O‘SIMLIKLARNING AYRIM FUNKSIYALARIGA ISSIKLIKNING
TA’SIRI
Yuksak o‘simliklarda boradigan ayrim fiziologik protsesslar
(o‘sish, fotosintez, nafas olish va boshqalar) temperaturaga bog‘liq
holda har xil bo‘ladi va bu protsesslarning kardinal nuqtalari, odatda,
bir-biriga mos kelmaydi. Shunga ko‘ra, tabiatda, tabiiy hayot
kechirish
joyida,
ayrim
fiziologik
protsesslar
bo‘yicha
o‘simliklarning umumiy rivojlanishi to‘g‘risida hulosa chiqarish
qiyin. Lenin issiqlikning o‘simliklarning ayrim funksiyalariga
ta’sirini o‘rganishni qulaylashtirish maqsadida bu funksiyalarni,
boshka faktorlardagi kabi, gruppalarga bo‘lamiz.
Urug‘larning unib chiqishi uchun temperatura ikki xil ta’sir
ko‘rsatadi: 1) past foydali temperatura ururlarni tinim holatdan
chiqaradi; 2) temperatura bevosita urug‘larning unib chiqish
jadalligini belgilaydi. Past temperaturada tinim holatidan chiqadigan
urug‘lar, odatda, qishi uzoq cho‘ziladigan sovuq iqlimli oblastlar
populyatsiyalariga kiradi. Masalan, botqoqlik o‘simligi bo‘lgan
xushbuy mevali moroshkada ayrim urug‘larning unib chiqishi uchun
5 oy davomida past temperaturada (4-5°) saqlash bilan ta’sir
ko‘rsatish, urug‘lari to‘liq unib chiqishi uchun esa uni 9 oy
davomida stratifikatsiya qilish kerak bo‘ladi. Bu tadbir urug‘lar kuz
va qish davomida unib chiqishining oldini oladi. Ikkinchidan, ayrim
turdagi o‘simliklar urug‘iga qisqa muddatli yuqori temperatura ta’sir
ettirib, ulariing unib chiqishini jadallashtirish mumkin. Nihoyat,
ayrim turdagi o‘simliklar urug‘ining unib chiqishini almashinib
turadigan temperatura sharoiti tezlashtiradi.
Urug‘larning
unib
chiqishidagi
temperatura
chegarasi
turlarning geografik jihatdan kelib chiqishini ta’riflashda kerak
bo‘ladi. Odatda, turning tarqalish areali 1qancha keng bo‘lsa,
mazkur tur urug‘larining unib chiqishi uchun zarur temperatura
intervali ham shuncha uzun bo‘ladi. V. Larxer (1978) ma’lumotiga
ko‘ra,
o‘simliklarning urug‘i 15-30° da,
mo‘’tadil
zona
o‘simliklarining urug‘i 8-25° da va baland tog‘ o‘simliklarining
urug‘i 5-30° da eng yaxshi unib chikqar ekan. Har xil o‘simliklar
urug‘ining unib chiqishi uchun zarur bo‘lgan minimal, optimal va
maksimal temperaturalarga doir ma’lumotlarni umumlashtirish
mumkin bo‘lar edi, lekin bu ko‘rsatkichlar nihoyatda o‘zgaruvchan
bo‘lib, o‘z navbatida, boshqa bir qator faktorlarga ham bog‘liq
bo‘ladi. Temperatura urug‘larning unib chiqish tezligiga ham ta’sir
ko‘rsatadi: odatda, temperatura ko‘tarilishi bilan urug‘larning unib
chiqishi jadallashadi. Shunga ko‘ra, yozda unadigan urug‘lar
(shimoliy areal turlarida) bahorgi past temperaturada yomon hayot
kechirish
joyida,
ayrim
fiziologik
protsesslar
bo‘yicha
o‘simliklarning umumiy rivojlanishi to‘g‘risida xulosa chiqarish
qiyin. Lekin issiqlikning o‘simliklarning ayrim funksiyalariga
ta’sirini o‘rganishni qulaylashtirish maqsadida bu funksiyalarni,
boshqa faktorlardagi kabi, gruppalarga bo‘lamiz.
Urug‘larning unib chiqishi uchun temperatura ikki xil ta’sir
ko‘rsatadi: 1) past foydali temperatura urug‘larni tinim holatdan
chiqaradi; 2) temperatura bevosita urug‘larning unib chiqish
jadalligini belgilaydi. Past temperaturada tinim holatidan chiqadigan
urug‘lar, odatda, qishi uzoq cho‘ziladigan sovuq iqlimli oblastlar
populyatsiyalariga kiradi. Masalan, botqoqlik o‘simligi bo‘lgan
xushbuy mevali moroshkada ayrim urug‘larning unib chiqishi uchun
5 oy davomida past temperaturada (4-5°) caqlash bilan ta’sir
ko‘rsatish, urug‘lari to‘liq unib chiqishi uchun esa uni 9 oy
davomida stratifikatsiya qilish kerak bo‘ladi. Bu tadbir urug‘lar kuz
va qish davomida unib chiqishining oldini oladi. Ikkinchidan, ayrim
turdagi o‘simliklar urug‘iga qiska muddatli yuqori temperatura ta’sir
ettirib, ularning unib chiqishini jadallashtirish mumkin. Nihoyat,
ayrim turdagi o‘simliklar urug‘ining unib chiqishini almashinib
turadigan temperatura sharoiti tezlashtiradi.
Urug‘larning
unib
chiqishndagi
temperatura
chegarasi
turlarning geografik jihatdan kelib chiqishini ta’riflashda kerak
bo‘ladi. Odatda, turnnng tarqalish areali qancha keng bo‘lsa, mazkur
tur urug‘larining unib chiqishi uchun zarur temperatura intervali ham
shuncha uzun bo‘ladi. V. Larxer (1978) ma’lumotiga ko‘ra,
o‘simliklarning urug‘i 15-30° da, mo‘’tadil zona o‘simliklarining
urush 8-25° da va baland tog‘ o‘simliklarining urug‘i 5-30° da eng
yaxshi unib chiqqar ekan. Har xil o‘simliklar urug‘ining unib
chiqishi uchun zarur bo‘lgan minimal, optimal va maksimal
temperaturalarga doir ma’lumotlarni umumlashtirish mumkin bular
edi, lekin bu ko‘rsatkichlar nihoyatda o‘zgaruvchan bo‘lib, o‘z
navbatida, boshqa bir kator faktorlarga ham bog‘lik bo‘ladi.
Temperatura urug‘larning unib chiqish tezligiga ham ta’sir
ko‘rsatadi: odatda, temperatura kutarilishi bilan urug‘larning unib
chiqishi jadallashadi. Shunga ko‘ra, yozda unadigan urug‘lar
(shimoliy areal turlarida) bahorgi past temperaturada yomon
unadi,chunki o‘simtalarning rivojlanishi uchun substrat hali tayyor
bo‘lmaydi.
O‘sishning temperaturaga bog‘liqik egrichiziri (2rasm)
«optimal egri chiziq» deb nomlanuvchi shaklga ega, ya’ni
o‘simliklarning o‘sishida shunday temperatura bo‘ladiki, undan
o‘sish eng yaxshi boradi, undan past yoki yuqori bo‘lsa, o‘sish
sekinlashadi. Minimum bilan maksimum temperatura egri chiziqning
abssissa o‘qi bilan kesishuviga to‘g‘ri keladi.
O‘simlikda kechadiganko‘p protsesslarni belgilovchi minimal
temperatura ko‘pincha to‘qimalarning muzlash temperaturasiga
to‘g‘ri keladi, maksimal temperatura esa nobud bo‘lishning
termal nuqtasidan bir necha daraja past bo‘ladi. Masalan, janub
o‘simliklaridan qovun bilan oqjuhorining o‘sishi uchun zarur
minimal temperatura taxminan 15-18° ga, shimol o‘simliklaridan
no‘xat, bug‘doy va javdar uchun 2-5° ga teng bo‘ladi. O‘rmonlarda
soyada o‘sadigan o‘simliklar uchun zarur bo‘ladigan minimal
temperatura
muzlash
nuktasidan
bir
oz
yuqori
bo‘ladi.
Temperaturaning optimal nuqtasi, ya’ni mazkur tur uchun o‘ziga xos
bo‘lgan
darajani
ma’lum
darajada
optimal
kardinal nuqta bilan harakterlash mumkin. Lekin temperaturaning
optimal nuqtasi holati ta’sir ko‘rsatadigan temperaturaning davom
etishi bo‘yicha u yoki boshqa tomonga siljishi mumkin, ya’ni vaqt
faktoring: hisobga olish kerak bo‘ladi. O‘simlikda har qaysi
rivojlanish fazasining temperatura optimumi bo‘ladi. Bundan
tashqari, o‘sishning kardinal nuqtasi holatiga ko‘p faktorlar ta’sir
ko‘rsatadi:
mineral
oziqlanish,
karbonat
angidrid,
kislorod,
yorug‘lik, konkurent munosabatlar; shuningdek, sistematik; holat
ham katta rol o‘ynaydi.
Temperaturaning
fotosintez
protsessiga
ta’siri
haqida
«Yorug‘lik» temasida batafsil to‘xtab o‘tiladi. Quyida umumiy
holatlar ustida to‘xtalib o‘tamiz. Temperaturaning optimal nuqtasi
holati juda ham o‘zgaruvchandir, u yoritilish intensivligiga, karbonat
angidrid gazining konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi, shuningdek,
turli o‘simliklar uchun ham har xil va bu holat ularning adaptatsiya
(moslanish) xossalari bilan izohlanadi.
O‘simliklardagi fotosintez protsessini belgilovchi minimal
temperaturalar muzlash temperaturasiga mos keladi. Lekin u har xil
o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. Masalan, baland tog‘larda o‘sadigan
Ranunculus glaciales, Oxyria digyna o‘simliklarida fotosintez
boradigan minimal temperatura taxminan 6° ni tashkil qilgani holda,
O‘rta dengiz rayonlarida o‘sadigan limonda 1
-0
da fotosintez
protsessi to‘xtaydi. Fotosintezning optimal temperaturasi boshqa
faktorlar bilan (masalan, yoritilish intensivligi bilan) belgilanadi.
Lekin shuni ham aytish kerakki, fotosintezning temperatura
optimumi turning harakteristikasi sifatida xizmat qilmaydi, chunki
turli hayot sharoitiga oid bo‘lgan populyatsiyalarning temperatura
optimumi har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, dengiz sathidan 1900 m
balandlikda o‘sadigan qayin daraxtining fotosintez optimumi 14° ni
tashkil etgani holda, 600 m balandlikda 17° atrofida bo‘lishi
kuzatilgan.
Nafas olishning issiqlikka bog‘liqligi. Nafas olish protsessi
fotosintezga teskari, ya’ni moddalar yo‘qolishi to‘xtamaydigan
protsessdir. U kechayu-kunduz davom etadi. Nafas olishning
temperaturaga bog‘liqlik egri chizigi prinsip jihatidan optimal
shaklga ega. Lekin uning uchun eng yuqori nuqta xosdir va u
temperatura yuqori bo‘ladigan oblastlarda keskin ravishda pasayib
ketadi. Masalan, kartoshkada egri chiziqning keskin egilishi
temperatura taxminan 50
0
ga yetganda boshlanib, bundan bir oz
ko‘tariladigan bo‘lsa, u vaqtda nafas olish keskin pasayadi,
o‘simlikning barglari optimum darajadan yuqori temperaturaga
hammasi bo‘lib bir necha minut davomida chidaydi, shundan keyin
nobud bo‘la boshlaydi (3-rasm). Bundan tashqari, temperaturaning
nafas olishga ta’siri vaqt faktori bilan uzviy ravishda bog‘liqdir.
Yuqori temperatura uzoq vaqt davomida ta’sir etishi oqibatida nafas
olish tezligi doim pasayib ketadi.
Shunday qilib, nafas olishda temperatura optimumining holati
ko‘p jixatdan isishning davomiyligiga borliq, ya’ni u
Do'stlaringiz bilan baham: |