Kiri sh mavzuning dolzarbligi



Download 205,5 Kb.
bet3/16
Sana14.07.2022
Hajmi205,5 Kb.
#794132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Nishonov Sardor BMI 2018

Salib yurishlari - G‘arbiy Yevropa ritsarlarining musulmon, pravoslav davlatlari va turli xil xristian mazhablariga qarshi olib borgan davomiy yurishlari. Salib yurishlarining maqsadi Falastinni, birinchi navbatda, Quddusni saljuqiy turklardan ozod qilish edi. Biroq salib yurishlari keyinchalik Baltiqbo‘yi majusiylarini xristianlashtirish. Yevropada papa hukumatiga qarshi harakatlarni bostirish yoki papalarning siyosiy maqsadlarini amalga oshirish vositasi bo‘lib qoldi.
«Salibchilar» atamasi, salib yurishi ishtirokchilari o‘z kiyimlariga salib (xoch, krest) tikib olishgani uchun, paydo bo‘lgan. Yurish qatnashchilari gunohlardan poklanadi deb hisoblangani bois, yurishda nafaqat ritsarlar, balki oddiy aholi, hattoki bolalar qatnashgan.
Falastin uzoq davrdan beri arab davlatlari hukmi ostida edi, ular xristianlarga bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lishgan. Falastindagi xristianlar uchun muqaddas sanalgan maskanlarni ziyorat qilishlariga monelik qilishmagan. Saljuqiy turkpar esa bunga yo‘l qo‘ymagan. Endi xristianlar uchun Quddusga borish oldingidek xavfsiz bo‘lmay qoldi. Rim papalari Falastinni Saljuqiylardan tortib olishmasa, ziyoratgohlarga borish umuman to‘xtab qolishidan xavfsirashdi.
Salib yurishi Rim papasi Urban II tashabbusi bilan Quddus va Falastinni musulmonlardan ozod qilish maqsadida amalga oshirilgan. Dastlab papaning murojaati faqat fransuz ritsarlariga qaratilgandi, lekin keyinchalik katta masshtabdagi harbiy kampaniyaga aylanib ketdi. Salib yurishi g‘oyasi barcha G‘arbiy Yevropa davlatlarini qamrab oldi.
Salib yurishining sabablaridan biri Vizantiya imperatori Aleksey I ning Rim papasidan yordam so‘rashi edi. Bir necha asr Vizantiya g‘arb xristianlari uchun jangovar musulmonlar hujumlaridan ajratib turadigan bufer zona bo‘lib keldi. Biroq 1071 yildagi Mansikert jangida engilgan imperiya Kichik Osiyodagi katta hududidan ajraldi. Mag‘rur Vizantiya muqarrar halokatdan qutulish uchun Rim papasidan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi. Birinchi salib yurishidan oldin Anatoliyaning katta qismi islomning sunniylik yo‘nalishidagi Rum saljuqiylari hukmi ostida edi. Xristianlar bilan kurashishga qaraganda saljuqiylarni ichki qo‘zg‘olonlarni bostirish, taxt talashishlar, shialarning isyonlari qattiq tashvishga solardi. Falastinni markaziy hokimiyatdan deyarli mustaqil amirlar boshqarardi. Misrning katta qismi shia yo‘nalishidagi fotimiylar sulolasi qo‘lida bo‘lgan. Saljuqiylar fotimiylar hududining bir qismini bosib olishdi. Shuning uchun Aleksey Komnin salibchilarga fotimiylar bilan ittifoq tuzishni maslahat berdi. 1076 yili saljuqiylar Quddusni egallagan bo‘lsada, 1098 yili fotimiylar Shaharni qaytarib oldi. Shialar salibchilarni dahshatli dushmandan qutqaruvchi xaloskor deb bilardi. Lekin ularning xomxayollari qimmatga tushdi.
Yurish boshlangach, Vizantiyaga yordam berish ikkinchi darajali masalaga aylandi. Urban istilo qilinajak o‘lkalar aholisini qatl etish va talashga ruxsat berdi. Uning fikricha, qurbonlar dinsiz hisoblanardi.1
1095 yil martda Urban II Pyachensa soborida qatnashdi. Bunda xristianlarga taalluqli masalalar ko‘rilgan, yig‘in so‘ngida salib yurishini uyushtirish haqida gap borgan. O‘sha yil yozida papa Janubiy Fransiyada bo‘ldi. 18 noyabrda esa Klermonda sobor chaqirildi. Unda xristianlarga oid barcha masalalar ko‘rib chiqildi, jumladan, qirol Filippning Cherkovdan chetlatilishi ham. Oxirida salib yurishini tashkillashtirish masalasi o‘rtaga tashlandi. Birinchi salib yurishi 1095 yil 26 noyabr kuni Fransiyaning Klermon shahri soborida Rim papasi Urban II tomonidan e’lon qilindi.
Ommaviy salib yurishiga targ‘ib etgan kishi pikardiyalik tarki dunyo qilgan hech vaqosiz Pyotr Amenskiy bo‘ldi. Patriarxdan ijozat olgach Pyotr Rimga papa Urban II huzuriga yordam so‘rash uchun bordi. Keyin oyoqyalang, boshyalang holatda butun Yevropani kezib chikdi. Golgofda bo‘lganini va mahalliy xristianlarning ahvolini ko‘rib bu holatdan qattiq aziyat chekayotganini aytardi. Shuningdek, tinglovchilarga Quddusni ozod qilish zarurligini uqtirardi. Oddiy xalq gapdonligiga mahliyo bo‘lib uni avliyo sifatida ko‘ra boshladi. Hattoki eshagining junidan qirqib olishni ulkan baxt deb bilishdi. Shunday qilib, g‘oya keng omma orasida tarqaldi. Keyinchalik Pyotr Amenskiyning Falastinda umuman bo‘lmagani oydinlashdi. Valter Gotshalk nomli kishi esa boshqa hududlarda odam yig‘ishga kirishdi. Qishning oxiriga borib 15 ming kishini to‘play oldi. Avval Pyotr bilan birgalikda harakat qildi, keyinroq undan ajrab frank, shvab va lotaringiyaliklardan iborat ulkan olomon to‘pladi.

Download 205,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish