TOShDTU TARIXI, STRUKTURASI, FAKULTETLARI VA KAFEDRALARI. MAShINASOZLIK FAKULTETI. «YeR USTI TRANSPORT TIZIMLARI» KAFEDRASI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOTLAR. TOSh DTU DA TALABALARNING O‘QUV VA MUSTAQIL TA’LIM OLISh IMKONIYaTLARI (ARS, KAFEDRA KUTUBXONASI, INTERNET MANBALARIDAN FOYDALANISh VA B.)
Toshkent davlat texnika universiteti tarixi, strukturasi, fakultetlari va kafedralari haqida ma’lumot
OO‘Yu ma’muriy strukturasi
Universitetni rektor boshqaradi.
O‘quv jarayonining hamma masalalari bo‘yicha uning o‘rinbosari–o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor shug‘ullanadi. O‘quv jarayonini tashkil qilish universitet o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘iga yuklanadi. Uning qo‘l ostida dispetcherlar, uslubiyatchilar, o‘quv jarayonining ma’muriy boshqaruvchisi, o‘qishni texnikaviy tashkil qilish (O‘TTQ) bo‘limi va texnik xizmatchilar faoliyat olib boradilar.
Ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilishga ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor rahbarlik qiladi. Unga ilmiy tadqiqot bo‘limi (ITB), ixtisoslashtirilgan ilmiy tadqiqot laboratoriyalari (IITL) bo‘ysunadi.
Universitet ma’muriy-xo‘jalik ishlarini tashkillashtirish va boshqarish uchun ma’sul ma’muriy-xo‘jalik ishlari (MXI) bo‘yicha prorektor hisoblanadi.
Har bir fakultet rahbari dekan hisoblanadi. U fakultetda talabalarning o‘qishini, hayot sharaoitlarini yaxshilash va dam olishini tashkillashtirish ishlariga umumiy rahbarlik qiladi. Dekanning to‘rtta shtatda ishlovchi (1, 2- kurslar uchun, 3,4-kurslar uchun va magistrlar uchun va ma’naviy ma’rifiy ishlar va ilmiy ishlar bo‘yicha) o‘rinbosarlari bor.
Fakultet tarkibida faoliyat ko‘rsatayotgan kafedralar mudirlari ham dekanga bo‘ysunadilar. Kafedralarning professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘quv, ilmiy, ishlab chiqarish, tarbiyaviy va mustaqil ishlarni tashkil qiladilar va olib boradilar.
Dekan fakultet Davlat imtihon komissiyasining a’zosi, universitet qabul komissiyasining a’zosi, yosh mutaxassislarni ishga taqsimlash komissiyasining a’zosi hisoblanadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, mazkur oliy texnika dargohiga universitet maqomi berildi.
ToshDTU bitiruvchilari ichida o‘nlab akademiklar (X.M.Abdullaev, M.T.O‘rozboev, M.Z.Xomudxonov, U.O.Orifov, K.S.Axmedov, X.F.Fozilov, V.Q.Qobulov, O.M.Akramxo‘jaev, I.X.Hamroboev, M.N.Nabiev, G‘.O.Mavlonov, X.N.Boymuhamedov, A.S.Uklonskiy, O.U.Salimov, T.M.Mirkomilov, Z.Salimov, G‘.R.Rahimov, V.R.Rahimov, N.R.Yusupbekov), davlat mukofotlari sovrindorlari, yuzlab ixtirochilar, professor va fan doktorlarini ko‘rish mumkin.
Turkiston davlat universitetining texnika fakulteti shaklida, faoliyat boshlagan texnika universiteti tarkibidan 14 ta oliy texnika o‘quv yurti va ko‘plab texnik kollejlari ajralib chiqqan. Ular orasida Farg‘ona politexnika instituti (1967 yil), Toshkent avtomobilsozlik va avtomobil yo‘llari instituti (1972 yil), Samarqand me’morchilik–qurilish instituti (1980 yil), Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti (1977 yil), Namangan muhandislik-iqtisodiyoti instituti (1993 yil), Jizzax politexnika instituti (1995 yil), Namangan muhandislik–pedagogika instituti (1989 yil), Navoiy davlat konchilik instituti (1995 yil), Andijon muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv instituti (hozirda Andijon mashinasozlik instituti) (1995 yil), Toshkent me’morchilik–qurilish instituti (1991 yil), Toshkent kimyo–texnologiya instituti (1991 yil), Qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti (1995 yil), Toshkent davlat aviatsiya instituti (1995 yil), Nukus industrial–pedagogika instituti (1995 yil), Angren texnika kolleji (1995 yil), Olmaliq texnika kolleji (1995 yil), Chirchiq texnika kolleji (1995yil) larni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |