Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi



Download 173,94 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi173,94 Kb.
#237339
Bog'liq
73651 answer ekalogiya oraliq nazorat


Ozbekiston Respublikasi

Oliy va orta maxsus talim vazirligi

Nizomiy nomidagi

Toshkent davlat pedagogika universiteti

sirtqi bolim

Matematika va Fizika falulteti Matematika va Informatika yunalishi

102-guruh talabasi

Turisbekova Guldonaning

Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan oraliq nazorati

(3-variant)

Toshkent-2021y.

1-topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.

1. Suksessiya

2. Shamol energiyasi

3. Atmosferaning ifloslanishi va tabiiy tozalanishi

1. Ekosistemadagi o’zgarishlar. Suksessiya.

Har qanday biotsenoz o’zgaruvchan bo’lib, undagi barcha tarkibiy qismlarning hayot faoliyatida va populyatsiyalar nisbatida Har doim o’zgarishlar sodir bo’lib turadi. Tabiiy jamoalardagi o’zgarishlar turli-tuman bo’lib, ularni ikki asosiy guruhga ajratish mumkin: davriy va yo’naltirilgan o’zgarishlar. Davriy o’zgarishlar tashqi sharoitning sutkalik, mavsumiy va yillar davomida davriy o’zgarishini hamda organizmlarda endogen ritmlarning yuzaga chiqishini aks ettiradi.

Biotsenozda kun va tun o’rtasida harorat, namlik va boshqa omillarning farqi qanchalik kuchli ifodalansa sutkalik o’zgarishlar ham shuncha kuchli ifodalanadi. Sutka davomida organizmlarning hayot faoliyati sezilarli darajada o’zgarib turadi. Biotsenozning mavsumiy o’zgarishida nafaqat organizmlarning holati va faolligi balki turlarning nisbatlari ham o’zgaradi. Yilning ma’lum vaqtlarida ko’pchilik turlar tinch davriga o’tish bilan jamoa hayotidan chiqib turadi. Mavsumlar davomida biotsenoz pog’onalarida ham sezilarli o’zgarishlar kuzatiladi. Ba’zi mavsumlarda utchil o’simliklardan iborat pog’onalar yo’qolib ketadi. Mavsumiy o’zgarishlar ayniqsa kontenental iqlim sharoitida yaxshi ifodalangan bo’ladi.

Har qanday biotsenozda yillar davomida ham o’zgarishlar bo’lib turadi. Bu o’zgarishlar meteorologik sharoitning turli yillarida turlicha bo’lishi bilan bog’liq.

Suksessiyali almashinuvning ikki asosiy tipi farq qilinadi: ham aftotrof ham geterotrof organizmlar ishtirokidagi suksissiya;

Faqat geterotrof organizmlar ishtirokidagi suksessiya. Ikkinchi tip suksessiya organik moddalar zaxirasi oldindan to’plangan yoki doimo kelib turadigan sharoitlardagina yuzaga chiqishi mumkin. Masalan, organik moddalar bilan kuchli ifloslangan suv xavzalarida, chiriyotgan o’simlik qoldiqlari to’plangan joylarda va h.o. O’simlik qoplami almashinishi bilan bog’liq suksessiyalar birlamchi va ikkilamchi bo’lishi mumkin. Birlamchi suksessiyalar hayot xali yo’q joylarda boshlanadi. Masalan, koyalarda, jarliklarda, kumliklarda va h.o. Bunday maydonlarda dastlab lishayniklar va moxlar paydo bo’ladi, keyin turli mayda hayvonlar to’planadi.

Tirik organizmlar tomonidan yashash muhitining o’zgartirilishi, asta-sekinlik bilan sharoitning va munosabatlarning barqarorlashuvi. Har qanday suksessiyada yuzaga chiqadigan o’zgarishlarning jadalligi vaqt o’tishi bilan pasayib boradi. Oxir oqibatda ekosistema nisbatan barqaror bosqichga o’tadi. Ekosistemaning bunday barqaror holati klimaks holati deyiladi. Klimaks xalatidagi ekosistemalar uzoq vaqt o’zini saqlab turish qobiliyatiga ega. Bunday qobiliyat biotsenozdagi muvozanatlashgan modda aylanishini ta’minlaydigan munosabatlar orqali yuzaga chiqadi. Suksessiya davomida turlarning xima-xilligi oshib boradi. Bu biotsenozlardagi aloqalarning murakkablashuviga, rivojlanish sikliga ega, yirik o’lchamdagi organizmlar paydo bo’ladi. Jamoaning ekologik xilma-xilligi ortadi. Natijada jamoa mustakil xolga o’tadi. Suksessiya jarayonida biomassa oldiniga tez o’sadi, lekin keyin o’sish sekinlashib, klimaks davrida biomassa barqarorlashadi. Suksessiyaning boshlangich davrida organizmlar kam bo’lganligi uchun hosil qilingan sof birlamchi maxsulotning kamroq qismi geterotroflar tomonidan o’zlashtiriladi. Shuning uchun biomassaning o’sishi yuqori bo’ladi. Yetuk, barqaror ekosistemalarda esa o’simliklarning sof birlamchi maxsuloti deyarli tuligicha oziq zanjiriga tushadi. Oziq zanjirining uzayishi energiyadan foydalanish samarasinioshiradi.

Shunday qilib, jamoalar bir vaqtning o’zida ikki qarama-qarshi xususiyatga, ya’ni yuqori barqarorlikka va zararsiz olinishi mumkin bo’lgan sof maxsulotning katta zaxirasiga ega bo’lolmaydi.

2. Shamol energetikasi - fan va texnikaning shamol oqimining kinetik energiyasidan mexanik, elektr va issiklik energiyasi olishda foydalanish usullarini, nazariy asoslarini ishlab chiquvchi va xalq xujaligida shamol energiyasidan foydalanish tarmoqlari hamda yullarini belgilovchi sohasi. Inson shamol kuchidan kadimdan foydalanib kelgan. Oldiniga uning kuchidan faqat yelkanli qayiqlarda foydalanilgan, keyinchalik (mil. av. 2—1-asr) Misr va Xitoyda shamol tegirmonlari paydo bulgan (qarang Shamol tegirmoni), keyinchalik shamol dvigatellari va qurilmalari yaratilgan. Shamol energiyasidan Quyosh va suv energiyasi bilan birga foydalanish katta ahamiyatga ega. Shamol energetikasi, asosan, 2 qismga bulinadi: shamol texnikasi va shamoldan foydalanish. Shamol texnikasi qismi shamol kuchidan foydalanib ishlovchi texnika vositalari (agregatlari, dvigatellari, qurilmalari) ni loyihalashning nazariy asoslari va amaliy usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Shamoldan foydalanish qismida shamol energiyasidan samarali foydalanish, shamol qurilmalaridan unumli foydalanish, ularning texnikiqtisodiy kursatkichlarini yaxshilash masalalari va boshqalarning nazariy va amaliy masalalari urganiladi va amalda tatbiq qilinadi. Shamol energetikasi uzining nazariy va amaliy masalalarini urganish va ishlab chiqishda boshqa fan sohalariga, ayniqsa, aerologik tadqiqotlar natijalariga asoslanadi. Boshka energiya manbalaridan foydalanish noqulay va umuman bunday manbalar yoʻq joylarda Shamol energetikasi ishlanmalari juda asqotadi. Oʻrta Osiye’da (xususan, Uzbekistonda) dasht, choʻl va chala chullarda Shamol energetikasi texnika vositalari koʻl kelishi mumkin. Oʻzbekiston FA Energetika va avtomatika intida Shamol energetikasi muammolari bilan ham shugʻullaniladi.

3.Atrof muhitni ifloslanishining sabablari

1. Inson faoliyati 2. O'rmonlarni yo'q qilish 3. Kimyoviy moddalar va pestitsidlar 4. Sanoat va maishiy chiqindilar 5. Qoldiq yoqilg'ilar 6. Axlatni ishlab chiqarish va to'plash

Atrof muhitning ifloslanishi oqibatlari

1. Har xil ifloslanish turlari 2. Sog'liqni saqlash holatlariga etkazilgan zarar 3. Ozon qatlamining yo'q bo'lib ketishi 4. Ekotizimlarning zararlanishi 5. Kislota yomg'ir 6. Qutbiy qopqoqlarning erishi

Atrof muhitning ifloslanishi bu zararli moddalar va elementlarni tabiiy muhitga yoki ularga sezgir bo'lgan jonzotni kiritish natijasidir, ularning farovonligiga ta'sir qilish va hayotning tabiiy muvozanatiga katta salbiy ta'sir ko'rsatadigan zarar etkazish. Ammo, uning paydo bo'lishining asosiy sabablari va oqibatlari nima ekanligini bilasizmi?

Atrof muhitni ifloslanishining sabablari

Quyida atrof-muhit ifloslanishining asosiy sabablari keltirilgan.

1. Inson faoliyati Inson faoliyati ifloslanishning asosiy sabablaridan biridir.Texnologik rivojlanish hayot sifatini yaxshilashda muhim yutuqlarni qo'lga kiritdi, ammo atrof-muhitga ham salbiy ta'sir ko'rsatdi. Masalan:Sanoat rivojlanishi.

Benzin yoki dizel yoqilg'isidagi transport vositalaridan ortiqcha foydalanish. Gaz emissiyasi. Plastmassa ishlab chiqarish va beg'araz foydalanish. Biologik parchalanmaydigan chiqindilarning katta ishlab chiqarilishi. Aholining o'sishi. Ko'proq tabiiy resurslarni qazib olish zarurati. Chorvachilikning ko'tarilishi.

2. O'rmonlarni yo'q qilish

Daraxtlarning kesilishi yoki daraxtlarning tartibsiz ravishda kesilishi Yerdagi o'rmonlar va o'rmonlarni sezilarli darajada kamaytirdi, shu qatorda ushbu tabiiy bo'shliqlarning bir nechtasi yo'q bo'lib ketdi Daraxtlar va boshqa o'simliklar havoni tozalash funktsiyasiga ega, shuning uchun ularning etishmasligi havoning ifloslanishiga va o'limga olib kelishi mumkin bo'lgan turli xil nafas yo'llari kasalliklarining paydo bo'lishiga olib keladi. O'rmonlarni yo'q qilish yog'ochdan foydalanish, chorvachilik faoliyati uchun joylarni ko'paytirish yoki shahar joylarini, sanoat zonalarini, turizmni qurish va kengaytirish zarurati bilan bog'liq.Shuningdek : Havoning ifloslanishining sabablari va oqibatlari.

3. Kimyoviy moddalar va pestitsidlar

Qishloq xo'jaligi sohasi kimyoviy moddalar va pestitsidlardan eng ko'p foydalanadigan sohalardan biridir va bu ushbu soha faoliyatiga tegishli etishtirish va parvarish qilish usullari bilan bog'liq. To'g'ri, dehqonlar meva va sabzavot ekinlarini himoya qilish uchun bunday mahsulotlardan foydalanishi kerak, ammo ular juda ifloslangan va tuproq va suvga ta'sir qiladi. Xuddi shunday, chorvachilikda ham parnik ta'sirini oshiradigan va ozon qatlamiga zarar etkazadigan gazlar ko'p miqdorda hosil bo'ladi.Sanoat faoliyatida atrof-muhit uchun gazlar, kimyoviy moddalar, erituvchilar va boshqalar kabi juda ko'p miqdordagi toksik chiqindilar ishlab chiqariladi. Ushbu chiqindilarning aksariyati to'g'ridan-to'g'ri va noqonuniy ravishda suvga yoki havoga chiqarib yuborilib, ularni ifloslantiradi va atrof-muhitga katta zarar etkazadi

2-topshiriq. Mustaqil о‘rganish uchun test topshiriqlari. Test savollariga javob bering.

1.Ekologiya fanining asoschisi kim?

A. E.Gekkel.**

B. CH.Darvin.

C. V.Vernadskiy.

D. J.Lamark.

2. Ekologiya fani nimani о‘rganadi?

A. Tirik organizmlar bilan tashqi muhit о‘rtasidagi aloqani о‘rganadi.**

B. Hayot haqidagi fan.

C. Muhitni ifloslanishini о‘rganadigan fan.

D. Insonning tabiatga ta’sirini о‘rganadigan fan.

3. Biologik va ekologik hodisalarni aniq sharhlash va kelajak tadqiqotlar rejasini tuzishda qudratli omil sifatida ahamiyatga ega bо‘lgan ekologik uslub qaysi?

A. Tasviriy usul.

B. Taqqoslash usuli.

C. Tajriba usuli.

D. Matematik modellash usuli.**

4. Ekologiya fanining ilmiy-tadqiqot uslublari qaysilar?

A. Tasviriy, tajriba, modellashtirish, matematik.

B. Tasviriy, taqqoslash, tajriba, modellashtirish.

C. Individ, populyatsiya, biogotsenoz.

D. Modellashtirish, tasviriy, tajriba, fizikaviy**.

5. Ekologiya faniga hissa qо‘shgan О‘rta Osiyo allomalari?

A. Muhammad Muso al-Xorazmiy, Jayhoniy.

B. Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino.

C. Alisher Navoiy, Abu Nasr Farobiy.

D. Sulton Balhiy, Mahmud ibn Vali.

6. “Bilingki, daryoning kо‘zlari yoshlansa uning boshiga g‘am, kulfat tushgan bо‘ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar”. Ushbu satrlar qaysi allomaga tegishli?

A. Muhammad Muso al-Xorazmiy.

B. Abu Nasr Forobiy.

C. Abu Rayhon Beruniy.

D. Abu Ali ibn Sino.

7. Abu Rayhon Beruniyning “Saydana” degan asarida qancha dori-darmonlar qayd etilgan?

A. 700 ta.

B. 750 ta.

C. 1116 ta.

D. 1200 ta.

8. О‘zbekistonda “Hayvonlar ekologiyasi asoslari” nomi bilan birinchi yozilgan darslik kimning qalamiga mansub?

A. M.S.Gilyarrov.

B. V.N.Sukachev.

C. D.N.Kashkarov.

D. G.Odum.

9. D.N.Kashkarov va YE.P.Korovinlar tomonidan yaratilgan ekologiya fani va uning vazifalari, uslublari о‘z aksini topgan ilmiy asarlar qaysilar?

A. “Muhit va jamoa”, “Chо‘ldagi hayot”.

B. “Hashoratlar ekologiyasi”, “Qizilqum chо‘lining biotsenozlari”.

C. “Hayvonot olamini qо‘riqlash va undan ratsional foydalanish”, “Qarshi chо‘linnig umurtqali hayvonlari ekologiyasi”.

D. “Farg‘ona vodiysining umurtqali hayvonlari”, “Payg‘ambar oroli sut emizuvchilari”.

10. Ekologiyaning predmeti

A. Populyatsiya, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar va biosfera

B. Tabiatdagi salbiy о‘zgarishlar.

C. Ekologik omillar.

D. Inson va tabiat о‘rtasidagi munosabatlar.

11. Tirik organizmlar bilan tashqi muhit î‘rtasidagi aloqani o’rganadigan fan, bu-----------

A. Biologiya.

B. Ekologiya.

C. Geografiya.

D. Zoologiya.

12. Quyida berilgan ta’rif qaysi tushunchaga oid?: “Tirik organizmni о‘rab turgan jonsiz tabiat”

A. Muhit.

B. Ekologik omil.

C. Moslanish.

D. Shart-sharoit.

13. Berilgan omillardan qaysilari abiotik omillar (I) qaysilari biotik omillar (II) majmuiga kiradi?

1. Edafik; 2. Iqlim; 3. Fitogen; 4. Topografik; 5. Mikrobiogen; 6. Zoogen.

A. I. 1, 4, 5. II. 2, 3, 6.

B. I. 2, 3, 5.II. 1, 4, 6.

C. I. 1, 2, 4. II. 3, 5, 6.

D. I. 2, 4, 5. II. 1, 3, 6.

14. Quyida berilgan tushunchalardan qaysilari biotik omillar uchun tegishli.

1)О‘simliklarning tabiatga ta’siri; 2) Hayvonlarning tabiatga ta’siri; 3)Mikroorganizmlarning tabiatgata’siri.

A. 1, 2, 3; B. 1, 3; S. 2, 3; D. 3.

15. Quyida berilgan tushunchalardan moslanish darajalariga tegishlisini ajrating.

1. Organ. 2. Hujayraviy. 3. Tо‘qima. 4. Molekulaviy. 5. Organizm. 6. Biosferaviy. 7. Ekotizimli jamoa. .8. Senotik.

A. 1, 4, 6, 7.

B. 2, 3, 7, 8.

C. 4, 2, 5, 8.

D. 3, 1, 5, 7.

16. O’simliklarni yorug’likka bo’lgan munosabatiga ko’ra nechta guruhga ajratish mumkin?

A. 5ta


B. 3ta

C 4ta


17. Yorug’sevar o’simliklar qanday nomlanadi?

A) kserofitlar

B) gigrofitlar

C) geliofitlar

2) Soyasevar o’simliklar qanday nomlanadi?

A) stsiofitlar

B) gidrofitlar

C) psammofitlar

18.Tо‘g‘ri javoblarni aniqlang. Qushlarning havo muhitiga moslanishi----------

1)suyaklarning yengilligi.

2)yirik tana.

3)tez uchadigan qanotlarga ega emas.

4)tanasi suyri shaklda.

5)terisi silliq.

6)tanasi qanotlardan iborat.

19. O’simliklarni yuqori haroratga bo’lgan munosabatiga ko’ra nechta guruhga ajratish mumkin?

A. 6ta

B. 4ta


E. 2ta

C) psammofitlar

20. D.N.Kashkarov va E.P.Korovinlar tomonidan yaratilgan ekologiya fani va uning vazifalari, uslublari o’z aksini topgan ilmiy asarlar qaysilar?

1)”Muhit va jamoa”; 2)”Hashoratlar ekologiyasi”, 3)”Qizilqum cho’lining biotsenozlar”i; 4)”Hayvonot olamini qo’riqlash va undan ratsional foydalanish”; 5)”Qarshi cho’linnig umurtqali hayvonlari ekologiyasi”; 6)”Farg`ona vodiysining umurtqali hayvonlari”; 7)”Payg`ambar oroli sut emizuvchilari”;8)”Cho’ldagi hayot”.

A. 1, 8; B.2, 3; C.4, 6; D. 5, 7.

21. Hayotni belgilab beruvchi omillar majmui nimalardan iborat?

1)harorat;2)suv; 3)relef; 4)tuproq; 5)mineral tuzlar; 6)yorug`lik.

A. 2, 3, 4; B. 1, 5, 6; C. 1, 2, 6; D. 3, 5, 6.

22. Yuqori haroratga chidamli o’simliklar qanday nomlanadi?

A) Termofitlar

B) Termofil

C) geliofitlar

23. Tabiiy (1) va sun’iy (2) omillarni guruhlang. a)shamol; b)tuproq; v)mineral о‘g‘it; g)stanok ovozi; d)plastik buyum; e)о‘simlik.

A. 1. a, v, d 2. b, ye, g

B. 1.a, b, ye 2. v, g, d

C. 1. b, ye, g 2. a, v, d

D. 1. v, g, d 2. a, b, ye

24. Sо‘nggi 35-40 yil mobaynida Orol dengizi necha metrga pasaydi (1), uning akvatoriyasi necha martadan ortiq qisqardi (2), suv hajmi necha marta kamaydi (ip3), suvning shо‘rligi qanchaga yetdi (4).

A. 1. 15 m, 2. 2.5 marta. 3. 6 marta, 4. 60g/l.

B. 1. 21 m, 2. 3.5 marta, 3. 8 marta, 4. 70g/l.

C. 1. 10 m, 2. 2 marta, 3. 4 marta, 4. 50 g/l.

D. 1. 5 m, 2. 3 marta, 3. 5 marta, 4. 40 g/l.

25. Sovuq haroratga chidamli o’simliklar qanday nomlanadi?

A) Psixrofil

B) gidrofitlar

C) gidatofitlar

D) Kserofitlar

26. Ekologik ta'limning barkaror rivojlanishdagi roli?

a) tabiatga mеxr uyg’otish.

b) tabiat bilan jamiyatning birligi va uyg'unligi.

v) tabiatda barcha jonsiz va jonli tarkib birligi.

g) kadriyatlarni xurmat kilishga.

d) madaniyat va ekologiyaning birligi.

27. Ekologik ta'limning eng muxim talablari?

a) jonsiz va jonli tabiat, tabiat va jamiyat birligi, ekologik tanglik madaniyat tangligi.

b) jonli tabiatga munosabatni yaxshilash.

v) atrof-muxitga munosabat.

g) o’z-o’zini anglab etish.

d) tirik organizmlarni xar xil darajada o’rganish.

28. Ekologik ta'lim va tarbiyaning asosiy boskichlari?

a) umumta'lim maktablari, maxalla.

b) bog’cha, o’rta maxsus bilim yurtlari.

v) oila, bog’cha, maktab, o’rta maxsus va oliy o’kuv yurtlari.

g) oliy o’kuv yurtlari, maktablar.

d) ishlab chikarish korxonalari, oila.

29. «Kishilarga soya bеruvchi daraxtni kеsgan kishi boshi bilan do’zaxga tashlanadi»xadisining mazmunini ochib bеring?

a) daraxtlar kishilarga soya bеrgani uchun.

b) daraxtlar xam tirik organizm bo’lganligi uchun.

v) daraxtlar odamlarning yashash manbai.

g) daraxt nafakat soya bеruvchi balki ozik-ovkat, kiyim-kеchak, kurilish, moddalar aylanishi va boshkalar.

d) daraxtlarni kеsish oson, ekib o’stirish esa kiyin.

30. O’zbеk xalkining ekologik madaniy mеrosi xakida nima bilasiz?

a) milliy kadriyatlarga amal kilish.

b) xonadonlarni ozoda tutish, suvni asrash.

v) suvga axlat tashlamaslik, xasharlar uyushtirish.

g) atrof-muxitni ozoda tutish, ko’chat ekish, obodonlashtirish.

d) yukoridagi javoblarning xammasi to’gri.

3–topshiriq. Mavzular bо‘yicha keys-stadi texnologiyasi asosida topshiriqlar tо‘plamiga javob bering.

Kеys sаvоllаri:

1.Issiqlik effektining asosiy mexanizmini izohlang?

Issiqxona effekti ekologik muammolardan biri hisoblanadi.

Yer atmosferasida issiqxona effekti qanday?

YEr atmosferasi quyosh nurlarini uzatish qobiliyatiga ega, shu bilan birga sirtdan issiqlik nurlanishini ushlab turadi. Natijada issiqlik to'planishi sodir bo'ladi. Atmosferada gazlar va boshqa chiqindilarning to'planishi bu jarayonni kuchaytiradi, bu issiqxona effekti mexanizmini ishga tushiradi.

Ushbu global muammo uzoq vaqtdan beri mavjud. Ammo atmosferaga chiqadigan chiqindilarni ko'paytiradigan texnologiyalarning rivojlanishi, avtoulovlar sonining ko'payishi va umuman atrof-muhitning yomonlashuvi bilan u tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Statistikaga ko'ra, o'tgan asrda sayyoramizning o'rtacha harorati 0,74 ° ga ko'tarilgan. Bir qarashda, bu biroz ko'rinadi. Ammo bu kabi o'sish allaqachon qaytarib bo'lmaydigan iqlim o'zgarishiga olib keldi.

Issiqxona effekti mexanizmini kim kashf qildi? Ushbu ta'rif birinchi marta 1827 yilda J.Furier tomonidan ishlatilgan. Bu mavzuda u hattoki uzoq maqola yozdi, unda Yer iqlimini shakllantirishning turli sxemalari ko'rib chiqildi. Birinchi Furie ilgari surgan va er atmosferasining optik xususiyatlari oynaning xususiyatlariga o'xshash degan fikrni tasdiqlagan.

Keyinchalik, shved fizigi Arrenius, suv bug'ining va karbonat angidridning infraqizil xususiyatlarini o'rganayotganda, ularning atmosferada to'planishi butun sayyora haroratining ko'tarilishiga olib kelishi mumkin degan nazariyani ilgari surdi. Keyinchalik, ushbu tadqiqotlar asosida issiqxona effekti tushunchasi paydo bo'ldi. Issiqlik — materiya harakati shakli; jismlar oʻrtasidagi issiqlik almashinish jarayonining energetik ifodasi. Materiyani tashkil qiluvchi mikrozarralar (molekula, atom, elektron va b.) ning betartib harakatlari miqdori I. ni ifodalaydi. I. va issiqlik miqdori atamalari bir xil maʼnoni bildiradi.

2. Ozon muammosini izohlang.

Atmosferaning ozon qatlami quyoshning ultrabinafsha nurlarini ushlab qoladigan qalqon hisoblanadi. Afsuski, sayyoramizda tabiiy muvozanat buzilishi natijasida ozon qatlamining yemirilishi bilan bogʻliq ekologik xavf paydo boʻldi. Bu esa kelajakda iqlimning bashorat qilib boʻlmaydigan oʻzgarishlariga, yaʼni inson organizmi immun tizimining zaiflashishiga, onkologik kasalliklar sonining oshishiga, oʻsimliklarning sekin oʻsishiga olib kelishi mumkin.

Olimlarning tadqiqotlariga koʻra, ozon qatlamining yemirilishiga sovitish texnikalari, yongʻin oʻchirish vositalari, tarkibida galogenlar (xlor, ftor va brom) boʻlgan kimyoviy moddalarning sanoat va qurilish sohasida keng qoʻllanilishi asosiy sabab sanaladi.

