Nafas olish protsessining tartibga solinishida tungi past
temperatura katta ahamiyatga ega: tungi soatlarda havo qancha sovuq
bo‘lsa, nafas olish shuncha kuchsiz bo‘ladi, shunga ko‘ra, tungi
nurlanish kuchli bo‘ladigan joylarda nafas olishda uglevodlar ancha
kam sarflanadi. Suli ekilgan dalalarda olib borilgan kuzatishlar
natijasiga ko‘ra, tunda temperatura 10°
pasayganda temperatura
doimiy ravishda 20° bo‘ladigan joy lardagiga qaraganda hosil qariyb
30% ga ortar ekan. Lekin shuni qayd qilib o‘tish kerakki,
o‘simliklarda nafas olish intensivligining pasayishi o‘sish tezligining
susayishiga olib keladi. Shu bilan birga tunda temperaturaning
ma’lum minimum darajagacha pasayishi o‘sish fazasi tugagan
o‘simliklar uchun ancha foydali hisoblanadi.
Qish davrida o‘simliklarning boshqa organlari bilan bir qatorda
zapas oziq saqlovchi organlari (kurtagi, tugunagi, piyozi, ildizpoyasi
va hokazolar) ham nafas oladi. Shuning uchun qishda uzoq vaqt
davomida temperatura yuqori bo‘lishi ayniqsa xavfli hisoblanadi,
chunki bunda o‘simliklar ko‘plab
massa
yo‘qotadi.
Bunda
o‘simliklar rivojlanishda davom etishi uchun oldingi vegetatsiya
davri qanday o‘tganligi, ya’ni o‘simliklar qishga qanday holatda,
qanday zapas oziq bilan kirganligi katta rol o‘ynaydi.
Nihoyat, tuproqdagi oziq moddalarving o‘simliklar ildiz
sistema orqali kirishi temperaturaga bog‘liqligi katta ahamiyatga
ega. Ma’lumki, ildizning suv va unda erigan oziq moddalarni o‘zlashtirish
tezligi qi- toplazmaning o‘tkazuvchanligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
Temperaturaning
ma’lum
darajagacha
ortishi
sitoplazmaning
o‘tkazuvchanligini oshiradi, lekin temperatura juda yuqori bo‘lsa,
suvni
o‘zlashtirish pasayadi. Temperatura 20° dan 0° gacha pasayganda suvning
ildiz orqali o‘zlashtirilishi 60-70% ga kamayadi. Lekin temperatura to‘satdan
10-15° ko‘tarilib ketsa, o‘simlikka salbiy ta’sir etadi, buning oqibatida suni
o‘zlashtirish intensivligi doim o‘zgarib turadigan bo‘lib qoladi. Ildiz
atrofidagi temperatura mineral oziq moddalarning o‘zlashtirilishiga ham
ta’sir etadi, bu esa o‘simliklarning o‘sishida o‘z aksini topadi. Qulay
oziqlanish sharoitida va boshqa qulay faktorlar ta’sirida ildizlar
temperaturasining o‘zgarishi o‘simliklar yer ustki organlarining o‘sishiga
kam ta’sir ko‘rsatadi, lekin noqulay sharoitda past temperatura o‘sishga
salbiy ta’sir ko‘rsatiщi mumkin. Aftidai, past temperatura ildizlar orqali azot
o‘zlashtirilishiga to‘sqinlik qilmaydi. Lekin
bunday temperaturada azot
o‘simlik organlari buylab harakatlana olmaydi, organik birikmalarga aylana
olmaydi va assimilyatsiya protsessi normal bormaydi.
Shunday qilib, o‘simliklarda boradigan fiziologik protsesslarning
kardinal nuqtalari har xil bo‘lishi mumkin. Tabiiy joyida o‘sadigan
o‘simliklar uchun bu optimal darajadagi temperatura sharoiti bo‘lib,
o‘simliklardagi hayot protsesslarining normal borishini ta’minlaydi. Demak,
turli xil funksiyalarning temperaturaga bo‘lgan talabi mazkur joyda o‘suvchi
o‘simliklar rivojlanish fazalarini o‘tishi davomida ustunlik qiluvchi
temperaturadan oshib ketmasligi kerak. Lekin har qaysi faza uchun, umuman
butun organizm uchun fiziologik funksiyalar boradigan optimal temperatura
sharoiti belgilovchi hisoblanadi.
Kup kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, kunduzgi temperatura bilan
tungi temperaturaning almashinuvi o‘simliklar uchun katta ahamiytga ega
ekan. Kun chiqishi va botishi muhit faktorlarining ritmik o‘zgarishiga sabab
bo‘ladi. Kun chiqishi bilan havoning namligi pasayadi, yorug‘lik ko‘payadi,
havoning temperaturasi ko‘tariladi. Kunning ikkinchi yarmidan ancha keyin
yuqorida aytilganlarga teskari holat yuz beradi. Ko‘pchilik o‘simliklar
temperaturaning bu xildagi almashinuviga shunchalik moslashgan bo‘ladiki,
mu’tadil kengliklarda tipik bo‘lgan tungi past temperatura juda zarur faktor
hisoblanadi. Temperaturaning xar kuni bu xilda ritmik almashinib turishiga
o‘simliklarning
moslashuvi
termoperiodizm
deb ataladi. O‘zgaruvchan
temperatura
ko‘p
fiziologik
protsesslarni
tezlashtiradi.
Masalan,
A.A.Avakinning (1936) ko‘rsatishicha, kunduzgi temperatura 26,5°, kechasi
17° bo‘lgan sharoitda pomidor normal gullagan va ko‘plab yirik meva
tukkan. Temperatura muttasil 26,5° bo‘lgan sharoitda uncha yaxshi
rivojlanmagan. Ko‘pchilik o‘tloq o‘simliklari urug‘i ham almashinib
turadigan temperatura sharoitida ancha yaxshi unib chiqadi. Demak,
temperatura ritmik ravishda almashinib turishi, ya’ni o‘simliklarning har xil
rivojlanish bosqichlari uchun xos bo‘lgan optimum darajada bo‘lishi
natijasida organizmning normal funksiyalari saqlanib turadi. Organizmlar
o‘z evolyutsiyasi davomida temperatura almashinib turishiga moslashgan
bo‘ladi.
Bundan
tashkari, yil fasllarining almashinuvi ham evolyutsiya
protsessida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu almashinuv barq urib
rivojlanish bilan hayot protsesslarining butunlay to‘xtab qolishi (tinim)
davrining ritmik ravishda almashinuviga sabab bo‘lgan.
Xatto tropik sharoitda ham ko‘p o‘simliklar vaqt-vaqti bilan tinim
holatiga kiradi. Buning biologik ma’nosi shundaki, chuqur tinim holatidagi
o‘simliklar noqulay sharoitga ancha chidamli bo‘ladi. O‘simliklardagi tinim
davri ularning sovuvda chidamliligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib, o‘zgaruvchan temperaturaning ta’siri o‘zgarishlar
amplitudasi farqiga va ta’sir ko‘rsatish davomiyligiga va fanga bog‘liq holda
ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Temperaturaning
sutkalik va mavsumiy
o‘zgarishi o‘simliklarning moslashish xususiyatini oshiradi, evolyutsiyaning
muhim faktori bo‘lib hisoblanadi. Tropik o‘simliklar kuchsiz o‘zgaruvchan
temperatura sharoitiga moslashgan bo‘lib, keskin o‘zgaruvchan temperatura
ularga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shimol tomon borgan sari o‘simliklarning
kam o‘zgaruvchan temperatura sharoitiga moslashishi shuncha aniq
namoyon bo‘lib boradi. Bu yerda temperaturaning bunday kam o‘zgarishi
ko‘pchilik o‘simliklar uchun zarur faktor bo‘lib qolgan. Lekin shuni esda
tutish kerakki, termoperiodizm muhitning ma’lum bir sharoitida ahamiyatli
bo‘lib, qiyin va ekstremal sharoitda turning taqdiri temperaturalarning
absolyut qiymatiga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: