Suvning qattiqligi uni yumshatishning texnikada ahamiyati. Suvning qattiqligi



Download 205,01 Kb.
bet1/6
Sana18.02.2022
Hajmi205,01 Kb.
#452636
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Suvning qattiqligi uni yumshatishning texnikada ahamiyati.


Suvning qattiqligi uni yumshatishning texnikada ahamiyati.
Suvning qattiqligi - tarkibida Kalsiy (Ca)+ va Magniy (mg)+ ionlari boʻlgan suvning xossasi. Suvning qattiqligi 2 xil: nokarbonat qattiqlik — suvda kalsiy va magniy sulfatlar erishidan kelib chiqadi; karbonat qattiqlik — suvda kalsiy va magniy bikarbonatlar erishidan hosil boʻladi.
Suvning umumiy qattiqligi shu qattikliklar yigʻindisiga teng . Umumiy qagtiklik 1 l suvdagi kalsiy va magniy ionlarining milligrammekvivalentlari yigindisi (mgekvGʻl) bilan oʻlchanadi. Qattiqligi 1-1.5 mgekv/ litr bo'lgan suv o'ta yumshoq, 1.5-3 mgekv/l dan kam boʻlgan suv yumshoq, 3—6 mgekv/l boʻlgan suv oʻrtacha , 6-10 mgekv/l o'rtacha qattiq, 10 mgekv/l dan ortiq boʻlgan suv esa juda qattiq suv hisoblanadi. Tabiiy Suvning qattiqligi turlicha. Daryo va koʻl suvining qattiqligi 0,1—0,2 mgekv/l (tayga va tundra), yer osti suvi, dengiz va okean suvining qattiqligi 80— 100 mgekv/l Suvning qattiqligi tufayli bugʻ qozonlari devorlariga choʻkmalar choʻkadi, kir yuvganda sovun koʻp sarflanadi. Qattiq suvda sabzavot, goʻsht yaxshi pishmaydi va h.k. Suvning qattiqligi katta boʻlsa, siydikda tosh paydo boʻladi. Markaziy suv taʼminotida, asosan, isteʼmol qilinadigan Suvning qattiqligi 7 mgekv/l gacha boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Suvning qattiqligi katta boʻlganda suvni yumshatish usullari qoʻllanadi.
Suvni yumshatish - kimyoviy ishlov berish yoʻli bilan suvning qattiqligini yoʻqotish. Bunda suvga soda, natriy fosfat kabi tuzlar qoʻshiladi. Shunda kalsiy va magniy SaSO3 MgCO3, Sa(RO4)2 va M§3(RO)2tarzida choʻkadi. Suvni yumshatishning ionit usuli ham bor. Ionitlar suvda erimaydigan tabiiy yoki sunʼiy materiallar, mas, sulfat kislota bilan ishlov berilgan kumir, sunʼiy alyumosilikatlar yoki turli smolalardan iborat. Suv ionitlar orqali suzilganda ularning ionlari (zaryadli zarrachalari) suvdagi qoʻshimchalar ioniga almashinadi, natijada suv yumshaydi.
Tabiatda toza suv uchramaydi: uning tarkibida doimo biror moddalar aralashgan bo‘ladi. Jumladan, suv yer qobig‘idagi tuzlar bilan o‘zaro ta’sirlashib, muayyan qattiqlikka ega bo‘lib qoladi.
Suvning qattiqligi — suvda kalsiy kationlari Ca2+ va magniy kationlari M g2+ borligidan kelib chiqadigan xossalari to‘pIami.
Agar suvda bu kationlarning konsentratsiyasi yuqori bo'lsa, u holda suv qattiq, agar kam bo‘Isa — yumshoq deyiladi. Xuddi ana shu kationlar tabiiy suvlarga o£ziga xos xususiyatlar baxsh etadi. Kir yuvilganda qattiq suv gazlamalarning sifatini yomonlashtiradi va ko‘p sovun ishlatishga to‘g‘ri keladi, sovun Ca2+ va Mg2+ kationlarini bogiashga sarflanadi.
2Cl7H 35COO“ + Ca2+ = (C17H35COO)2Ca I
2C17H 35COCT + Mg2+ = (C17H 35COO)2Mg I
va ko‘pik shu kationlar to'liq, cho‘kkandan keyingina hosil bo‘ladi. Ba’zi sintetik yuvish vositalari qattiq suvda yaxshi yuvadi, chunki ularda kalsiy va magniy tuzlari oson eriydi. Qattiq suvda ovqat mahsulotlarining pishishi qiyin b o ‘ladi, unda qaynatilgan sabzavotlarning esa ta’mi bo‘lmaydi. Choy yaxshi chiqmaydi va ta’mi yo‘qoladi. Shu bilan birga bu kationlar sanitariya-gigiyena jihatdan xavfli emas, magniy kationlari Mg2+ ning miqdori ko‘p bo‘lganda dengiz yoki okeandagi singari suv taxirroq bo‘ladi va odam ichagida surgi sifatida ta’sir etadi.
Qattiq suv bug‘ qozonlarida foydalanish uchun yaroqsizdir: qaynatilganda unda erigan tuzlar qozonlarning devorlarida quyqa qatlamini hosil qiladi va bu qatlam issiqlikni yaxshi o‘tkazmaydk Bu yoqilg'ining ko‘p sarflanishiga, qozonlarning muddatidan ilgari ishdan chiqishiga, ba’zan esa qozonlarning o‘ta qizib ketishi natijasida avariyaga sabab bo‘ladi. Suvning qattiqligi metall konstruksiyalar, truboprovodlar, sovitiladigan mashinalarning g'iloflari uchun zararlidir.
Kalsiy kationlari Ca2+ kalsiyli qattiqlikni, magniy kationlari Mg2+ esa — suvning magniy/i qattiqligini keltirib chiqaradi. Umumiy qattiqlik kalsiy va magniyli qattiqliklardan, ya’ni suvdagi Ca+ va Mg2+ kationlarining konsentratsiyalari yig‘indisidan hosil bo‘ladi.
Suvni yumshatish jarayonlariga nisbatan olganda karbonatli va karbonatsiz qattiqlik bo‘ladi. Ca2+ va Mg2+ kationlarining suvdagi gidrokarbonat ionlari HC03 ga ekvivalent bo‘lgan qismi keltirib chiqargan qattiqlik karbonatli qattiqlik deyiladi. Boshqacha aytganda, karbonatli qattiqlik kalsiy va magniy gidrokarbonatlarning borligidan bo‘ladi. Suv qaynatilganda gidrokarbonatlar parchalanadi, hosil bo‘lgan kam eriydigan karbonatlar esa cho‘kmaga tushadi va suvning umumiy qattiqligi karbonatli qattiqlik qiymati qadar kamayadi. Shuning uchun karbonatli qattiqlik muvaqqat qattiqlik ham deyiladi. Qaynatilganda kalsiy kationlari Ca2+ karbonat holida cho‘kmaga tushadi:

Download 205,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish