Chinkvechento (ital. cinguecento. soʻzma soʻz besh yuz, aslida 1500 yillar) – XVI asrning italyancha nomlanishi.
Chinsh – senz, feodalga qaram dehqon tomonidan belgilangan rentani pul bilan toʻlash shakli. Ch. toʻlaydigan dehqonlar Fransiyada senzitariylar, Angliyada senzuariylar, Germaniya va Chexiyada chinsheviklar deb atalgan.
Chompi (ital.) – Florensiya va Italiyaning boshqa shaharlaridagi manufaktura ishchilari, jun tituvchilar. Ogʻir mehnat sharoiti, kam miqdordagi haq, yuqori jarimalar sababli Ch.larning bir necha qoʻzgʻalonlari boʻlib oʻtgan. 1345-yilda Florensiyada jun tutuvchi Chuto Brandin boshchiligida birinchi qoʻzgʻaloni roʻy bergan. Ammo bu birinchi qoʻzgʻalon bostirilgan. 1378-yilda (22-iyundan 31-avgustgacha) Florensiyada Ch.larning yangi qoʻzgʻaloni koʻtarildi. Unga kambagʻal hunarmandlar ham qoʻshilishgan. Qoʻzgʻalonchilar oʻzlarining ahvolini va siyosiy holatini yaxshilashni, oylik maoshni 50 % ga oshirishni, ishchilar nomi bilan yangi sex ochishni, “oʻzga elli mansabdorlar”ning huquqlarini qisqartirishni talab qilishgan. Ch.lar oʻzlarining noroziliklarini “semiz” popolanlarga va shahar feodallariga qarshi qaratdi. 21-iyulda ular qamal yoʻli bilan podesta saroyini – shahardagi sud va harbiy hukumat qarorgohini egallashdi. 22-iyulda sinoriya qasrini ham egallashadi. Qoʻzgʻalonchilar Mikel di Lando boshchiligida yangi Sinoriya tuzadilar. Yangi hukumatga Landodan tashqari ikkita Ch., uchta mayda hunarmandlar vakili va uchta “semiz” popolan kirdi. Uchta sex tashkil etildi. Yangi hukumatni himoya qilish uchun 1500 kishilik arbaletchi qoʻshini tuzildi. 29-avgustda Bartolo di Yakopo boshchiligida yangi hukumat saylandi. 31-avgustda di Lando qoʻzgʻalonchilarni Sinoriyaga toʻpladi va ularni tarqab ketishga undadi. 5-sentabrga kelib qoʻzgʻalonning asosiy rahbarlari Domeniko di Tuchcho va Matteo Salvi qatl etildi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
Ислом энциклопедияси / З.Ҳусниддинов таҳрири остида. – Тошкент: ЎзМЭ, 2004. – 313 б.
История средних веков. Т.1-2. Под ред. С.П.Карпова. – Москва: «Высшая школа», 2003.
Пиримқулов Ш.Д. Ўрта асларда Англия. Тошкент: 2005.
Салимов Т.Ў. Жаҳон тарихи (Европа мамлакатлари V-XV асрларда) // Дарслик. – Тошкент: “Университет”, 2014. –296 б.
Средневековый мир в терминах, именах и названиях: словарь-справочник. / Науч. ред. В.А.Федосик, Е.Д.Смирнова, Л.П.Сушкевич. Сост. Е.Д.Смирнова. – МинскЖ Беларусь, 1999. – 383 с.
Тарих атамалари изоҳли луғати / М.Исмоилов, А.Шаропов. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – 560 б.
Эргашев Ш. Жаҳон тарихи. Янги давр XVI-XVIII асрлар. 1-қисм. Тошкент, «O’zbekiston», 2014.
Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. 12 жилдлик. – Тошкент: ЎзМЭ, 2000-2006.
Xashimova M.M. O’rta asrlarda Fransiya. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent, “Yangi nashr”, 2014.
Интернет материаллари (Википедия, турли энциклопедик маълумотлар)
M.M.XASHIMOVA, S.R.USAROV
“Oʻrta asrlar tarixi: terminlar lugʻati”
(Toʻldirilgan va qayta ishlangan nashr).
Samarqand, 2018-yil. 184-bet.
H ajmi 11,5 b.t. Adadi 150 nusxa. Buyurtma 8/3.
140150, “Nafis poligraf servis” MChJ kichik bosmaxonasida chop etildi.
Manzil: Samarqand sh., Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 67-A.
Do'stlaringiz bilan baham: |