4.Kapillyar suv
tuproq g‘ovaklarida kapillyar-menisk kuchi
ta’sirida ushlanib turadi, kapillyar oraliqlar qancha tor bo‘lsa,
kapillyar-menisk
kuchi
shuncha
yuqori
bo‘ladi.
Tuproqning
kapillyarlar orqali suvni yuqoriga ko‘tarib berish xossasi uning suv
ko‘tarib berish qobiliyati deb ataladi. Kapillyar suv harakatchan
bo‘ladi, uning joydan-joyga kuchib yurishi o‘simliklar jadal iste’mol
qilishida sarflanadigan suv zapaslarining o‘rni to‘lishini ta’minlaydi.
U oson eritadi va unda erigan organik hamda mineral moddalar
o‘simlik organlari bo‘ylab harakatlanadi.
Kapillyar suvning
bug‘lanishi yerlar sho‘rlanishida rol o‘ynaydi. Kapillyar hoshiya deb
ataladigai qatlam, ya’ni sizot suvlar sathidan ko‘tarilgan nam qatlam
hosil kiluvchi
kapillyar-tiralgan
suvning ko‘tarilish balandligi tuprod
strukturasiga va mexanik tarkibiga bog‘lik bo‘ladi. Kumli va qumloq
tuproqli yerlarda bunday ko‘tarilish balandligi 40-60 sm dan
oshmaydi. Lekin qumoq va soz tuproqli yerlarda 2-7 m ga yetadi.
Kapillyartiralgan suv sarflanganda (o‘simliklar va bug‘lanish orqali)
uning o‘rni sizot suvlar hisobiga to‘ladi. Agar sizot suvlar sathi
ko‘tarilsa, kapillyar hoshiya sathi ham ko‘tariladi yoki aksincha.
Agar sizot suvlar bilan kapillyar suv o‘rtasida bog‘lanish bo‘lmasa, u
holda
kapillyar-muallaq
suv hosil bo‘ladi. Tabiiy sharoitda uning
tuproq profili bo‘ylab tarqalishida chuqurlik oshgan sari namlik asta-
sekin kamaya boradi; kapillyar-muallaq suvning harakatlanish tezligi
uncha katta emas.
Tuproqdagi kapillyar suvning harakatchanligi va harakatlanish
tezligi tuproq namligiga va boshqa fizik xossalariga bog‘liq bo‘ladi.
Agar tuproqning namligi yuqori bo‘lsa (sizot suvlar sathi yuqori
bo‘lgan vaqtda), kapillyar suv tez harakatlanadi namlik pasayganda
esa harakati susayadi. Soz tuproqli yerlarda
suvning kapillyarlar
bo‘ylab harakatlanishi yuqori bo‘lib, unda nam uzoq masofaga
siljishi mumkin. Og‘ir soz tuproqli yerlarda mayda kapillyarlardagi
suv katta kuch bilan ushlanib qoladi, shunga ko‘ra, suvning
kapillyarlar orqali siljishi juda sust bo‘ladi. Lyossimon qumoq va
lyoss (sor) tuproqlarda kapillyar suv eng yuqorn va juda tez
ko‘tariladi (O‘zbekistonda va Kaspiybuyi pasttekisligida).
5.Tuprovdagi
erkin suv
og‘irlik kuchi ta’sirida vertikal siljish
xususiyatiga ega. U yuqori darajada erituvchanlik
samaradorligiga
ega bo‘lib, erigan holatdagi tuzlar va kolloid eritmalar ana shu suv
bilan birga harakatlanadi. Tuproqda erkin suv ko‘p miqdorda bo‘lsa,
o‘ta namlikka, botqoqlanishga va berchlanish protseeslarining
kuchayishiga sabab bo‘ladi. Erkin suv ba’zan gravitatsion, sizot,
yuza borlangan va muz shaklidagi turlarga bo‘linadi.
Gravitatsion suv
pastga yoki yon tomonga siljiydi, shuningdek,
sizot suvlargacha yetib borib, ular sathining ko‘tarilishiga
sabab
bo‘ladi.
Sizot (grunt) suvlar
tuproqning barcha bo‘shliqlari erkin suv bilan
to‘lishidan yoki chuqur yer osti suvlari bosim kuchi ta’sirida
ko‘tarilishidan hosil bo‘ladi. Sizot suvlar sathi, odatda, tuproq yuzasi
relefini takrorlaydi. Sizot suvlar sathi yuqori bo‘lganda yoki ular
kapillyarlar orqali yuqoriga ko‘tarilganda anaerob protsesslar
rivojlanadi, arid iqlim sharoitida esa sizot suvlar ko‘p bug‘lanishi
natijasida ko‘p miqdorda tuzlar to‘planadi. Qumli yerlarda va
toshloqlarda sizot suvlar eng harakatchan bo‘ladi. Birmuncha pastlik
yerlarda sizot suvlar sathi yer yuzasiga yaqin (1-1,5 m) joylashgan
bo‘ladi va kapillyarlar orqali o‘simliklarni suv bilan ta’miilab turadi.
Suv ayirgichlarda sizot suvlar chuqur (10-15 m gacha) joylashgan
bo‘ladi va o‘simliklar uchun deyarli ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Lekin ildiz sistemasi juda chuqur kirib o‘sadigan ba’zi daraxtlar 20-30 m
gacha chuqurlikdaga sizot suvlardan foydalana oladi. Ko‘pchilik daraxt va
butalar uchun 10-12 m chuqurlikda joylashgan sizot suvlarning hech qanday
foydasi yo‘q. Ayrim madaniy o‘simliklar (lavlagi, g‘o‘za, beda) 2-3 m
chuqurlikda joylashgan sizot suvlardan foydalana oladi.
Sizot suvlarning minerallashish darajasi kata ahamiyatga ega.
Chunonchi, uning tarkibidagi tuzlar konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa,
bunday suv o‘simliklar uchun kam foydali bo‘ladi. Shunga ko‘ra, 0,5-3,0 g/l
optimal
konsentratsiya hisoblanadi; yuqori konsentratsiya (12-15 g/l)
o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, 30-50 g/l konsentratsiyali sizot
suvlardan esa faqat galofitlar foydalana oladi. Shunday qilib, sizot suvlar
qancha chuchuk va sathi qancha yuqori bo‘lsa, o‘simliklarning suv bilan
ta’minlanishida shuncha foydali bo‘ladi. Zich o‘simlik qoplami orqali
transpiratsiya protsessida ko‘plab suv sarflanishi oqibatida sizot suvlar sathi
pasayib ketishi mumkin. Bu, odatda, tuproqning botqoqlanish protsessi
susayishiga, arid zonada (masalan, daraxtlar kanallar bo‘yicha o‘stiriladigan
joylarda) esa tuproqning sho‘rlanishiga olib keladi. Kuzda, ya’ni
transpiratsiya protsessi ancha kamaygan vaqtda sho‘rlanish kuchayadi.
Yer yuzasidagi erkin suv oqimi yerga singish tezligidan yuqori
bo‘lgan vaqtda yerning nishabi bo‘yicha oqa boshlaydi. Muz holatidagi erkin
suv o‘simliklar uchun foydasiz hisoblanadi.
Lekin qish davrida muz
holatidagi erkin suv va ayniqsa «doimiy muzliklar» hosil bo‘lishi tuproqning
suv rejimida va o‘simlik qoplami harakterida sezilarli iz qoldiradi.
Mamlakatimiz Yevropa qismining shimoli-sharqidagi juda katta territoriya
va Osiyo qismining shimoli doimiy muzliklar ta’sirida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: