7-mavzu: klassik iqtisodiy maktabning to`la shakillanishi va a


Mehnat taqsimoti va pul to'g'risidagi ta'limot



Download 331,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana31.12.2021
Hajmi331,77 Kb.
#237562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
7-MAVZU

Mehnat taqsimoti va pul to'g'risidagi ta'limot

 Bevosita  masalaga  o'tishdan  avval  bir  narsaga  diqqatni  jalb  etish  kerakki,  bu  A.Smit 

yashagan muhitdir. Muhit olimning tadqiqotlariga katta ta'sir ko'rsatdi. Bu davr Angliyada 

manufaktura  nihoyatda  rivojlangan  va  sanoat  inqilobi  arafasidagi  yoki  bu  boradagi 

dastlabki  qadamlar  qo'yilgan  payt  edi.  Shu  sababli  A.Smit  manufaktura  davrining 

umumlashtiruvchi  iqtisodchisi  mafkurachisi  bo'lib  qoldi.  O'z  davri  uchun  mos  ravishda  u 

manufakturani  ishlab  chiqarishning  eng  progressiv,  eng  ilg'or  shakli  deb  baholadi,  uning 

tarixan  o'tkinchiligini  tushunmadi,  bu  albatta  sharoitning  ta'siridir.  A.Smit  ishchilar, 

kapitalistlar  va  er  egalarining  turli  sinf  vakillari  ekanligini  yaxshi  tushungan  va  iqtisodiy 

rivojlanishning  umuman  yaxshi  oqibatlari  hamma  uchun  tegishli,  xalq  boyligining 

ortishidan esa jamiyatning hamma a'zolari bir xil manfaatdor deb o'ylagan edi. O'z davrida 

tanqid qilingan bu g'oya hozirgi paytda haqiqatga ancha yaqindir (yana tarix ko'rsatadi). 

  

A.Smitning  iqtisodiy  qarashlari  asosida  shunday  g'oya  yotadiki,  unga  ko'ra  jamiyat 



boyligi ishlab chiqarish jarayonida mehnat tufayli paydo bo'ladi (merkantilistlardan keskin 

farqi  bor).  Eslang,  fiziokratlar  va  ilk  klassik  maktab  vakillari  mehnat  faqat  qishloq 

xo'jaligidagina  samarali  bo'ladi,  desalar,  A.Smit  mehnatni  barcha  sohalarda  (sanoat, 

qishloq  xo'jaligi  va  xizmat  ko'rsatish  sohalari)  boylikning  asosi  deb  bildi.  U  kapitalistik 

ishlab  chiqarishnig  manufaktura  bosqichini  tahlil  qilish  asosida  iqtisodiy  progressning 

muhim  omili  mehnat  taqsimotidir,  degan  qisqacha  xulosalarga  keldi  va  buni  o'z 

tadqiqotlarining boshlang'ich punkti deb qabul qildi.  

A.Smit  o'z  tadqiqotida  nina-tugnogich  manufakturasidagi  ko'pchilikka  ma'lum  bo'lgan 

mehnat  taqsimotini  misol  qilib  keltirdi,  u  erdagi  ishchilarning  ixtisoslashuvi  va  mehnat 

taqsimoti  ishlab  chiqarishni va  mehnat  unumdorligini ko'p  marta  oshirish imkonini berdi. 




Mehnat  taqsimoti  bo'lmagan  holatda  har  bir  ishchi  o'rtacha  20  ta  to'g'nog'ich  yasashi 

mumkin ekan.  

O'n kishi ishlaydigan ustaxonada mehnat taqsimoti o'rnatiladi: biri simni tortadi,2-si 

to'g'rilaydi,  3-si  kesadi,  4-si  uchini  o'tkirlaydi  va  hokozo.  Bu  kuniga  4800  ta  to'g'nog'ich 

yasash  imkonini  beradi,  demak,  mehnat  unumdorligi  240  marta  oshgan.  Mehnat 

taqsimotining  ahamiyati  to'g'risidagi  bu  misol  klassik  bo'lib  ketgan  va  hamma  erda 

ishlatiladi. Mehnat unumdorligi uch usul bilan amalga oshiriladi:  

1.  Mehnat taqsimoti tufayli ayrim ishchilarning chakkonligi va mohirligi oshadi;  

2.  Bir  turdagi  ishdan  boshqasiga  o'tish  uchun  ketadigan  vaqt  iqtisod  qilinadi 

(dastgohdan  dastgohga  borish  vaqti  va  yangi  turdagi  ishga  psixologik  moslashish 

uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi);  

3.  Mehnat  taqsimoti  mashinalar  ixtiro  qilishga  imkon  tug'diradi,  ya'ni  takrorlanadigan 

jarayonlar mashina qo'llashga qulaylik yaratadi.  

Undan tashqari ishchilarning bir xil ishni doim takrorlashi tufayli mahsulotning sifati ham 

yaxshilanishi  kerak,  bu  esa  tovarning  bahosi,  raqobat  quvvatini  oshiradi.  Shunday  qilib, 

A.Smit  manufakturada  mehnat  taqsimotining  roli  va  mashina  sanoati  sari  rivojlanish 

tendensiyasini to'g'ri yoritgan. Uningcha ishlab chiqarish hajmi va mahsulot iste'moli ikki 

omil: aholining unumli mehnat bilan shug'ullanayotgan qismi va mehnat unumdorligining 



darajasi  bilan  belgilanadi.  Farqli  ravishda  ikkinchi  omil  muhimroq  bo'lib,  u  mehnat 

taqsimoti bilan bevosita bog'liqdir.  

A.Smit  asarida  mehnat  taqsimotining  salbiy  tomonlari  ham  berilgan.  Bir  xil 

operasiyani  mexanik  ravishda  takrorlayverish  oqibatida  ishchi  befarosat  va  nodon  bo'lib 

ham  qolishi  mumkin.  Aqliy  va  jismoniy  mehnat  o'rtasidagi  farq  odamlarning  tabiiy 

ko'rsatkichlari  bilangina  aniqlanmaydi,  balki  ularning  hayoti  va  faoliyati  oqibatidadir. 

Faylasuf  aravakashdan  tug'ma  xususiyatlari  bilan  emas,  balki  boshqa  turdagi  mehnat  va 

hayot  tarzi  bilan  farq  qiladi.  Mehnat  taqsimoti  qancha  mukammal  va  bozor  qancha  keng 

bo'lsa, mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv uchun shuncha keng sharoit bo'ladi, tor bozorda bu 

imkoniyatlar cheklangan bo'ladi va mehnat unumdorligining o'sishi ham qiyinlashadi.  

A.Smit  bir  tomondan  manufaktura  miqyosida  va  ikkinchidan  jamiyatdagi  turli 

korxonalar,  sohalar  mehnat  taqsimoti  o'rtasida  prinsipial  farq  yo'q  deb  hisoblaydi. 

Uningcha,  butun  jamiyat  yirik  manufaktura  bo'lib,  mehnat  taqsimoti  esa  odamlar 

hamkorligining  umumiy  shaklidir.  Shu  bilan  birga  ob'ektiv  sharoitni  hisobga  olib, 

manufakturadagi mehnat taqsimoti va endigina rivojlanib kelayotgan mashina sanoatining 

salbiy oqibatlari ham tan olinadi.  




Download 331,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish