1.Turgor va osmotik bosim kuchlari deganda nimani tushinasiz
Тirik hujayra posti tola suv bilan taminlanishi natijasida tarang turishi turgor deyiladi.
Hujayrada moddalar almashinuvi natijasida to'plangan suvda eruvchan moddalar tsitoplazmadan ajralgan holda to planadi. Suvda erigan moddalar hujayra shirasi deb atalib, ular joylashgan bo'shliq vakuola deyiladi. Vakuolalar hujayraning osmotik hodisalarida muhim rol o'ynaydi.Vakuolalarning asosiy biologic roli shundaki,ular ozlarida toplangan konsentratsiyali hujayra shirasi hisobiga osmatik hususiyatga ega boladi . Buning natijasida esa hujayraning sorish sorish kuchi turgor bosimi va suv rejimi boshqariladi.
2. 0,3 molyarli natriy xlor eritmasining 220 S dagi osmotik bosim kuchi necha atmosferaga teng bо‘ladi? 3. Osmos bilan diffuziyani qanday farqi bor ?
Umumiy tizimda moddalarni bir joyda ikkinchi joyga siljishi diffuziya deyiladi . Diffuziyalanovchi modda oz yolida parda uchratsa uning tarqalishi ancha qiyinlashadi . hujayrani selluloza gemiselliloza dan iborat posti ham shunga oxshash pardalar qatoriga kiradi .suyuq va erigan moddalarni parda orqali diffuziyalanishi osmos deyiladi .eritmalarni parda orqali ichkariga kirishi endosmos tashqariga chiqishi esa ekzosmos deyiladi.
4.Hujayraning so’rish kuchini aniqlash uchun nimalardan foydalaniladi?
buyuretkali temir shtativ
5.Hujayraning so’rish kuchini aniqlash uchun qanday eritma qo’llaniladi?
saxoroza yoki KCl ning 1n li eritmasi
6.To’qimalarning so’rish kuchi qanday aniqlanadi ?
kartoshka tuganagi yoki sabzidan uzunligi 30-50 mm ko’ndalang kesimi 4 mm2 bo’lgan kesmalar tayyorlanadi . kartoshkani ko’ndalang kesish qilinadi. Keyin saxaroza yoki KCl ning 1 n eritmasidan 0.1 n ga farqlanadigan eritmalar tayyorlanadi. Kesmalarni eritmalarga solishdan oldin uzunliklari o’lchanadi. Oradan 20-30 min o’tgandan keyin eritmaga solingan kesmalar olinadi uzunligi qaytadan o’lchanadi
7. O’simliklardagi ( shira harakati ).degani nima ?
Ósimliklarning novdasi zararlanganda,zararlangan joydan uzoq vaqt shira tomchilab turadi . Bu hodisa o’simliklarning «shira harakati»deb ataladi.
8. ( Guttatsiya) degani nima u nimadan hosil bo’ladi ?
Havo harorati ilioq bo’lganda yoki uzoq davom etgan yog’ingarchiulikdan keyin o’simlik bargininbg uchlari chetlaridan shira oqib chiqadi. Bu hodisani «guttatsiya» deb atalidi. Ósimliklarning «shira harakati» va «guttatsiya» hodisasini paydo búlishi ildiz bosimidan darak beradi.
9. (Guttatsiyani) qaysi o’simliklarda ko’rishga bo’ladi?
bug’doy, sholi, yoki arpa
10. (Guttatsiya)ning o’simlik hayoti uchun qanday axamiyati bor?
Namlikning normadan ortiq bo’lishi suvning bug’lanishiga to’sqinlik qiladi. Natijada o’simlik tanasidagi ortiqcha suv ildizning bosimi ta’sirida bargning uchidan va chetlaridan oqib chiqadi. Shunday qilib, ildiz bosimi o’simlik ta’rkibidagi suvni normal darajada saqlab turadi
11. (Guttatsiya)ni qanday to’xtatish mumkin?
yoniga xloroform shimdirilgan paxtani qo’yganda guttatsiya jarayoni to’xtab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |