Ishlab chiqarishning energetik bazasi qo'l va suv oqimidan 1782 yilda J.Uatt tomonidan
ishlab chiqilgan bug' mashinasi ixtiyoriga o'tishi muhim o'zgarish bo'ldi, bu mashina
hamma narsa, ko'prik, quvur va hatto paroxod ham metalldan bo'lishi kerak, degan g'oyani
ilgari surdi. Temirdan paroxod yasalganida uning suvda suza olishiga hech kim ishonmadi.
Sanoat inqilobi iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda keskin o'zgarishlarga olib keldi.
1701-1802 yillar oralig'ida to'qimachilik rivoji tufayli Angliyada paxta tolasidan
foydalanish 6000 foizga o'sdi. 1788-1838 yillarda cho'yan eritish 68 ming tonnadan 1347
Fransiyada 1815 yildan keyingi 30 yil ichida temir olish 5 marta, toshko'mir qazish 7
marta, yuk tashish hajmi 10 marta ko'paydi. Vaholanki, A.Smit davrida Shotlandiyaning
ayrim joylarida mix pul o'rnida ishlatilgan. Bu o'zgarishlar, ya'ni texnikaning kirib kelishi
buyum - tovarlar turini keskin oshirdi, ilgari ayrim odamlargagina tegishli bo'lgan narsalar
(poyafzal, qog'oz, stul, deraza oynalari) kundalik buyumlarga aylanib qoldi. Asta-sekin
kapitalizm hayot darajasining o'sishiga olib keldi, moddiy ne'matlar turi sistematik
ravishda doimo ko'paydi, sifati yaxshilandi, eng muhimi bu imkoniyatlardan jamiyatning
aksariyat qismi foydalandi. Bunday jarayon ilgari hech ham bo'lmagan edi.
Jamiyat ishlab chiqarish apparatining absolyut ko'rsatkichlari texnika ta'siri ostida
keskin oshdi. Bu jarayon ishlab chiqarishda qo'llaniladigan asbob-uskunaning ko'payishi,
asosan temir, keyin pulatdan yasalgan texnologiyalar ortishi bilan boshlandi. Temir oluvchi
oddiygina pechlar o'rniga gigant inshootlar paydo bo'ldi, oddiy to'quv dastgohlari ham
katta uylarga zo'rg'a joylanadigan mexanizmlar bilan almashtirildi.
Agar avvalgi korxonada bor-yo'g'i 10 kishi ishlagan bo'lsa, XIX asrning birinchi choragida
to'qimachilik fabrikalarida 700 dan ortiq ishchi bo'lgan. Ayrim korxonalardagi ishchilar
soni kichikroq shahar aholisiga tenglashdi. Masalan, 1929 yil «Ford-Motor Kompani»da
174 ming odam ishlar edi, hozir ularning soni 800 mingtaga etgan. Mehnat taqsimoti
nihoyatda kuchaydi, bu esa mehnat unumdorligining asosiy sababidir.
Siyosiy sohada ham muhim o'zgarishlar ro'y berdi, demokratik, parlamentar
institutlar yuzaga kela boshladi. Lekin shuni ham aytib o'tish kerakki, bu inqilobiy
o'zgarishlarni hamma ham to'la tushunib etmadi. Masalan, A.Smit mashina va fabrikalarni
ko'rgani holda manufakturani qo'lladi, Angliya kelajagi qishloq xo'jaligi bilan bog'liq deb
o'yladi.
Do'stlaringiz bilan baham: