Qattiqlik deganda, metallarning plastik deformatsiyagaqarshilik ko‘rsatish xususiyati tushuniladi.
Qattiqlikni o‘lchash uslublarining keng tarqalganligi quyi-dagi sabablar bilan tushuntiriladi: buyumlar sifatiga tez baho berish mumkin, buyumlar yemirilmaydi va sirti buzilmaydi.
Qattiqlikni Brinell usuli bo‘yicha aniqlashda metallning yas-si yuzasiga o‘zgarmas yuklama bilan diametri 2,5; 5 va 10 mm bo‘lgan qattiq po‘lat zoldir botiriladi (19- rasm).