Past temperaturaga va
sovutssa chidamlilik.
Temperatura
ma’lum minimum darajadan pastga tushganda o‘simliklar tinim holatiga
kiradi. Lekin temperatura bundan pasayib ketsa, sitoplazmada qaytmas
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Sovuqda chidamlilik deganda, o‘simliklarning uzoq muddat davomida
past, lekin musbat (+1 dan -10°gacha) temperaturaga chidash xususiyati,
qatiq sovuqda chidamlilik deganda, manfiy (-) temperaturaga chidash
xususiyati tushuniladi. Sovuqda chidamlilik mo‘’tadil iqlim mintaqasining
o‘simliklari uchun xos xususiyatdir. Tropik va subtropik o‘simliklar past
temperaturaga moyil bo‘lmaganligi sababli 0° dan bir oz yuqori bo‘lgan
temperaturada ham zararlanadi yoki nobud bo‘ladi. Eng past temperaturaga
har xil o‘simliklar turlicha chidaydi. Tropiklardan kelib chiqqan ayrim
o‘simlik turlari (g‘o‘za, sholi, sudano‘t) yoki xona o‘simliklari (gloksiniya,
tradeskansiya va boshqalar) 0° ga yaqin bo‘lgan temperaturada ham
zararlanishi mumkin. Boshqa tur o‘simliklar esa tuqimalarida muz hosil
bo‘lmaguncha zararlanmaydi. Nihoyat, sovuq iqlimli rayonlarda o‘sadigan
ayrim tur o‘simliklar to‘qimasi tuliq muzlab qolganda va atrof-muhit
temperaturasi -62° gacha va undan ko‘p pasayganda ham hayot faoliyati
saqlab qoladi (masalan, tilog‘och). Lekin ayrim o‘simliklar (ayniqsa tuban
o‘simliklar) va urug‘lar ba’zan absolyut nolga yaqin temperaturada
(“270° da) ham zararlanmaydi. O‘simliklar sovuqdan zararlanganda
barglarining turgor holati yo‘qoladi va xlorofili parchalanib ketishi
tufayli rangi o‘zgaradi. O‘simliklarning past temperatura ta’sirida
nobud bo‘lishi moddalar almashinuvining buzilishiga bog‘liq, ya’ni
bunda parchalanish protsessi sintez protsessidan ustunlik qila
boshlaydi, zaharli moddalar to‘planadi va sitoplazmaning strukturoy
buziladi.
O‘simliklarning sovuvda chidamliligi tashqi muhit sharoitiga
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, yerga kaliyli o‘g‘itlar solinsa, havoning
namligi ortsa, yorug‘lik bilan ta’minlanish yaxshilansa, o‘simliklar
past temperaturada chiniqtirilsa yoki sovuq bilan issiq almashinib
tursa, sovuvda chidamlilik kuchayishi aniqlangan. O‘simliklarning
sovuqqa chidamliligi ontogenezning turli bosqichlarida har xil
bo‘ladi; bundan tashqari, bir to‘p o‘simlikning turli organlari bir
vaqtning o‘zida sovuvda chidamliligi bo‘yicha farq qiladi. Masalan,
murtak haltachasi tuguncha zararlanmasdan oldinok nobud bo‘ladi.
O‘simlik gulining ginetseyi sovuqdan juda ta’sirchan bo‘ladi, gullari
meva va barglariga qaraganda, barglari va ildizi poyasiga qaraganda
sovuqdan ta’sirchan bo‘ladi. O‘sish konusining meristemasi ayniqsa
ta’sirchan bo‘ladi, shuning uchun kurtaklarni muxofaza kiluvchi
organlar ayniqsa katta ahamiyatga ega.
Lekin chiniqqan daraxtlar poyasiniig kambiysi sovuqqa juda
chidamli bo‘lib, ko‘pincha u zararlanmay saqlanib qoladi. Yog‘ochligi
nobud bo‘ladi va «sovuq halqa» hosil qiladi. Ayniqsa qishda
temperatura to‘satdan keskin pasayib ketishi juda xavfli bo‘ladi.
O‘simliklarning sovuqda chidamliligini oshirish chiniqtirish
protsessi bilan chambarchas bog‘liqdir, ya’ni o‘simliklar asta-sekin
past temperatura ta’siriga o‘rgatib boriladi. O‘simlikning turli
organlari sovuqqa har xil darajada chidamli bo‘ladi. Masalan, mevali
daraxtlarning ildizi -10 dan -14° gacha bo‘lgan sovuqda nobud
bo‘lgani holda, yer ustki qismi -40° gacha va undan ham past
temperaturaga chidaydi. Bargini to‘kuvchi daraxtlarning barglari
chiniqish xususiyatiga ega emas. Gul kurtaklar barg kurtaklarga
qaraganda yomon chiniqadi; yog‘ochlashmagan bachki novdalar
boshqalariga, ya’ni to‘liq shakllangan shoxlarga qaraganda kuchsiz
chiniqadi.
Shuni «qayd qilish kerakki, muayyan bir turning sovuqqa
chidamliligi yil davomida kuchli darajada o‘zgarib turadi:
chunonchi, yozda minimal darajaga tushib qoladi (temperatura
o‘simlik qishda chiday olgan darajadan ancha yuqori bo‘lsa, u nobud
bo‘lishi mumkin), ko‘zga borib ortadi, qishning oxirida va bahor
boshlarida yana pasayadi. Bunday mavsumiy moslashish tropiklardan
tashqari joydagi deyarli barcha o‘simlik turlari uchun xosdir.
Sovuvda chidamlilikning bu xilda o‘zgarib turishi tashqi muhit
temperaturasiga bog‘liq bo‘ladi. Umuman, chiniqish protsessi
sitoplazmaning past temperatura ta’sirida zararlanishi oldini olish
choralarini
belgilovchi
vaqtincha
moslashishidir.
Chiniqish
temperaturasi
qancha
past
bo‘lsa,
o‘simliklarning sovuqda
chidamliligi
shuncha
yuqori
bo‘ladi.
Chiniqish
davrida
sitoplazmaning qovushoqligi va tarkibidagi erkin suv miqdori
kamayadi, protein va shakar miqdori ortadi. Bu o‘zgarishlarning
hammasi to‘qimalarning muzlash nuqtasini pasaytiradi. Hujayra
shirasining osmotik bosimi ortishi bilan ham past temperaturaga
chidamlilik kuchayadi. Shunisi qiziqki, o‘simliklarning sovuqqa
chidamliligini oshiradigan faktorlarning ko‘pchiligi ta’sirida, bir
vaqtda, ular qurg‘oqchilikka ham chidamli bo‘ladi.
O‘simliklarning sovuqda chidamliligida qor qoplami ham katta
ahamiyatga ega. Chunki qop qoplami ostida va uning qatlamlarida
temperatura uncha ko‘p o‘zgarmaydi. Qor qoplami tuproqdan
issiqlikning yuqoriga ko‘tarilishiga to‘sqinlik qiladi, lekin qorning
usti va unga yaqin yupqa havo katlami juda sovuq bo‘ladi. Shuning
uchun tundrada va Arktikada o‘simliklarning qor qoplami ostidan
yorib chiqqan qismi tezda nobud bo‘ladi. Hisoblarga qaraganda, qor
qoplamining qalinligi 65 sm va havoning temperaturasi -33° gacha
bo‘lganda, qop qoplami ostidagi temperatura noldan bir oz pastga
tushadi, o‘simliklar ildizi esa «iliq zonada» tinim xolatida bo‘ladi.
Issiqqa chidamlilik. Ko‘pchilik o‘simliklar yuqori temperatura
ular uchun tipik bo‘lgan iqlim sharoitida o‘sadi. Ana shunday muhit
sharoitida o‘sishga moslashganligi uchun yuqori temperaturada
zararlanmaydi. Tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, yorug‘, quruq va
issiq joylarda o‘sadigan o‘simliklar salqin joyda o‘sadigan
o‘simliklarga qaraganda issiqqa ancha chidamli bo‘ladi. Mo‘tadil
iqlim sharoitida, odatda, seret va sersuv mevalar (uzum, olma va
boshqalar) yuqori temperatura ta’sirida zararlanadi, bir qator hol-
larda ularni oftob o‘radi. Mo‘’tadil zonada o‘sadigan daraxtlarning
ba’zan urug‘ ko‘chatlari zararlanadi, ba’zan po‘stlog‘ini oftob urishi
ham kuzatiladi (ayniqsa bahorda). Issiqdan zararlanishni cho‘llarda
ham kuzatish mumkin. Lekin bu xodisa mazkur yerlarda har xil
o‘simliklarda turlicha namoyon bo‘ladi. Yuqori temperatura ta’sirida
o‘simliklar qurib qoladi va assimilyatsiya balansi izdan chiqadi,
ya’ni u nafas olishni jadallashtiradi va fotosintezni susaytiradi.
Bundan tashqari, yuqori temperatura ta’sirida hujayralar zararlanishi
va xatto sitoplazma nobud bo‘lishi mumkin.
Temperatura maksimal darajadan yuqoriga ko‘tarilgan hollarda
o‘simliklar o‘sishdan to‘xtab, tinim holatiga o‘tadi (masalan,
jazirama cho‘llarda), yana ham ko‘tarilaversa, ular butunlay nobud
bo‘ladi. Shuni qayd qilish kerakki, o‘simliklarni nobud qiladigan
darajadagi
yuqori
temperatura
o‘sish
nuqtasining
optimal
temperaturasidan hamma vaqt yuqori bo‘ladi. Mu’tadil zonada
o‘sadigan o‘simliklarning organlari, odatda, havo temperaturasi 40°
bilan 55° oralig‘ida bo‘lgandagi issiqlikdan zararlanadi. Lekin barg
to‘qimalarining termal nobud bo‘lishi bu iqlim zonasidagi real
xodisalar, chunki kandaydir sabablarga ko‘ra transpiratsiya pasayib
ketsa, barglar ancha tezda qizib ketadi. Ko‘pincha yong‘in chiqqan
vaqtda, ayniksa kishilar tomonidan ongli ravishda o‘t qo‘yilgan
savannalarda o‘simliklar issiqdan kuyadi.
O‘simliklarning issiqqa chidamliligi ko‘p jihatdan uzoq davom
etadigan yuqori temperatura ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Bu xildagi
temperaturaning qisqa muddatli ta’siri xuddi uzoq davom etadigan
nisbatan past temperaturaniki singaridir. Issiqqa chidamlilikning
namoyon bo‘lishiga ko‘ra, o‘simliklar uch gruppaga bo‘linadi: 1)
Do'stlaringiz bilan baham: |