Yer yuzasidagi ekosistemaning dastlabki yillik mahsuldorligi va
organik moddalar zapasi (Dyuvino va Tangu, 1968)
Ekosistema zonasi
Maydoni,
(%)
Organik modda
(yiliga ga/t)
Quruqlikdagi
organik
moddaning
umumiy
massasi
(t·10
9
)
O‘rmonlar
Foydalaniladigan
28
7
28,4
O‘SIMLIKLARNING TARQALISHIDA YORUG‘LIKNING
AHAMIYATI
FOTOPERIODIZM, AKTINORITMIZM
Radiatsiya intensivligi va yorug‘lik spektorining tarkibi ko‘p jihatdan
geografik holatga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, shimolda yorug‘lik intensivligi
kuchsiz bo‘lib, lekin yoritilish uzoq davom etadi, asosan uzun to‘lqinli
nurlardan iborat bo‘lgan tarqalib tushadigan yorug‘lik ustunlik qiladi.
Janubda esa kun qisqa (ekvatorda 12 soatga teng), yorug‘lik intensivligi
yuqori bo‘lgan holda, qisqa to‘lqinli yorug‘lik ustunlik qiladi. Demak,
shimolda o‘simliklar vegetatsiya davrida uzun kun sharoitida, janubda esa
qisqa kun sharoitida o‘sadi.
Kun uzunligining o‘ziga xos ta’siriga, aniqrog‘i kun bilan tun
uzunligining o‘zaro ta’siriga juda qadim zamonlardan e’tibor berib kelinadi.
1920 yilda amerikalik olimlardan Garner bilan Allard kun uzunligining
o‘ziga xos ta’sirini va kun bilan tun almashinishining, yorug‘lik va
qorong‘ilikning o‘simliklar uchun ahamiyatini tajribada isbotlab berdilar va
buni
fotoperiodizm
yoki
aktinoritmizm
deb atadilar. Garner va Allard
aktinoritmizm belgilari buyicha o‘simliklarni quyidagi 3 gruppaga
bo‘ladilar:
uzun kun o‘simliklari
(kun uzunligi 12 soatdan kam)-bular qisqa
kun sharoitida gullamaydi yoki kech gullaydi; neytral, ya’ni oraliq
o‘simliklar-bular uzun kunda ham, qisqa kunda ham gullaydi, lekin gul va
mevalarining umumiy mahsuloti baribir kun uzunligining nisbatiga qarab yo
ko‘payadi, yoki kamayadi. Eng avval turli xil o‘simliklarning rivojlanishi
uchun ma’lum bir kritik maksimum va minimum ahamiyat kasb etadi,
sharoit ana shu kritik chegaradan chiqib ketganda o‘simliklar rivojlanmaydi.
Boshqacha aytganda, ma’lum kritik minimumni afzal ko‘radigan o‘simliklar
turini uzun kun o‘simliklari deb, fotoperiodizm davri kritik maksimumdan
kichik bo‘lganda normal gullaydigan va hosil tugadigan o‘simliklarni qisqa
kun o‘simliklari deb atash mumkin. Lekin ko‘pchilik qisqa va uzun kun
o‘simliklari bu davr 12-14 soatni tashkil etadi.
Bu hodisalarni fiziologik jihatdan tushuntirish uchun va o‘simliklarni
belgilari bo‘yicha klassifikatsiyalash bo‘yicha har xil nazariyalar mavjud.
Ekologlar va geobotaniklar uchun geografik hodisalardan bo‘lgan
Erlar
10
6
8,7
Dasht va o‘tloqlar
17
4
10,4
Cho‘llar
36
1
5,4
Qutb zonalari
9
0
0
Jami
-
-
52,9
fotoperiodizm muhim ahamiyat kasb etadi, bunda kun bilan tun uzunligining
o‘zaro nisbati joyning geografik kengligiga bog‘liq bo‘ladi.
Qisqa kun o‘simliklarida ma’lum kritik davrdan ancha uzun bo‘lgan
kun vegetativ organlarining kupayishiga (gigantizmga) va gullashning
to‘xtashiga olib keladi. Masalan, qisqa kun o‘simligi bo‘lgan soya 12 soatli
fotoperiodizm davrida yuzinchi kuni gullagani holda, 5 soatli fotoperiodizm
davrida 37-kuni gullaydi. Uzun kun o‘simliklarida kritik davrdan qisqa
bo‘lgan sharoitda o‘stirilganda bo‘g‘im oraliqlari qisqaradi va hatto o‘simlik
to‘pbargiga o‘xshab qoladi. Buning ustiga o‘simlikda gullash va hosil
to‘plash izdan chiqadi. Mo‘’tadil iqlim zonasidagi daraxtlar tashqi muhit
sharoita, ayniqsa yorug‘lik va issiqlikning siklliligi bilan boqliq holda
o‘sishda davom etadi. Kunning uzunligi ayrim daraxt va butalarda barglar
to‘kilishini va tinim davri boshlanishini belgilaydi.
Ekvator zonasida kun uzunligining mavsumiy o‘zgarishi uncha katta
emas. Bu yerda qulay namlik va temperatura sharoitida o‘simliklar yil bo‘yi
ritmik aktivlikda bo‘ladi va kun uzunligining o‘zgarishiga juda kam
ta’sirchan bo‘ladi.
Uzun kun o‘simliklarida kunning kritik uzunligi temperaturaning
pasayishiga bog‘liq holda qisqarishi mumkin. Ayni vaqtda temperatura past
bo‘lsa, uzun kun o‘simliklari gullashi uchun kun qisqa bo‘lishi kerak.
Odatda, shimolning uzun kun o‘simliklari qisqa kunli tropik yoki
subtropiklarga ko‘chirilsa, gullaydi. Lekin temperatura faktorini hisobga
olgan holda, ular gullaydi, deb taxmin qilish mumkin. Masalan, mazkur
subtropiklarning kun qisqa, lekin temperatura past bo‘ladigan tog‘li
rayonlarida ana shunday.
Shuni ham aytish kerakki, temperatura boshqacha ta’sir ko‘rsatishi
ham mumkin. Agar qisqa kun o‘simligi bo‘lgan tariqning namlangan urug‘i
5-10 kun davomida 27-29° saqlansa, bu o‘simlik uchun qisqa kunning
zarurati qolmaydi. Bundan tashqari, mo‘’tadil zonadagi gullashni kuzga
qisqa kunlar bilan bog‘liq bo‘lgan kech gullaydigan kuzgi o‘simliklar
tog‘larda temperatura pasayishi bilan yozda gullaydigan uzun kun
o‘simliklari qatorida gullaydi.
Shimolda o‘sadigan o‘simliklar, odatda, uzun kun o‘simliklari bo‘lishi
kerak, chunki ularning qisqa vegetatsiya davri uzoq davom etadigan kun
uzunligiga tug‘ri keladi. O‘rta kengliklardagi zonalarda uzun kun
o‘simliklari ham, qisqa kun o‘simliklari ham uchraydi. Bu yerlardagi
bahorda yoki kuzda gullaydigan o‘simlik turlari
qisqa
kun o‘simliklariga,
ayni yozda gullaydiganlari uzun kun o‘simliklariga kiradi. Lekin turlarning
bu o‘zaro nisbati kenglikka bog‘liq holda o‘zgaradi: chunonchi, shimolga
yaqinlashgan sari uzun kun o‘simliklari soni ortib boradi.
Fotoperiodizm davri o‘simliklarning tarqalishida katta ahamiyatga
ega. Tabiiy tanlanish protsessida turlar o‘zi o‘sayottan joyning kun uzunligi
va optimal gullay boshlash muddatlari to‘g‘risidagi axborotni genetik
jihatdan mustahkamlaydi. Hatto vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan
O‘simliklar turida ham kun uzunligi mavsumiy o‘zgarishlar bilan zapas
moddalar to‘planishi orasidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |