Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik



Download 1,74 Mb.
bet200/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Cherkov maktablari – katta monastirlar, yepiskoplik kafedralari, cherkovlar va boshqalar qoshidagi maktablar. Gʻarbiy Yevropada xristian dinining kirib kelishi bilan shakllangan. Uzoq vaqt davomida Ch.M. ta’lim berishda yagona markaz boʻlib qolgan. Ular xristian cherkovi diniy rahnomalarning koʻmagida ochilgan. Ularda davlat va cherkov uchun aqlli odamlar tayyorlab berilgan. Soʻnggi oʻrta asrlar davriga kelib, ta’limda tabaqalanish boʻlganligi bois katta monastirlar va yepiskop kafedralarida monastir, yepiskop va qavmga oid Ch.M. yuzaga keldi. Monastir maktablari Gʻarbdagi monastir asoschisi Benedikt Nursiyning nizomi qabul qilinishi bilan yuzaga keldi. Bu nizomga koʻra rohib bir daqiqasini ham bekor oʻtkazmasligi kerak edi. Ishdan boʻsh vaqtida kitob oʻqishi yoki yozishi kerak. Chunki monastirni tugatayotgan har bir shaxs aqlli va bilimdon boʻlib chiqishi kerak. Shundan soʻng monastir qoshida maktab ochish gʻoyasi shakllangan. Keyinroq, VIII asrda Buyuk Karl maxsus “Ta’lim haqida kapitulyariy” (787) chiqardi. Unga koʻra har bir sobor (yepiskop kafedrasi qoshida) va monasitr qoshida maktab ochish belgilandi. 796-yilda karolinglar akademiyasi boshligʻi Alkuin Turdagi avliyo Martin monastiri qoshida mashhur boʻlgan maktabga asos soldi. Sant-Gallen, Lorsh monastirlar qoshidagi, Korbye, Lion, Fulde va Fleri-syur-Luaredagi maktablar bir qadar mashhur boʻlgan. Bu maktablarda din vakillari tayyorlangan. Maktablarda oʻqish, yozish, Bibliya tarixi, qoʻshiq kuylash va lotin tilida ibodat qilish oʻrgatilgan. VIII asrga kelib yeparxiylarning markazida yepiskoplik (sobor yoki kafedra) maktablari – yuqori saviyadagi maktablar turgan. Ularda “Yetti erkin sa’nat” va “Muqaddas bitiklar” oʻqi-tilgan. Bir necha maktablarda klassik (mumtoz) ta’lim oʻrgatilgan. Ammo toʻliq klassik ta’lim berish taqiqlangan. Quyi tabaqadagi qavmiy (alohida cherkov qoshida) yoki oddiy maktablarda asosan oʻqish va yozish oʻqitilgan. Rivojlangan va soʻnggi oʻrta asrlar davriga kelib, qashshoqlik ordenlarining tashkil topishi natijasida monastir, qavmiy va sobor maktablaridan tashqari ular qoshida ham Ch.M. ochilgan. Ularda oʻqish bepul boʻlgan. Katta oʻqituvchilar oʻzlarining mehnatlari uchun benefitsiy tarzida haq olgan. Oʻrta asr shaharlarining rivoj topishi bilan dunyoviy ilm-fanga boʻlgan ehtiyoj ortib, cherkovga qarashli boʻlmagan maktablar ham shakllangan. Ularda huquq, tibbiyot, texnika fanlari kabi shahar aholisi uchun zarur fanlar oʻqitilgan. Bu kabi maktablarning yuzaga kelishi ta’limda cherkovning monopoliyasiga barham bergan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish