1.To‘lqin uzunligi 300-520 nm
bo‘lgan ta’sir zonasi. Bu to‘lqindagi
nurlar o‘simliklar xlorofilli, karotinoidlar, protoplazma, fermentlar
tomonidan yutiladi. Lekin uning asosiy qismi xlorofillar tomonidan yutiladi.
2.To‘lqin uzunligi 520-700 nm
bo‘lgan ta’sir
zonasida nurlarning
yutilishi xususan xlorofillga bog‘liq bo‘ladi. Bu to‘lqindagi nurlar to‘q;
sariq-qizil nurlar xissasiga to‘g‘ri keladi. Ular fotosintez protsessida
qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligi K. A. Timiryazev tomonidan
ko‘rsatib o‘tilgan edi. Bu radiatsiyadagi nurlar o‘simliklarda boradigan
barcha fiziologik protsesslar fotosintez, rivojlanish, shakllanish va boshqalar
uchun xal qiluvchi ahamiyatga ega.
3.To‘lqin uzunligi 700-1050 nm
bo‘lgan zona infraqizil nurlardan,
ya’ni abiotik radiatsiyadan iborat bo‘lib, ular deyarli
hech qanday biologik
rol o‘ynamaydi.
4.1050 nm dan yuqori to‘lqindagi
zona uzoq, infraqizil
radiatsiyadan iborat bo‘lib, issiqlik rejimining kuchli faktori hisoblanadi va
ular sitoplazma, suv hamda boshqalar orkali yutiladi.
Quyosh radiatsiyasining barglar orqali yutilish intensivligi to‘q
sarg‘ish qizil to‘lqinli nurlarda (600-680 nm) eng yuqori darajada,
ultrabinafsha nurlarda (330-520 nm) maksimum darajada va sariq-yashil
to‘lqinli nurlarda (550-575 nm) minimum darajada borishi kuzatiladi.
Infraqizil nurlarning yutilishi barglarning qizishiga sabab bo‘ladi, lekin past
temperaturada bu to‘lqindagi nurlar qisman xlorofill tomonidan yutiladi va
bizningcha, ular fotosintez protsessida foydali bo‘lishi mumkin.
Har holda
infrakizil nurlarning yo‘qolishi mahsuldorlikning qisman pasayishiga olib
kelishi kuzatilgan. Sariq-yashil nurlar o‘simlik barglari tomonidan kam
yutiladi va fotosintez protsessiga bevosita ta’sir etmaydi, lekin bu xildagi
nurlar, bizningcha, barglarda kuchli darajada yorug‘likdan qo‘zg‘alish
manbai sifatida xizmat qilib, yorug‘likdan qo‘zg‘alishni
tartibga soladi va
shu yo‘l bilan fotosintez protseesiga ta’sir ko‘rsatadi. Ultrabinafsha nurlar
tirik organizmlarga falokatli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 30 sm qalinlikdagi
suv to‘satdan nurlantirilganda mutlaqo steril holatga keladi. Haqiqatan ham,
bu to‘lqindagi nurlar o‘simliklar tanasiga uncha chuqur kirmaydi, ular
ta’sirida, odatda, epidermis nobud bo‘ladi, hujayralarda ichkarida joylashgan
sitoplazma esa himoyalangan holda saqlanib qoladi. Ultrabinafsha nurlar
antotsian tomonidan yaxshi yutiladi; shunga ko‘ra,
bu pigment ekran kabi
ta’sir ko‘rsatib, o‘simliklarni himoyalaydi. Ultrabinafsha nurlar xlorofillga
deyarli ta’sir kilmaydi, lekin zaiflashib qolgan (rangsiz) o‘simliklarda
ularning ta’siri ostida xlorofill intensiv ravishda hosil bo‘ladi.
O‘simliklar faqat o‘ziga bevosita to‘g‘ri (tik) tushadigan yorug‘likdan
emas, balki tarqoq, tushadigan yorug‘likdan ham foydalanadi. To‘g‘ri (tik)
tushadigan quyosh nurlari ko‘pincha o‘simliklar uchun xavfli bo‘ladi, chunki
kuchli ta’sir etishi natijasida o‘simliklar sitoplazmasi va xlorofili nobud
bo‘ladi. Tarqoq holda tushadigan yorug‘lik, odatda, o‘simliklar tomonidan
to‘la o‘zlashtiriladi va tarkibi bo‘yicha ham foydali hisoblanadi.
Chunki
uning 50-60% fotosintez protsessi uchun muhim bo‘lgan sariq qizil
nurlardan iborat bo‘ladi. To‘g‘ri tushadigan yorug‘likda bu xildagi nurlar
miqdori 30-35% dan oshmaydi. Nihoyat, kunduzgi yorug‘lik faqat to‘g‘ri va
tarqoq holda tushadigan quyosh nurlaridan iborat bo‘lmay, unga yana
osmondan aks etib tushuvchi diffuz yorug‘lik ham qo‘shiladi. Bu xildagi
yorug‘lik atmosferaning ba’zi turg‘un bo‘lmagan komponentlari bilan o‘zaro
ta’sir etib, o‘zida osmon rangini aks ettiradi. O‘simliklar xlorofili
kuyoshning qizil va ko‘k
nurlaridan yaxshi foydalanadi, shuning uchun
yorug‘lik kuchsiz bo‘lganda (masalan, quyosh past tushganda), havo bulut
bo‘lgan vaqtda undan to‘liq foydalanadi. Quyosh baland turgan vaqtda
xlorofill yorug‘likdan birmuncha yomon foydalanadi, chunki bunda
yorug‘likning energetik minimumi spektorning sarg‘ish-yashil
qismida
yotadi.
400>
Do'stlaringiz bilan baham: