Konstebl – «buyuk otboqar», oʻrta asrlar Angliyasida oliy saroy mansabi.
Konsul – mansabdor shaxs. 1) Biror bir davlatning boshqa bir davlat yoki shahardagi doimiy vakili boʻlib, u shu yerdagi oʻz fuqarolarining iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilgan; 2) Rim respublikasi davrida qadimgi Rimdagi saylanadigan oliy magistratura. Qadimgi Rim K.lari o’zlarini farqlovchi nishonlarga – fil suyagidan yasalgan tayoqchalarga ega bo’lgan. K. lavozimi kollegial edi, ya'ni bir paytning o’zida ikkita K. bo’lgan. Mil. av. 509-yildan boshlab ular Senat tomonidan bir yilga senturiyat komisiyasiga saylangan. Ikki K.dan iborat kollegiyasi antik an'anaga ko'ra, qirol Tarkviniy Mag'rur quvib yuborilgandan keyin ta’sis etilgan. Bu lavozim Rim qulaganidan 229 yil o'tgach, 705-yilda bekor qilingan.
Kontado – oʻrta asrlarda Italiyada shaharlar atrofida (shahar devorlari tashqarisida) joylashgan huquqiy va iqtisodiy jihatdan shaharga boʻysunuvchi qishloq hududini qamrab oluvchi okrug.
Komturiy– tevton ordenida davlat okruglari, ya’ni komturiylar boshligʻi shu nom bilan atalgan.
Konung (hind-yevropa.keni–urugʻ) – 1) German qabilalarida harbiy yoʻlboshchi. Dastlabki ma’noda K. taniqli, hurmatli, oliyhimmat, aslzoda kishi ma’nosini anglatgan. K. xalq kengashida taniqli erkaklar orasidan saylab qoʻyilgan. Korneliy Tatsit K.lar koʻproq buyruq bilan emas, ishonch orqali qabiladoshlarini boshqarganligi aytib oʻtadi. Oʻljalarni boʻlib olishda martabasidan foydalangan va qabilasi nomidan xalqaro munosabatlarda ish koʻrgan. Ma’lum bir marosimlarni ado etish funksiyasini bajargan; 2) Ilk oʻrta asrlarda skandinav xalqlarida harbiy yoʻlboshchi, urugʻ aslzodalarining oliy vakili. Norvegiya, Daniya va Shvetsiya qoʻshilgunga qadar K.lar qabilalarni yoki aholi manzillarini boshqargan. Ayrim K.lar harbiy oʻlja hisobiga yashovchi va normannlar (vikinglarning) yurishlarida ishtirok etuvchi drujinalar yoʻlboshchisi boʻlgan. Feodallashuv jarayoni va skandinav davlatlarining shakllanishi jarayonida K.lar qirollarga aylanishgan.
Kopigold (lot.copy – kopiya va hold – egalik, mulk) – soʻnggi oʻrta asrlarda Angliyada feodalga qaram boʻlgan dehqonlar qoʻlidagi yerlarning asosiy shakli. XV asrda keng tarqalgan. Yerga egalik qilish uchun dehqonga hujjatning nusxasi taqdim etilgan. Shu boisdan K. nomi bilan atalgan.
Kopigolderlar – umrbod yoki merosiy tarzda yerga egalik qiluvchi, villanlarning avlodlari hisoblanuvchi ingliz qaram dehqonlari. Dastlab K.ning yerga egaligi yozma shaklda rasmiylashtirilgan, ushbu hujjatning nusxasi manorial sudga saqlash uchun topshirilgan. Oʻrta asrlarda paydo boʻlgan kopigold huquqiy jihatdan 1925-yilgacha Angliyada saqlanib qoldi.
Koptlar (arqon) – yunoncha “misrlik (egiptian)” soʻzining arabcha transkripsiyadagi “kubt” soʻzidan kelib chiqqan deb koʻrsatiladi. 641-yilda Misrga yurish qilganda barcha mahalliy aholini shu nom bilan atashgan. Misrning etnodiniy aholi guruhi boʻlib, katta qismi xristianlikka e’tiqod qiladi.
Kordelerlar (frans.arqon) – fransiskanlar katolik rohiblik ordenining shahobchasi. Ular jubbalarini arqon bilan bogʻlanganligi uchun ham shu nom bilan atalgan.