7-mavzu: klassik iqtisodiy maktabning to`la shakillanishi va a


A.Smit tadqiqot predmeti va metodologiyasi



Download 331,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana31.12.2021
Hajmi331,77 Kb.
#237562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
7-MAVZU

A.Smit tadqiqot predmeti va metodologiyasi. 

Jamiyatning  iqtisodiy  rivojlanishi  va  uning  moddiy-turmush  darajasini  oshirish 

muammolari  A.Smit  tadqiqotining  predmetini  tashkil  etadi.  Qanday  shart-sharoitlar  va 

qanday qilib va qanday qilib insonlar yuqoriroq moddiy turmush darajasiga erisha oladilar 

degan fikr asarning asosiy g'oyasini aks ettiradi. Iqtisodiy o'sishning pul shakli inkor etiladi 

va moddiy ne'matlar yaratish asosiy deb qaraladi, bular esa faqat ishlab chiqarish sohasida 

yuzaga  keladi  va  shu  sababli  ustuvor  deb  hisoblanadi.  Ammo  qaysi  (sanoat,  qishloq 

xo'jaligi)  soha  afzalligi  aniq  aytilmaydi.  Asarning  2-kitobida  dehqonchilikka  kapital 

qo'yish  yaxshiroq  samara  beradi  deb  o'qtiriladi.  Iqtisodiyot  rivojlanishi  bilan  sanoat 

tovarlarni narxi pasayish, qishloq xo'jaligi mahsulotlari narxi esa o'sish tendensiyasiga ega 

deb hisoblaydi. Demak, shunday qisqacha xulosalar qilish mumkinki, agrar soha ustun (bu 

xato).  



Metodologik  jihatdan  bu  tadqiqot  iqtisodiy  liberalizm  konsepsiyasiga,  ya'ni 

fiziokratlarning  tabiiy  tartibi,  yanada  aniqroq  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga 

asoslanadi.  

Olim  o'z  asarlari  va  tadqiqotlarida  odamlar  ba'zi  bir  shunday  tabiiy  xususiyatlarga 

egaki,  ular  ijtimoiy  tuzumga  bog'liq  emas,  degan  qisqacha  xulosalarga  asoslanadi.  Ana 

shunday xususiyatlardan biri - egoizm (xudbinlik) bo'lib, odamlar o'z xo'jalik faoliyatlarida 

unga  amal  qiladilar.  Ammo  ayrim  shaxsninggina  manfaatlari  jamiyat  manfaatlariga  mos 

tushadi,  deb  uqtiradi  u.  Har  bir  odam  o'z  shaxsiy  manfaatini  ko'zda  tutadi,  ammo  bu 

holatda ko'p boshqa holatlardagi kabi, u «ko'rinmas qo'l» tomonidan uning niyatida ham 

bo'lmagan maqsad sari yo'naltiriladi...  

Bunda  u  ongli  ravishda  xususiy  manfaatlarga  intilganidan  ko'ra  ko'proq  haqqoniy 

ravishda  jamiyat  manfaatlariga  xizmat  qiladi.  «Ko'rinmas  qo'l»  -  bu  ob'ektiv  iqtisodiy 

qonunlarning  stixiyali  harakati.  Bu  qonunlar  odamlarning  xohish-irodasidan  qat'i  nazar, 

odatda  unga  qarama-qarshi  harakat  qiladi.  Har  bir  odam  ko'proq  foyda  olish  uchun 

kapitalni  imkoni  boricha  qulay  ishga  joylashtirishga  urinadi,  chunki  u  jamiyatning  emas, 

balki  avvalo  o'zining  shaxsiy  manfaatini  ko'zlaydi.  Ammo  inson  o'z  shaxsiy  manfaatini 

o'ylagan  paytda,  bu  holat  tabiiy,  yoki  aniqrog'i,  muqarrar  ravishda  shunga  olib  keladiki, 

odam  jamiyat  uchun  ko'proq  naf  keltiruvchi  mashg'ulotni  tanlaydi  va  shu  ish  bilan 

shug'ullanadi.  Shunday  qilib,  Smitning  ta'rifi  bo'yicha,  foyda  ketidan  quvish  va  raqobat 

butun  jamiyatga  naf  keltiruvchi  faoliyat  deb  qaraladi  (biz  Sovet  hokimiyati  davrida  uzoq 

yillar davomida bu fikrga qarshi kurashib keldik). 

Hozirgi  davrda  barchaga  yaxshi  ma'lum  blgan  «ko'rinmas  ko'l»  iborasi  bilan  birga 

«iqtisodiy odam» tushunchasi ham kiritildi. Unga ko'ra, shaxsiy manfaatlar tufayli savdo 

va almashuv jarayoni amalga oshadi. «Menga kerak bo'lgan narsani bersang, men senga 

kerak bo'lgan narsani beraman», qabilida, ya'ni shaxsiy manfaatlarning talabini qondirish 

yo'li tutiladi, ya'ni gap kimningdir sahiyligida emas.  

Iqtisodiy rivojlanishning shaxsiy manfaat va stixiyali qonunlarning o'zaro nihoyatda 

samarali  harakati  sharoitlarini  A.Smit  «tabiiy  tartib»  deb  atagan.  A.Smit  va  uning 

izdoshlari  bu  tushuncha  bir  tomondan  iqtisodiy  siyosatning  tamoyili  va  maqsadi  bo'lsa, 

ikkinchi  tomondan  bu  iqtisodiy  harakatni  o'rganish  uchun  nazariy  konstruksiya  yoki 

modeldir.  Demak,  jamiyatga  naf  keltiruvchi  faoliyatni  biror  harakat  bilan  cheklamaslik 

kerak, degan qisqacha xulosalar chiqariladi.  

Bu tamoyilga ko'ra quyidagilar taklif etiladi:  

1. Ishchi kuchining erkin harakati;  

2. Savdoda (yer savdosida ham) to'la erkinlik;  

3. Sanoat va ichki savdoni hukumat tomonidan reglamentasiya qilishga qat'iy qarshilik;  

4. Erkin tashqi savdo (proteksionizmga qarshi).  

Olimning bu g'oyalari keyinchalik to'la amalga oshdi.  

A.Smit  kapitalistik  jamiyatni  tabiiy  tuzum  bilan  bir  deb  tushungan,  shuning  uchun 

kapitalistik  munosabatlar  abadiy,  kapitalistik  xo'jalik  namoyandalarining  xususiyatlari 

odamning  tabiiy  xususiyatlari  kabidir,  deb  izohlaydi  (bu  fikrning  qanchalik  to'g'riligini 

tarix  ko'rsatadi).  A.Smitning  tushunchasi  bo'yicha  iqtisodiy  hayot  shunday  jarayonki,  u 

ayrim  kishilarning  xohishiga  bog'liq  bo'lmagan  ob'ektiv  qonunlarga  bo'ysunadi.  Bu 



qonunlar  tabiiydir,  insonning  tabiatidan  kelib  chiqqan  xo'jalikning  «tabiiy»  qonunlarini 

ochishga intilgan olim amalda kapitalistik ishlab chiqarishni tadqiq etdi.  

A.Smit  iqtisodiy  haqiqatga  oid  faktlarni  qanday  bo'lsa  shunday  holda,  bevosita 

kuzatuvchiga  qanday  ko'rinsa  shunday  o'rganish  bilan  cheklanmasdan,  «tabiiy  baho», 

«tabiiy  norma»,  ish  haqi  va  boshqalarning  nimaga  bog'liq  ekanligini  aniqlashga  urindi. 

Buning  uchun  u  mantiqiy  abstraksiya  yordamiga  tayanib  ish  yuritdi.  U  tasodifiy 

voqealardan  holi  ravishda  kapitalistik  xo'jalikning  ayrim  xususiyatlari  to'g'risida  qator 

muhim  qisqacha  xulosalarlar  chiqardi.  Shu  bilan  birga  u  boshqa  vazifa  -  aniq  iqtisodiy 

hayotni  izohlashni  ham  o'z  oldiga  maqsad  qilib  qo'ydi.  U  shu  maqsadda  shundokkina 

ko'rinib turgan kapitalistik xo'jalik voqealarini izohladi va ma'lum sistemaga soldi.  

A.Smit  abstraksiya  usulidan  foydalanib  qator  chuqur  ilmiy  qisqacha  xulosalarlarga  keldi, 

hodisalarning ichki bog'lanishi masalalariga kirib bordi. Shunga parallel ravishda u boshqa 

yo'ldan  ham  bordi,  kapitalistik  haqiqat  to'g'risidagi  bevosita  kuzatish  natijalarini 

umumlashtirdi. Birinchi metod izoterik, ikkinchisi - ekzoterik usullar deb ataladi. 

  


Download 331,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish