hisoblanadi. O‘simliklarning suv bilan ta’minlanishi ularning tashqi
morfologiyasida, anatomik strukturasida,
guruhlardagi holatga va
o‘simlik qoplamining zonal tarqalishida chuqur iz qoldiradi.
Lekin o‘simliklar uchun faqat suvning miqdori emas, balki
uning atmosferadagi va tuproqdagi holati muhim rol o‘ynaydi.
O‘simliklar suvni asosan holatda iste’mol qiladi. Mu’tadil va sovuq
iqlim mintaqalarida qattiq fazadagi suv o‘simliklarga juda katta
bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Qor o‘simliklar o‘sadigan joydagi issiqlik
rejimida katta ahamiyat kasb etishidan tashqari, yog‘ingarchilik kam
bo‘ladigan bahor vaqtida muhim rol o‘ynaydi eriyotgan qor suvlari
ayniqsa boshlagan o‘simliklar ko‘p miqdorda suv talab etadigan
vaqtda tuproqdagi suv talabvaqtda tuproqlagi suv zapasini to‘ldiradi.
Bundan tashqari, eriyotgan qor suvlari ko‘p
jihatdan daryolarga oqib
tushayotgan suv miqdorini belgilaydi, bu esa o‘tloq o‘simliklari
evolyutsiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.muz qoplami belgilaydi, bu esa
o‘tloq o‘simliklari evolyutsiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Muz
qollami o‘simliklarni siqib qo‘yib, ularga nobud qiladigan darajada
tasir ko‘rsatadi, hujayralar oralig‘ida hosil bo‘lgan muz esa ularni
mexanik zararlaydi. Qishda yer yuzasida muz qoplami hosil bo‘lgan
taqdirda madaniy va yovvoyi o‘simliklar butunlay nobud bo‘ladi.
Tuman vaqtida daraxtlar shoxiga va o‘tlar bargiga tushgan qirov
yoki hosil bo‘lgan yupqa muz qollami ma’lum darajada suv
to‘planishiga imkon beradi; erigan vaqtda esa bir qismi yerga
singadi, yana bir qismi havoga bug‘lanib ketadi. Vegetatsiya davrida
suv atmosferadan asosan suyuq holatda tushadi. Yomg‘ir, uning
miqdori, yog‘ish muddati yog‘ish tezligi,
shuningdek, ularning
boshqa faktorlar-temperatura, shamol va
xokazolar
bilan
bog‘liqligi ahamiyatga ega. Yog‘in miqdori, odatda, millimetr bilan
ifodalanadi. Bir millimetr yog‘in 1m
2
yuzaga tushgan 1l suvga teng
bo‘ladi.
O‘rta Osiyo sharoitida yog‘in miqdori mazkur joyning dengiz
sathidan qanchalik balandlikda joylashganligiga bog‘liq. Lekin ayni
vaqtda u yil sayin o‘zgarib turadi.
Yillik yog‘in miqdori iqlim sharoiti hakida faqat umumiy
tasavvur beradi. Hozircha yerga qancha miqdoda yog‘in tushishi va
uning qancha qismini o‘simliklar o‘zlashtirishi haqida aniq fikr
aytish qiyin. Buning uchun birinchi navbatda yog‘inning
fasllar
bo‘yicha taqsimlanishi, yog‘in turi(yomg‘ir, qor, do‘l, qirov) va
suyuq holatdagi yog‘in qaysi xolatda bo‘lishi (sel, tomchilab
yog‘adigan
va
yomg‘ir)ni
bilish
kerak.
Bundan
tashqari,
yog‘ingarchilik qanday tuproqqa tushishini, yonbag‘irning tikligi va
qiyaligini hisobga olish kerak bo‘ladi. Chunki bular haqida ta’riflab
berish mumkin bo‘ladi, lekin yog‘in miqdori haqidagi aniq
ma’lumotlarni (yog‘inning fasllar bo‘yicha taqsimlanishidan
tashqari)
bilmaymiz.
Chunonchi,
yog‘inning
qancha
qismi
o‘simliklarning yer ustki qismiga tushadi? Ma’lumki, kuchli yog‘in
vaqtida faqat archa panasidagina emas, balki turang‘il va terak
panasida ham saqlanish mumkin.
Biz yog‘inning qancha qismi (ayniqsa
bahorning oxirlarida va
yozda) yalanglik yoki u yoki bu turdagi o‘simlik bilan qoplangan
tuproq satxidan bug‘lanib ketishini bilmaymiz. O‘simliklar suv
iste’mol qilishiga qarab, faqat yog‘in hisobiga yashaydigan va ham
yog‘in, ham tuproq namligi hisobiga yashaydigan xillarga bo‘linadi.
Bahorgi yog‘in suvlari hisobiga yashaydigan o‘simliklar, ya’ni
efemerlar ildizi yuzada (tuproq yuzasidan 10 sm chuqurlikda)
rivojlanadi. Bahorgi yog‘inlar tugashi bilan ular tezda nobud bo‘ladi,
kelgusi yili bahorida ular ildizdan qaytadan rivojlanadi. Ba’zi
o‘simliklar juda chuqur kirib boradigan ildiz chiqarib rivojlanadi.
Bizning florada bu jihatdan ko‘proq; yantoq o‘simligi tanish. Uning
ildizlari yerga 15-20m chuqurlikkacha kirib boradi. Ayni vaqtda
ildizi 2 m chuqurlikka kirib boradigan cho‘l o‘simliklari ham bor.
Cho‘lda o‘sadigan shuvoqiing ildizlari 2 m chuqurlikka yetmaydi, bu
qatlamda tuproq iyun va iyul oylarida butunlay qurib qoladi, lekin
shuvoq baribir sekin bo‘lsada, transpiratsiya protsessini davom
ettiradi. Ba’zilar buni shuvoq gipsli tuproqda o‘sadi,
gips esa oz
miqdordagi namlikni ham so‘rib olish xususiyatiga ega deb
izohlaydilar. Bundan ham qiziqroq misolni keltirish mumkin.
Masalan, sutlama o‘simligining mayda barglar bilan qoplangan
ingichka poyasi yerda yoyilib o‘sadi. Iyun oyiga borganda efemer va
efemeroidlar
qurib
qoladi,
sutlama
esa
gullab
yotadi.
Changlanishdan so‘ng gulbandlari uzayadi, buraladi va urug‘chisi
barglar ostiga yashirinib oladi. Bu yerda o‘simlik tupining soyasida
urug‘, mevalari rivojlanadi va yetiladi. Sutlamaning ildizi juda
ingichka, uzunligi 70-75 sm gacha bo‘lib, o‘rgimchak iniga o‘xshash
ingichka tutam bilan tugaydi.
Nihoyat, yana bir misol. Surxondaryo va Qashqadaryo
viloyatlarining ba’zi joylarida, adirlarda yerni sug‘ormay tarvuz
yetishtiriladi. Tabiiy o‘simliklar
qyriyotgan vaqtda, tarvuz gullaydi.
Uning har biri 4-5 kg dan keladigan hosili suv bilan to‘ladi. Bu
tarvuzlar suvni qaerdan olishi mumkin?
O‘simliklarning har bir turi konstitutsion va
moslanuvchanlik
xossalari bilan harakterlanadi. Konstitutsion xossalari bu, masalan,
gulining tuzilishi, mevasining tipi, shoxlanish harakteridir. Bir so‘z
bilan aytganda, bu nasl uchun va ma’lum darajadagi oila uchun
tegishli belgilardir. Moslanuvchanlik belgilari, bu muayyan sharoitda
normal hayot kechirish uchun imkoni boricha ta’minlovchi turning
tuzilish va biologik qobiliyatidir. Shunday qilib, moslanuvchanlik
belgilari turning tarqalish joyini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: