Qattiqlikni o‘lchashda yuqorida aytib o‘tilgan usullarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarda u og‘irligi o‘lchangan egovlar yordamida aniqlanadi. Bu usulning aniqligi kam bo‘lsa ham oddiy va uni sex sharoitida osongina tatbiq etish mumkin. Zarbiy qovushoqlikni aniqlash dinamik yuklamada me-tallning yemirilishiga moyilligini aniqlashga imkon berdi. Zarbiy sinovlar materialning mo‘rtlashuvi (donlari katta-kichikligining o‘zgarishi, dispers fazalarning tushib qolishi, flokenlar paydo bo‘lishi va h. k.) bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina tarkibiy o‘zgarishlarni nisbatan oson aniqlash imkonini beradi. Zarb ta’sirida sinish, ko‘pincha zavod amaliyotida metallarga ishlov
Do'stlaringiz bilan baham: |