Ekologik xavfning oldini olish maqsadida 1985-yilda dunyoning 147 mamlakati ishtirokida Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi qabul qilindi. Oradan ikki yil oʻtgach, 1987-yilning 16-sentyabrida ozon qatlamini yemiruvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoli imzolandi. Shu kundan eʼtiboran ushbu sana ozon qatlamini himoya qilish xalqaro kuni sifatida nishonlanadi.

Ozon — (yunonchadan ozon – anqiydigan) ozon molekulalari(O3)dan hosil boʻlgan, har biri kislorodning uchta atomlaridan iborat gaz.

Garchi, hozirda atmosfera havosidagi ozon juda oz qismni tashkil etsa – da, uning ahamiyati benihoya kattadir. U oqsil va nukleinli kislotalarni yemiruvchi qatʼiy ultrabinafsha nurlanishni ushlab qoladi. Taʼkidlash lozimki, stratosfera ozoni – ob- havoning qisqa muddatli va lokal oʻzgarishlarini belgilaydigan muhim iqlimiy omildir. Quyosh nurlanishini yuta turib va energiyani boshqa gazlarga uzata turib, ozon stratosferani isitadi va bu bilan butun atmosferada sayyoraviy issiqlik va sirkulyar jarayonlarning xususiyatlarini tartibga soladi. Ozonning oʻzgaruvchan molekulalari tabiiy sharoitlarda, jonli va jonsiz tabiatning turli omillari taʼsirida hosil boʻladi va parchalanadi, uzoq tadrijiy rivojlanish davomida ushbu jarayon birmuncha dinamik muvozanatga keldi.

Ozon qatlamini olimlar “biologik qalqon” deb ham ataydilar.Taassufki, bu qalqonning yemirilishiga inson omili katta rol oʻynayapti.

Kosmik parvozlar, reaktiv samolyotlar parvozi, avtomobillar va boshqa manbalardan chiqayotgan gazlar, ayniqsa, sovitish tizimlaridagi freon gazi bu qatlam holatiga aks taʼsir koʻrsatmoqda. Mutaxassislar malakasini oshirish borasida esa ayrim xorijiy mamlakatlarning tajribalarini namuna tariqasida oʻrgansak foydadan xoli emas. Masalan,Germaniyadagi tabiati goʻzal maskanlarda maxsus ekologik tarbiya berish joylari tashkil etilgan. Ularda yoz oylarida mutaxassis oʻqituvchilar ekolog ,olgan bilimlarini,tajribalarini amalda qoʻllaydilar. Zero, bolalarni tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash shunchaki bir ermak uchun qilinadigan ish emas. Bu davlat ahamiyatiga ega dolzarb masaladir. Biz sogʻlom, mehnatsevar, dunyoqarashi keng yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazsakgina kelajagimiz nurli boʻladi.

4-topshiriq. Topshiriqlarni bajaring

1. Gidrofitlar (A), mezofitlar (B), kserofitlar (C)ga xos xususiyatlarni aniqlang va jadvalning “javobi” qismiga yozing.

1)î‘rtacha namlikka moslashgan

2)barglari metamorfozlashgan

3)yozgi tinimga î‘tadi

4)mexanik tî‘qimasi kuchsiz rivojlangan

5)barglari yirik-yirik

6)ildiz sistemasi kuchsiz taraqqiy etgan

7)Barglari qirqilgan, tuklar bilan qoplangan

8)vegetatsiya davri qisqa

9)vegetativ organlari shilliq bilan qoplangan

10))yarmi suvda yarmi quruqlikda joylashgan

11)vaqti-vaqti bilan suv talab qiladi

12)ildizi uzun bî‘lib, yerning chuqur qatlamidan suv oladi

javobi

A- 6. 9. 10.



B-1. 5. 7. 8. 12.

S-2. 3. 4. 11

7. Tо‘g‘ri fikrni aniqlang.Javoblar jadvaliga tо‘g‘ri javoblar “ha” va notо‘g‘ri javoblariga “yо‘q” sо‘zlarini yozing. Okean suvining tiniqligi:

1. Plankton, havo pufakchalari, suv keltirilmalarining Quyosh nurlarining qanday yutishi va tarqatishiga bog‘liq.

2. Suv nimtiniq modda.

3. Quyosh nurlari suvdan sochilmasdan tо‘g‘ri о‘tadi.

4. Quyosh nurlari suvda yutilmaydi va birmuncha chuqurlikka tushib boadi.

5. Nurning yutilishi va sochilishiga suvdagi erimagan har xil moddalar katta ta’sir kо‘rsatadi.

6. Suvda erimagan moddalar qancha kam bо‘lsa, suvning tiniqligi shuncha kam bо‘ladi.

7. Suv qanchalik toza bо‘lsa, uning kо‘k rangi shuncha tiniq bо‘ladi.

8. Oq, Qora, Qizil dengizlarning nomi ularning suvi rangiga bog‘liq.

9. Plankton kо‘p bо‘lsa suv yashil rangga kiradi.

10. Tinch okeanining tiniqligi 62 m.

Javoblari

1 ha

2 ha


3 yoʻq

4 yoʻq


5 yoʻq

6 yoʻq


7 yoʻq

8 yoʻq


9 yoʻq

10 ha


3. T.A.Rabotnov o’simliklar jamoasidagi o’simliklar hayotini yoshi bo’yicha quyidagi asosiy davrlarga bo’lingan tariflari bilan juftlang.

Tarif:


1 O’simliklarning yoshi kattalashgan sari gеnеrativ ko’payish xususiyatini yo’qotadi, shundan boshlab o’simlikning qarish davri kuzatiladi

2 O’simlik hayotida sporalar yoki urug’lar bilan ko’payishning boshlanishi bilan tavsiflanadi.

3 Bunda o’simlik spora, urug’ yoki mеvalar hosilda tinim davrida uchraydi. Tinim davri har xil o’simliklarda har xil davom etadi. Qulay sharoyt vujudga kеlishi bilan o’nib chiqadi. Tеrakning urug’i hayotchanligini 3-4 kundan to 3 haftagacha saqlay oladi, bazi bir bеgona o’t o’simliklar esa urug’ining hayotchanligini bir nеcha o’n yillab saqlay oladi.

4 Bu davrda o’simlikning nihollik, yosh o’simliklar va voyaga еtgan holatidir. Nihollar yosh o’simliklardan urug’palla barglarining bo’lishi bilan farqlanadi.

Atamalar:

А Latеnt davri.

V Virginil davri.

S Gеnеrativ davr.

D Sеnil (qarilik) davri.

Javob:


1 - D

2 - S


3 - A

4 - V


4. “Muammo” organayzerini to’ldiring

Muammoning turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni yechish yo’llari va sizning xarakatingiz

“Qizil Kitob” haqida nima bilasiz?

Qizil kitob — yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi; ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi.

1948 yilda tashkil etilgan Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi kamyob va yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan oʻsimlik va hayvon turlarining roʻyxatini tuzish gʻoyasini amalga oshirishga kirishdi. Turlarni saqlab qolish boʻyicha maxsus xalqaro komissiya tuzilib, 1966 yildan boshlab boshqa tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro Qizil kitobning dunyo va alohida mintaqalar florasiga bagʻishlangan nashrlar chop etila boshlandi.

Oʻzbekistonning noyob va kamayib borayotgan oʻsimlik va hayvonlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 1974 yil taʼsis etilgan Qizil kitobda oʻz aksini topgan. Oʻzbekiston Qizil kitobi 1978 da taʼsis etildi. Birinchi marta Oʻzbekiston Qizil kitobining faunaga bagʻishlangan qismi 1983 yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) ning 63 turi kiritilgan edi. Oʻsimliklar olamining kamyob, yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan 163 turi haqida ilk bor mukammal maʼlumotlar 1984 yil bosmadan chiqqan Qizil kitobda keltirilgan. Qizil kitob — davriy nashr hisoblanadi. Unga kiritiladigan oʻsimlik va hayvon turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi taklif etgan tasnifga binoan 4 guruhga ajratiladi: 1) yoʻqolgan yoki yoʻqolish arafasida turgan (jiddiy muhofaza talab etuvchi) turlar; 2) yoʻqolib borayotgan (areali va soni kun sayin kamayib borayotgan, maxsus muhofazaga muhtoj) turlar; 3) kamyob, bevosita yoʻqolish xavfi boʻlmasada, kichik maydonlarda kamdankam uchraydigan (muhofazaga muhtoj) turlar; 4) muayyan vaqt davomida soni va tarqalgan maydonlar tabiiy sabablarga koʻra yoki inson taʼsirida qisqarib borayotgan (sonini nazorat qilib turish talab qilinadigan) turlar. Qizil kitobga, unga kirgan turlar maqomining oʻzgarishi, maxsus muhofaza choralari tufayli baʼzi turlar sonining tiklanishi, aksincha, yashash sharoitining oʻzgarishi va boshqalar omillar taʼsirida sonining kamayishi natijasida boshqa toifaga oʻtkazilishini yoritish maqsadida qayta nashr etiladi. Oʻzbekiston florasining yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan 301 turining hozirgi holatini tavsiflaydigan Qizil kitob 1998 yil da qayta bosmadan chiqdi. Keyingi yillarda Oʻzbekiston faunasi turlari maqomini baholashga imkon beruvchi maʼlumotlar toʻplanib, yangi Qizil kitob 2003 yilda chop etildi. Qizil kitobning soʻnggi nashriga sut emizuvchilarning — 24, qushlarning — 51, sudralib yuruvchilarning — 16, baliqlarning — 18, halqali chuvalchanglarning — 3, mollyuskalarning — 15, boʻgʻimoyoqlilarning — 62 turi va kenja turi kiritilgan.

Oʻzbekiston faunasi va florasining baʼzi turlari Xalqaro Qizil kitobda ham oʻz aksini topgan. Unda har bir tur uchun alohida sahifa ajratilgan boʻlib, unda mazkur oʻsimlik yoki hayvon turining oʻzbekcha, ruscha, lotincha (ilmiy) nomlari, ularning sistematik oʻrni, qisqacha morfologik tavsifi, tarqalishi, yashash muhiti, tabiatdagi soni, koʻpayishi, areali va sonining oʻzgarishi sabablari, muhofaza qilish choralari va boshqalar bayon etilgan.

Qizil kitobga kiritiladigan hayvon va oʻsimlik turlari boʻyicha taklifni ilmiy tekshirish muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, ayrim olimlar tavsiya qilishi mumkin. Muhofaza qilinishi natijasida oʻz arealini qaytadan tiklagan va yoʻqolib ketish xavfi tugʻilmaydigan oʻsimlik va hayvon turlari Qizil kitobdan chiqariladi. Qizil kitobga kiritilgan turlar davlat qonuni asosida muhofaza qilinadi; uni buzgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi.Qizil Kitob - nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayg’u-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob - harakatga chaqiruvchi kitobdir.

Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2- tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi.

Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini o’ziga tortib, hamma mintaqada mashhur bo’ldi. Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo’lib, uning har bir varag’i har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma'nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi.

Yer yuzida hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketishining ikki sababi bor bo’lib, birinchi sababi ― bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa ― (antropogen) inson harakatlari natijasidir.

Tirik tabiatdagi o’simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o;simliklar dunyosi, ayniqsa, o’rmonlarning ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda yer yuzi quruqligining 25 % ni o’rmonlar tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq hozirgi kunda o’rmonlarning holatini yaxshi deb bo’lmaydi. Chunki, har yili 3 mlrd m3 hajmda o’rmonlar qirqilmoqda. FАО ma’lumotlariga ko’ra bu ko’rsatkich yaqin yillar ichida 1,5 martaga ortishi mumkin.

Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o’rmonlar muammosi tashvishga solmoqda. U yerlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo’lgan o’rmonlarning yarmidan ko’pi kesib tashlanmoqda. 160 mln gektar tropik o’rmonlar vayron bo’lgan, atigi yiliga 11 mln gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi “Qizil Kitob” yaratilishiga sabab bo’ldi


Ekologik talablarga javob bermaydigan hududlar

Energiyani koʻp isteʼmol qiladigan tarmoqlar rivojlanishi
5-topshiriq. Ma’ruza matnlaridan foydalangan holda mavzuga mos topshiriqlar tuzing. (Klaster, Ven diagrammasi, Atamalar janziri, Tushunchalar tahlili organayzeri, T-sxema organayzeri va boshqalar))




Oʻzbekistondagi ekalogik vaziyat





Aholi yashash manzillarida ekologik vaziyatning yoʻnalishi


6 – topshiriq: O’z kasbiy faoliyati tajribalari asosida biron bir mavzu bo’yicha ekologik badiiy ko’rinish rejasini ishlab chiqish va topshiriqlar bo’yicha yakuniy xulosalar tayyorlash.

REJA.

1. Ekologik tizim va uning tuzilishi



2. Ekologik omillar va ularni tavsifi

1.. Ekologik tizim va uning tuzilishi. Ekologiyaning bosh tadqiqot obekti-ekologik tizimdir, yoki ekotizim. U malum maydondan iborat bolib, unda tirik organizmlar va ularni yashash muhitlari majmuasi moddiy-enyergetik va axborotlarning o’zaro ta’siri bilan birlashgan. ―Ekotizim‖ atamasi ilk bor ingliz botanigi L. Tensli (1935) tomonidan taklif qilingan. Ekotizim biror kattalikdagi yoki o’lchamdagi hudud bilan chegaralanmaydi. Shuning uchun ham uni organizmlarning xohlagan (masalan, sun’iy akvarium, issiqxona, bug’doy maydoni va boshq.) va murakkab yashash tabiiy muhiti (ko’l, o’rmon, okean)ga nisbatan qo’llash mumkin. Odatda quruqlik va suvli (akvatoriyali) ekotizimlar farq qiladi. Ekotizimlarni misollar yordamida tushuntiramiz: qora saksovulzorlar taqirli delüta tekisliklarida keng tarqalgan, daraxt-butali toqayzorlar daryo sohillarida rivojlangan, qamishli qayir kollari va boshqalar.



Har bir ekotizimda abiotik komponent-biotop yoki ekotop mavjud bolib, unda landshaft sharoitlari bir xilligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, ekotizimda biotik komponent-turkum yoki biotsenoz mavjud bolib, unda yashovchi barcha tirik organizmlar jamlangan. Biotop hamma turkum azolarining yashovchi makoni hisoblanadi. Biotsenoz kop turdagi osimlik, hayvonot olami va mikroorganizmlar vakillaridan iborat bolgan guruhlar makonidir. Har bir tur, turli jins va yoshdagi zotlardan iborat ekotizimda mavjud bolib, populyatsiya (aholi)ni vujudga keltiradi. Turkum azolari makonda bir-birlari bilan juda inoq yashashadi va ozaro bogliqdir. Shuning uchun biotop va biotsenoz bir-biridan ajralmaydi va ular bir nom bilan, yani biogeotsenoz, deb ataladi. Biogeotsenoz-elementar tabiiy ekotizim, u tabiiy ekotizimlarning asosiy yashash shaklidir. Biogeotsenoz uchun malum osimlik turi xos. Shunga qarab bir xil biogeotsenozlarni u yoki bu ekologik turkumga oidligi aniqlanadi (archazorlar, toqayzorlar, saksovulzorlar va boshq.).
Download 173,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish