7-mavzu: klassik iqtisodiy maktabning to`la shakillanishi va a



Download 331,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana31.12.2021
Hajmi331,77 Kb.
#237562
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
7-MAVZU



7-MAVZU:

 KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING TO`LA SHAKILLANISHI VA 

A.SMIT, D.RIKARDO TA'LIMOTLARI 

Reja: 

1.  Klassik  maktab  g'oyalari  shakllanishining  tarixiy  shart-sharoitlari.  Klassik  iqtisodiy 

maktabning to'la shakllanishi. 

2. A. Smitning iqtisodiy g'oyalari. Uning «Xalqlar boyligi...» asaridagi iqtisodiy qarashlar 



3. D.Rikardoning iqtisodiy ta'limoti  

 

 



XVIII asrning ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy maktab britaniyalik olimlar A.Smit 

va D.Rikardo asarlarida eng yuksak cho'qqiga ko'tarildi. Bu hol tasodifiy emas edi, chunki 

bu  olimlar  yashab  ijod  etgan  davrda  Angliyada  chuqur  iqtisodiy,  sosial  va  siyosiy 

o'zgarishlar ro'y berayotgan edi.  

Angliya  jahonda  eng  rivojlangan  va  sanoatlashgan  davlatga  aylana  boshladi, 

iqtisodiyotda va ijtimoiy hayotda kapitalistik munosabatlar hal qiluvchi o'rinlarni egalladi. 

Mamlakatda yuksak rivojlangan qishloq xo'jaligi va tez o'sayotgan sanoat mavjud edi, faol 

tashqi  savdo  olib  borilardi.  Yangi  jamiyatga  xos  sinfiy  ajralish  yaqqol  bo'lib,  ishchilar, 

sohibkorlar,  er  egalari  -  lendlordlar  va  fermerlar  bor  edi.  XVIII  asr  o'rtalariga  kelib 

Angliyada  amalda  dehqonlar,  ya'ni  yomenlar  sinfi  chegaralash  agrar  islohoti  tufayli  tarix 

saxnasidan tushdi.  

Kapitalning  dastlabki  jamg'arilishi  natijasida  hosil  bo'lgan  pul  kapitali  (manbalari: 

past  ish  haqi,  mustamlaka  siyosati,  ayniqsa  noekvivalent  savdo,  qul  savdosi,  erlarning 

dehqonlardan  tortib  olinishi,  bosqinchilik  urushlari  va  boshqalar)  tobora  ko'p  miqdorda 

sanoat  va  qishloq  xo'jaligiga  qo'yila  boshladi.  Yirik  markazlashgan  manufakturalar  va 

kapitalistik  fermalar  tobora  muhim  ahamiyat  kasb  eta  boshladi.  Agar  XVIII  asr  boshida 

mamlakat  hali  agrar  holatda  bo'lsa,  sanoatning  iqtisodiyotdagi  hissasi  tobora  tez  o'sib 

bordi.  Angliya  industrial  agrar  davlatga  aylandi.  Manufakturalar  soni  oshdi,  ulardagi 

ishchilar  soni  ko'paydi,  ishchilarning  ahvoli  nihoyatda  og'ir  bo'lib,  qattiq  ekspluatasiyaga 

duchor qilindi.  

Manufakturalar  soni  tez  oshib  borgani  bilan  ichki  va  tashki  bozordagi  o'sib 

borayotgan mahsulotlarga bo'lgan talab to'la qondirilmas edi, taklif esa etarli emas edi.  

Asr  o'rtasida  Angliya  boshqa  mamlakatlarga  nisbatan  manufakturadan  fabrikaga  o'tishga 

yaqin  turar  edi.  Angliya  sanoat  inqilobi  arafasida  edi.  Mamlakatning  sanoat  mahsulotlari 

jahon  bozorida  yuqori  baholangan  va  talab  tobora  ortgan,  ammo  davlat  tomonidan 

kiritilgan savdo-sotiqdagi proteksionizm siyosati, feodalizm davridagi bir qancha tartib va 

cheklashlar,  qonunlar  davr  talabiga  javob  bermay  qo'ydi,  ularning  borligi  kapitalizm 

rivojiga to'sqinlik qilar edi. Hali kam sonli savdo va sanoatdagi sohibkorlar sinfi bu davrda 

progressiv  o'zgarishlar  tarafdori  edi,  ammo  ekspluatasiya  usullari  ishchilar  sinfining 

qarshiligiga  uchray  boshladi.  Undan  tashqari,  yangi  o'zgarishlarga  hali  ancha  kuchli  va 

uyushgan  dvoryanlar  sinfi  ham  to'siq  edi.  Angliya  sanoati  egalari  erkin  sohibkorlik 

faoliyatini  kuchaytirishni,  feodalizm  qoldiqlarini  tugatishni  talab  qilardi.  Shu  sababli 

sohibkorlar  sinfi  yangi  kapitalistik  ishlab  chiqarish  usulini  ilmiy  jihatdan  to'la  tahlil 

qiladigan iqtisodiy ta'limotlarga muhtoj edi.  




Shunday  qilib  XVIII  asrning  ikkinchi  yarmi  va  XIX  asrning  birinchi  choragida 

Buyuk  Britaniyada  boshqa  davlatlarga  nisbatan  iqtisodiy  g'oyalarning  rivojlanishi  uchun 

nihoyatda qulay sharoitlar yuzaga keldi, bu g'oyalar A.Smit va D.Rikardo ta'limotlarida o'z 

aksini  topdi.  Bu  tadqiqotlar  aslida  sohibkorlar  mafkurasini  himoya  qilgan  bo'lsa  ham,  bu 

mafkuraning apologetlari (ko'r-ko'rona ataylab yoqlovchilari) emasdilar, ular o'z asarlari va 

yaratgan  ta'limotlarida  bu  tuzumning  barcha  faoliyatini  to'la-to'kis  ma'qullamadilar,  uni 

bo'yab  ko'rsatishga  urinmadilar,  bu  jamiyatdagi  ilg'or  tomonlarni  ko'rsatish  bilan  birga 

undagi ko'pgina qarama-qarshilik va nuqsonlarni ochib tashladilar, ishchilar sinfiga, uning 

ahvoliga  achinish,  rahm-shafqat  va  xayrihohlik  munosabatida  bo'lganlar.  Ular  tomonidan 

yaratilgan  ta'limot  ingliz  klassik  iqtisodiyotining  asosi  bo'ldi  va  jahon  iqtisodiyot  fikriga 

katta ta'sir ko'rsatdi.  

Bu  olimlar  o'zlaridan  avvalgi  merkantilizm,  ilk  klassik  maktab  va  fiziokratizm 

g'oyalarini  mukammal  o'rganib,  shular  asosida  yangi  iqtisodiy  maktabning  shakllanishini 

nihoyasiga  etkazdilar.  Aslini  olganda  ular  bozor  iqtisodiyoti  asosini  yaratdilar.  Klassik 

maktabning  to'la  shakllanishida  ayniqsa  sanoat  inqilobi  katta  rol  o'ynadi  (bu  ibora 

muomalaga  75-80  yil  ilgari  taniqli  tarixchi  A.Toynbi  tomonidan  kiritildi  va  Toynbining 

o'zi  buni  1760  yilda  Shotlandiyadagi  yirik  Kerron  metallurgiya  zavodining  ishga  tushishi 

bilan  bog'laydi).  R.Xeylbroner  va  L.Turoularning  fikriga  ko'ra  shu  davrda  bozor  jamiyati 

rnochnoe obestvo») vujudga keldi (bozor iqtisodiyoti avvaldan mavjud). 

  

Avvalgi barcha tizimlarda iqtisodiy hayotni tashkil etish usulida an'analar hokimiyati 



va buyruqlar doim ustun bo'lgan.  

Bozor  tizimida  esa  barcha  erkin  bozor  talablari  doirasida  sohibkorlik  bilan  ixtiyoriy 

shug'ullanadilar,  an'analar  yoki  kimlarningdir  buyrug'iga  bo'ysungan  holda  ish 

yuritmaydilar. Bu tizimda odamlar ish tanlashda to'la erkinlikka ega bo'libgina qolmasdan, 

ishni  ham  o'zlari  qidirishi  kerak.  Bunga  qarama-qarshi  bo'lgan  jamiyatda  qullar  yoki 

an'analar  bilan  cheklangan  hunarmandlar  oldindan  o'zlarining  ma'lum  vazifalarini 

bajarganlar va uni o'zgartirish juda katta qiyinchiliklarni tug'dirgan. Bozor tizimida har bir 

inson  erni  erkin  sotib  olishi  yoki  sotishi,  ferma  esa  o'z  navbatida  osonlik  bilan  savdo 

markaziga aylanishi mumkin. 

  

Bu  tizimda  kapital  bozori  paydo  bo'ladi  va  ishlab  chiqarishda  doimo  boylik  oqimi, 



ya'ni  banklar  va boshqa  moliya  kompaniyalari tomonidan tashkil  etiladigan  jamg'arma  va 

investisiyalar oqimi vujudga keladi, qarz oluvchilar bu boyliklardan foydalanganligi uchun 

foiz to'laydilar.  

Tovarlar  va  xizmatlar  ishlab  chiqarishda  ishlatiladigan  mehnat  sarflari,  er  va  kapitallar 

ishlab chiqarish faktorlari (omillari) deb ataladi (bu masalalar keyinroq qarab chiqiladi).  

Kapitalizmgacha  ishlab  chiqarish  faktorlari  umuman  bo'lmagan,  degan  qisqacha 

xulosalar chiqariladi. Albatta inson mehnati, tabiiy resurslar, shuningdek er va ishlovchilar 

san'ati doim bo'lgan, ammo mehnat, er va kapital tovar emas edi. Mehnat krepostnoy yoki 

qullarning ijtimoiy  vazifasiga aylanib, bu  mehnatga  haq to'lanmagan. Krepostnoy  dehqon 

undan  tashqari  o'z  xo'jayiniga  erdan  va  qurol-yarog'dan  foydalanganligi  uchun  obrok 

to'lagan. Yer harbiy yoki fuqarolik hokimiyatining asosi hisoblangan. Kapital xazina yoki 

hunarmandlarning asbob-uskunalari sifatida qaralgan va u bozor bahosiga ega bo'lmagan.  

Qanday  qilib  haq  to'lanmaydigan  mehnat,  renta  puli  keltirmaydigan  yer  va  shaxsiy 

xazina ishlab chiqarish faktoriga aylanib qoldi? Bu kapitalistik  tuzumni keltirib chiqargan 




inqilob bilan bog'liq. Bu o'zgarishlar tarixan uzoq davrni (XV-XVI asrlar) o'z ichiga olib, 

ba'zida  asta-sekin,  ba'zan  esa  to'fon  kabi  o'rta  asrlarning  urf-odatlarini  emirib  bordi  va 

jamiyatni  hozir  biz  biladigan  bozor  jamiyatiga  olib  keldi.  Ayniqsa  Angliyada  bu  jarayon 

ertaroq  boshlandi  va  biz  yuqorida  eslatgan  dehqonlarni  shafqatsizlik  bilan  o'z  erlaridan 

siqib chiqarish yo'li bilan amalga oshirildi. Asosiy maqsad bu erlarni lendlordlarga berish 

va yaylovga aylantirib, qo'y boqish, uning junidan manufakturalarda mato to'kish edi. O'z 

erlaridan  mahrum  bo'lgan  ijarachilar  shaharlarga  ketishga  va  u  erda  o'z  ishchi  kuchini 

ishlab chiqarish faktori sifatida sotishga majbur edilar.  

Fransiyada  ham  shu  kabi  o'zgarishlar  ro'y  bera  boshladi,  demak,  bundan  shunday 

qisqacha xulosalar chiqarish mumkinki, bozor jamiyati uchun hayotiy zarur bo'lgan ishlab 

chiqarish  faktorlari  tarixiy  o'zgarishlar  tufayli  yuzaga  keldi.  Oqibatda  mehnat  tovarga 

aylandi,  avloddan  avlodga  meros  bo'lib  o'tadigan  er  ko'chmas  mulk  bo'lib  qoldi  va  uni 

sotish, sotib olish mumkin bo'lib qoldi, xazina esa kapitalga aylandi. Ammo kapitalizmning 

iqtisodiy  erkinligi  ba'zilar  uchun  yutuq,  ko'pchilik  uchun  esa  qiyinchiliklarni  yuzaga 

keltirdi.  Ko'tarilayotgan  savdo  sohibkorlar  uchun  yangi  hayotga  yo'llanma  va  yangi 

ijtimoiy  holat  bo'lsa,  kambag'allar  sinfi  uchun  esa  o'z  holatidan  chiqib  olish  uchun 

imkoniyatdir,  chunki  avvalgi  holatda  bunday  asos  yo'q  edi.  Lekin  iqtisodiy  erkinlikning 

muhim  tomoni  yana  shuki,  unda  har  kim  birovning  hech  qanday  yordamisiz  hayot 

girdobida  yashash  uchun  kurashishi  kerak  bo'ladi.  Ko'pincha  savdogarlar  va  boshqa 

xodimlar bu to'fonda o'z-o'zidan yo'q bo'lib ketadi.  

Shunday  qilib,  bozor  tizimi  bir  tomondan  turli  qiyinchilik,  ishonchsizlik,  azob-uqubat 

sababi bo'lsa, shu vaqtning o'zida taraqqiyot, imkoniyat va yutuqlar manbai hamdir.  

XVIII asrning ikkinchi yarmida «Texnik yo'nalishda»gi ishbilarmonlar guruhi iqtisodiyot 

tarixida butunlay yangi insonlarni vujudga keltirdi.  

Sanoat inqilobi dastlab engil sanoatda, xususan, to'qimachilik sohasida boshlandi va 

mashinasozlik  vujudga  kelishi  bilan  nihoyalandi.  J.Key  to'quv  mokisini,  1733  yilda 




Download 331,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish