K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi shu bilan belgilanadiki, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zbek xalqining boy tarixi va madaniyati milliy istiqlol g‘oyasi bilan sug‘orilgan holda yangicha, haqqoniy va holislik bilan yoritiladigan buldi. Shu qatori jahon halqlari tarixini ham mazkur omillarga amal qilgan xolda o‘rganmokdamiz.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev, har bir davlat va xalqning o‘tmishini o‘rganishda tarixning tutgan o‘rni xususida: «Barchamizga ma’lumki, har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi»1, - deb ta’kidlagan.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov “Tarixiy xotirasiz – kelajak yo‘q” asarida ijtimoiy taraqqiyotning hayotiy rivojlanish bosqichlarini chuqur o‘rganish zaruriyati, milliy tarixning yuksali va inqirozlik davrlarini mustaqillik mafkurasi nuqtai nazaridan tushuntirish, mustamlakachi chor va sovet tuzumlari siyosati salbiy oqibatlarining barcha ko‘rinishlarining yoritib berish, jamiyatning ma’naviy-ahloqiy kamol topishida tarix fanining rolini oshirishni ko‘rsatib o‘tgandi2.
Ushbu kurs ishi, XI-XIII asrlarda halqaro munosabatlarning sub’ekti bo‘lgan diniy -ritsarlik ordenlari faoliyatiga bog‘liq muammolar hamda ular tomonidan amalga oshirilgan salib yurishlarini Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sirini o‘rganish masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Ish mavzuning dolzarbligi bir qator omillar bilan belgilanadi.
XII - XIII asrlarda insoniyat halkaro munosabatlar taraqqiyotining yangi bosqichiga kirdi. Bu bosqich dunyo miqyosidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni har tomonlama kengayishi va chuqurlashishi bilan ajralib turadi.
O‘rta asrlar tarixida salib yurishlarini Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan mavzular kam topiladi.
Shuning uchun ommaviy adabiyotda “salib yurishlari” degan jumla paydo bo‘ldi. Biroq, diniy-ritsarlik ordenlarini muqaddas joylarga borayotgan ziyoratchilarni yo‘lda ko‘riqlash hamda salibchilar davlatini himoya qilish uchun tashkil etilganidan, to ularni XIII asr oxiriga kelib ulkan moddiy va harbiy zaxiralarni jamlagan kudratli tashkilotga aylanganligi tarixini taxlil etmasdan salib yurishlari jumbog‘ini tushunib etish qiyin bo‘ladi.
«Salib yurishlarini Yevropa davlatlarining rivojlanishidagi ahamiyati» mavzusini o‘rganishning hozirgi zamondagi holatini yoritish, salib yurishlari tarixi tadqiqotchilarining bu masalaga nisbatan qarashlari va yondashuvlari hamda fikr-mulohazalarini tahlil etish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |