Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekistonda ham Davlat geodezik tarmog'i Yer sun'iy yo'ldoshi tizimi bo'yicha barpo etilmoqda. Bu tizimni ba'zi adabiyotlarda dunyo miqyosiga kiruvchi mahalliy tizim ham deb yuritiladi. Yer sun'iy yoʻldoshi tizimi boʻyicha o'ta aniq o'lchashlar olib borilmoqda. Yerdagi punktning koordinatalari yer sun'iy yoʻl- doshini kuzatish orqali aniqlanadi. O'lchash aniqligi bir necha millimetrgacha bo'lishi mumkin. Basharti, Yer sun'iy yo'ldoshi tizimini qo'llab, avval barpo etilgan geodezik tarmoqning punktlari asosida yangi Davlat geodezik tarmogʻi yaratilsa, undan olinadigan aniqlik me'yoriy talabalardan past boʻladi. Dunyo miqyosiga kiruvchi mahalliy tizimga muqobil Glonass tizimi ham mavjud. Ikki tizimning ham ishlash tamoyillari deyarli bir xil, Avvalambor, mavjud geodezik tarmoq punktlarining koordina- talarini aniqlab, ularni tenglashtirib, tahlil qilib ko'rish kerak. So'ngra, o'sha punktlardan iborat tizimni yangi Yer sun'iy yo'l- 46 doshi texnologiyasi asosida kuzatib yana alohica tenglashtirish ishlarini olib borish zanar. Ikkała variant natijalari solishtirilib ko'rilganda ba'zi nuqtalarning koordinatalaridagi farq, bir necha detsimetr yoki metrni tashkil qilishi mumkin. Undan keyin esa, mavjud geodezik tarmoq punktlari va kadastrga zarur, deb loyiha- langan punktlarni Yer sun'iy yo'ldoshi texnologiyasi bo'yicha kuzatib, boshqatdan tenglashtirish maqsadga muvofiqdir. Bu muhim ish bo'lib, unga ketadigan sarf-xarajatlarni va olinadigan foydani asosli hisob-kitob qilishni taqozo etadi. Xalqaro talablarga muvofiq, yangi texnologiyadan samarali foydalanish maqsadida, ayniqsa, yangi zamonaviy asbob-usku- nalarini yetarlicha ishlatish, ilmiy-tekshiruvni chuqurlashtirish uchun o'lchash aniqligining hech bo'lmaganda t10 mm atrofida boʻlishini ta'minlash kerak. Undan tashqari, ancha murakkab algoritmlarni qoʻllagan hokda, past aniqlikda bajarilgan geodezik o'lchashlarni ham har tomonlama tahlil qilib, undan foydalanish yo'llarini ham o'ylab koʻrish zarur. Zero, ko'pgina mamlakatlarda ushbu usul yaxshi samara barayolganini hisobga olmoq kerak.
Dunyo miqyosidagi koordinatalar tizimi har bir punkt koordi natalarini tezgina hisoblab berishi kerak . Lekin geodeziya sohasida ishlaydigan ko'pgina mutaxassislarning fikricha mavjud geodezik tarmoqlarning punktlaridan ham butunlay voz kechish shart emas . Zero , shu paytgacha sohada ishlaydigan mutaxassislarning ko'pchiligi dala sharoitida barpo etilgan geodezik tarmoq punkt lariga ozmi - ko'pmi o'rganib qolishgan . Undan tashqari , yangi texnologiyani u yoki bu sabablarga binoan tatbiq etib bo'lmagan holatda eski tarmoq punktlarini asos qilib olib ham kadastr tasvirlovini bajarsa bo'ladi . QMT yigirma bir asosiy va uch yordamchi Yerning sun'iy yo'ldoshlaridan iborat . Yo'ldoshlar Yer atrofida oltita orbita bo'yi cha uchadi . Har bir orbita tekisligida to'rttadan yo'ldosh bor . Yo'ldoshlardan tarqaladigan signallar yerdagi tezkor qabul qurul malari orqali qabul qilinadi . Ularning joylanish tartibi maxsus hisobiy holatlardan topiladi . Yo'ldosh orbitalarini nazorat qilib turish maqsadida beshta Yer nazorat stansiyalari mavjud . Stansiyalar yo'ldoshlardan kelayotgan . 47 signallarni oʻzgartarib yuborishi yoki kodlarini buzib ko'rsatishi ham mumkin . Amerika Qo'shma Shtatlarida , Germaniyada , Shvetsiyada signallarni qabul qiluvchi qurilmalar priyomniklar ishlab chi qariladi . Ular har xil bo'lib , turli ishlar uchun mo'ljallangan . Sodda lashtirilgan turlari kema qatnovida , aniqroq ishlaydigani samolyotlarning ko'tarilishi , uchuvi va qo'nishida , o'ta aniq ishlaydigani geodezik punktlarni o'rnatishda qo'llaniladi . Tabiiy , murakkabligiga qarab bahosi ham har xil bo'ladi . Bir qabul qurilmasi bilan ishlaganga qaraganda , bir paytda ikki qurilma bilan ishlaganda aniq natija olinadi . Sababi , har bir qurilmaga yo'ldoshdan tarqalgan signallarning marom turtkisi va atmosfera ta'sir ko'rsatadi . Agarda , ikki qurilma bir paytda ishlab tursa , unda o'sha nuqsonlar ikkala qurilmada ham bir xil boʻladi . Shu bilan birga ikkala qurilmadan olingan nisbiy ko'rsatkichlar farqining aniqligi oshadi . Ikki yoki undan ko'p qurilmalar bir paytda ishlatilganda , bir necha daqiqada olib borilgan kuzatuv natijasida qurilmalar o'rnatil gan geodezik belgilarning koordinatalari bir necha santimetr aniqlikda olinadi .
Basharti , o'lchash aniqligini yanada oshirish kerak bo'lsa , unda ikki yoki undan ko'p ko'chmas qurilmalar bir paytda ishlatilib , oʻlchashga ketadigan vaqt 30 daqiqadan - to bir necha soatgacha davom etadi . O'lchov natijalari tez fursatda qayta ishlanadi , so'ngra ular tartibga solinib tahlil qilinadi . Bu usul ko'p tarqalgan bo'lib , qit'alararo va mahalliy geodezik tarmoqlar , tayanch nuqtalarning plandagi holati , geodinamik ilmiy tekshiruv ishlarida qo'llaniladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |