O'zbekistonning iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishida kichik sanoat zonalarini tashkil etilishining ahamiyati Kamchibekov Farxod Olimjonovich xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Annotatsiya



Download 29,22 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi29,22 Kb.
#309456
  1   2
Bog'liq
kichik sanoat zonalari


O'zbekistonning iqtisodiy - ijtimoiy rivojlanishida kichik sanoat zonalarini tashkil etilishining ahamiyati

Kamchibekov Farxod Olimjonovich

xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi

Annotatsiya: Maqolada kichik sanoat zonalarini barpo etishning tashkiliy asoslari, mexanizmlari, ular hududida tadbirkorlik subektlarini samarali joylashtirish yo'llari va Kichik sanoat zonalarilarining iqtisodiy samaradorligini baholash masalalari qaraladi.

Kalit so’zlar: kichik sanoat zonalari, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari, texnologiya, DAK

Shavkat Mirziyoev erkin iqtisodiy zonalar bo'yicha mavjud tajriba asosida, hududlarda yoshlar kichik sanoat zonalari tashkil etilishini e'lon qildi. Bu sanoat zonalarida o'sib kelayotgan avlod vakillarining biznes loyihalari joylashtiriladi.

"Yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun investisiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida alohida jamg'arma tashkil etiladi va unga 100 million dollar mablag'ajratiladi. Jamg'arma yoshlarning loyihalarini ro'yobga chiqarish uchun qulay shartlarda va past foizlarda moliyalashtiradi. Bundan tashqari, kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish binolari qurilib, yoshlarga imtiyozli shartlarda ijara va lizing asosida beriladi".Yaqinda o'tkazilgan ijtimoiy so'rovlar aksariyat yoshlarimizda ijobiy motivasiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malaka etishmasligini ko'rsatdi. Demak, ularda tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish lozim, dedi Shavkat Mirziyoev.Shuni inobatga olib, kasb-hunar hamda tadbirkorlik ko'nikmalariga o'qitish orqali maxsus sertifikat olgan yoshlarga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada mikrokreditlar ajratish yuzasidan zarur choralar ko'riladi. Bu kreditlar 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan beriladi.

Ushbu maqsadlar uchun 2021 yilda 45 million dollar ajratilishi, shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida har bir viloyatga 100 milliard so'mdan kredit mablag'lari yo'naltirilishi qayd etildi.1

Mamlakatimizda qabul qilingan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasida ham ushbu masalaga alohida e'tibor qaratilgan, ya'ni 3-yo'nalishi "iqtisodiyotni

rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari", 4-yo'nalishi "Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari"da belgilangan berilgan vazifalarni amalga oshirish zarurligi belgilab qo'yilgan.2

Hozirgi vaqtda kichik biznesni rivojlantirish va uni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning samarali yo'llaridan biri bo'lib kichik sanoat zonalari hisoblanadi. Kichik sanoat zonalari – bu tadbirkorlik sub'ektlarini joylashtirishga mo'ljallangan, muhandislik-kommunikasiya va infratuzilma ob'ektlarini, ma'lum er maydoni yoki ishlab chiqarish maydonini o'z ichiga oluvchi xudud. Kichik sanoat zonalari ular joylashgan xududlarni rivojlantirishga katta imkoniyatlar yaratadi. Xususan, sanoat ishlab chiqarishni jadallashtiradi, hududlarni tadbirkorlik uchun investision jozibadorligini oshiradi, yangi investisiya va yangi texnologiyalarni jalb qilishga, tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirishga va ularni rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib beradi, jamiyat uchun o'lik

yuk bo'lib yotgan bo'sh maydonlardan real iqtisodiy sektorni rivojlantirish orqali ulardan samarali foydalanishga, aholi uchun ish joylarini yaratishga, hamda yangi raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishga olib keladi.3

Kichik sanoat zonalar zarar ko'rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli tashkilotlarning va davlat mulki bo'lib foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarida va binolarda tashkil etiladi. Bu joylarda ma'lum darajada ishlab chiqarish infratuzilmasi mavjud, ya'ni, suv, gaz, elektroenergiya ta'minoti va avtomobil yo'llari. Bu o'z navbatida tadbirkorlarning o'z ishlarini yo'lga qo'yish uchun ketadigan boshlang'ich xarajatlarini keskin kamaytirishga olib keladi va biznesni boshlashni tezlashtiradi.Kichik sanoat zonalar uchun ajratiladigan maydonlar tadbirkorlik sub'ektlariga minimal stavka bilan qo'shimcha

koeffisientlarsiz uzoq muddatga ijaraga beriladi.Ular uchun zarur bo'lgan tashqi muhandislik kommunikasiya va infratuzilma ob'ektlarining qurilishi DAK "O'zbekenergo", AK "Uztransgaz" va mahalliy hokimiyatlar byudjeti mablag'idan amalga oshiriladi va kichik sanoat zonasida joylashgan tadbirkorlik sub'ektlari elektroenergiya va tabiiy gaz bilan muntazam ravishda ta'milanadi.

Kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik sub'ektlarini joylashtirish tanlov asosida amalga oshiriladi. Bunday yondashuv kichik sanoat zonalarga raqobatbardosh va eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchi, ya'ni zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqrishni yo'lga qo'yuvchi tadbirkorlarni jalb qilishga sharoit yaratadi. Bu kichik sanoat zonalarning raqobatbaroshligini oshiradi.

Kichik sanoat zonalarining samaradorligini oshirishga ta'sir

etuvchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

- kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarshni Klaster asosida tashkil etilishi sinergetik samaraga olib keladi.

- kichik sanoat zonalarida kichik biznes sub'ektlariga umumiy xizmat ko'rsatuvchi tuzilmalarni tashkil etilishi ham qo'shimcha samaraga olib keladi. Masalan: yagona omborxona xizmati, transport xizmati, uskuna va texnologiyalarni ta'mirlash xizmati, ta'minot xizmati, qo'riqlash xizmati va boshqalar.

- kichik sanoat zonalaridagi tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida kooperasiyani yo'lga qo'yilishi har bir tadbirkorlik sub'ekti amalga oshira olmaydigan yirik loyihalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Masalan: qimmatbaho yangi uskuna yoki texnologiyani sotib olish, eksportni qo'llab quvvatlash, qo'shimcha ishlab chiqarish tsexlarini tashkil etish, logistika

xizmatlarini kengaytirish. Yuqoridagilar kichik sanoat zonalarini ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshishga olib keladi.

Kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarshni Klaster asosida tashkil etish orqalili sinergetik samaraga erishish;

Kichik sanoat zonalarida kichik biznes sub'ektlariga umumiy xizmat ko'rsatuvchi tuzilmalarni tashkil etish;

Kichik sanoat zonalaridagi tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida kooperasiyani yo'lga qo'yish; Kichik sanoat zonalarini barpo etishni asoslashda ularning iqtisodiy samaradorligini baholash muxim axamiyat kasb etadi. Bu erda, birinchi navbatda, zona xududiga joylashtiriladigan tadbirkorlik subektlarining loyixalari samaradorligini baholash. Keyingi bosqichda zona xududini tayyorlash, unda muxandislik-kommunikasion elementlarini, xizmat ko'rstish obektlarini qurishga sarflangan xarajatlarni etiborga olgan xolda zonaning umumiy iqtisodiy samaradorligini baholash zona faoliyatini iqtisodiy asoslashda muxim ko'rsatgich hisoblanadi. Bundan tashqari, Kichik sanoat zonalarni ijtimoiy samaradorligini baholash va uni atrof-Muxiga ekologik

tasirini baholash ham zonalarni tashkil etilishini asoslashda muxim ko'rsatgichlardan hisoblanadi. Bugungi kunda respublikamizda bo'sh er uchastkalari va ishlab chiqarish maydonlarida tashkil etilgan kichik sanoat zonalarining soni, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mutaxassislarining bergan ma'lumotlariga ko'ra1, 96 taga etgan, ularda umumiy qiymati 0.77 trln. so'mlik 1000 dan ziyod loyiha amalga oshirilmoqda. To'qqiz mingdan ziyod yangi ish o'rinlari yaratilgan. Bu loyihalar asosan to'qimachilik, kimyo, oziq-ovqat elektrotexnika mahsulotlari, qurilish materiallari, mebel va boshqa xaridorgir bo'lgan tayyor maxsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Kichik sanoat zonalarining 44 tasi joriy yilning o'zida tashkil etilgan va ularda 120 dan ziyod samarali loyihalarni joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog'iston Respublikasida 1 ta, Xorazm viloyatida 23 ta, Toshkent viloyatida 17 ta, Jizzax viloyatida 12 ta, Andijon, Farg'ona viloyatlari hamda Toshkent shaxrida 8 tadan, Navoiy viloyatida 4 ta, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida 3 ta kichik sanoat zonasi movjud.4 Ta'kidlash joizki, kichik sanoat zonalarni tashkil etish mamlakatga chet el sarmoyasini jalb qilish bilan birga, innovasion faoliyatni rivojlantirish, ilg'or texnologiyalarni joriy qilish,eksport,shuningdek, transport va telekommunikasiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish, yangi ish joylarini barpo etish kabi bir qator muhim masalalarni hal qilish imkonini beradi.


Download 29,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish