g organik kislota o‘zlashtirishi bilan 0,4g yog‘ yoki 0,62g kraxmal, 
yoxud 0,5g oqsil sintezlashi mumkin. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish