Xivam mening faxrim mening. 1-boshlovchi



Download 18.88 Kb.
Sana27.06.2017
Hajmi18.88 Kb.
Xivam mening - faxrim mening.

1-boshlovchi:

Bismillohdan boshlanadi amlimiz

Assalomdan yorishadi jamolimiz

Do`stimizga aylantirar begonani

Assalomdan yetishadi kamolimiz

2-boshlovchi:

Assalom ustozlar, aziz mehmonlar,

Davraga yig`ilgan qalbi quyoshlar

Sizga dildan ta`zim dildan ehtirom

Kechaga jam bo`lgan do`slar assalom.

1-boshlovchi

Assalomu alaykum, hurmatli utozlar, hurmatli kecha qatnashchilari, kelajagi porloq istiqlol farzandlari.



2-boshlovchi:

Mana biz bugun maktabimizning 8-9- sinflari tomonidan tayyorlangan ,,Xivam mening-faxrim mening” mavzusidagi kechani tomosha qilishuchun yig`ildik.

Mana shu kechani ochib berish uchun so`zni maktabimiz ilmiy bo`lim mudiri ustoz Yusupvga beramiz. Marhamat.

O’quvchi:

Xiva qadimiysan, hamda novqron,

Xiva, ko’ksi qalqon va mehrga kon

Xiva, buyuklikda misoli osmon

Xiva, mehmonlarga joni qurbonsan

O’quvchi:

Naqshinkor gumbazlar gozal jiloli

Osmoning tiniqdir, yulduz hiloli

Baland minoralar posbon timsoli

Xiva, tarixlarda qolgan makonsan

O’quvchi:

San’atkorlarning qo’lda sayrab dutori

Ohangda ,,Lazgi”, ,,Ushshoq”, ,,Ufori”

Biri olim, biri noqqoshdir kori,

Xiva, kamolatga intilgan jonsan.

O’quvchi:

Chor darvoza uzra, chor tomonga yo’l

Husniga kol erur qiyot, g’ovukko`l

Bag’ringda tarixiy obidalar mo’l

Xiva, o’zing hikmat, ilm-urfonsan.

O’quvchi:

Xiva, qadimiysan, hamda navqiron,

Xiva, ko’ksi qalqon va mehirga kon,

Xiva, buyuklikda misoli osman,

Xiva,mehmonlarga joni qurbonsan.

Sh.Tohirova.Ona qishlog`im she’ri

-//- bag’ishlov (xiva tuman mehnatlashkashlariga)

1-Boshlovchi

Bir o’lkaki tuprog’da oltin gullaydi

Bir o’lkaki qishlarida shivirlar bahor

Bir o’lkaki sal ko’rmasa quyosh sog’inar

Bir o’lkaki g’ayratidan asabi chaqnar

Baxt toshini chaqib kuch guvillaydi

O’quvchi: Ahmadiy “ xivadan” she’ri.

2-Boshlovchi:

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilni “ Xalq bilan mulaqat va inson manfaatlari” yili deb e’lon qilinishi eldoshlarimiz ertangi kuniga bo’lgan umit va ishonchini ezgu ishlar yo’lidagi kuch - g’ayratini yanada oshirmoqda.



O`quvchi:

Xiva iftixori sharaf ramzi

Pahlavon Mahmudning niliy gumbazi

Ogohiy Munis – u Feruzlar nomi

Nazmiyat bobida bitgan kalomi

Abadiy o’chmagay, o’chmaydi hargiz

Istiqlol yurtida charaqlab turgay

O’quvchi:

Ilm- u fozilga bu yerdir makon

Fanning rivojiga toparlar imkon

Ma’munshoh g’aflatdan uyg’ondi go’yo

Ilmlar uyidan taralar ziyo

Olamni hayratga solgan xiva san

YUNESKO yorlig’in olgan xiva san

1-Boshlovch:

Qani dugonam xiva haqida shuncha she’r g’azallar yozilgan uning tarixi qanday, qachon xiva degan nom kelib chiqqan marhanat navbatni o’quvchilarga beramiz!



O’quvchilar:”xiva necha yoshda”

2-Boshlovch:

Ana shulardan hozir Pahlovon Mahmudning ustozi Said Alouddin haqida hikoya qilamiz.



1-boshlovch:

Pahlovon Mahmudning afsonaviy pahlavon va mumtoz shoirligi haqida ko’plab rivoyatlar bor.Hozi shulardan biri haqida tanishamiz.



O’quvchi:

Sahna ko’rinishi P. Mahmud

Polvno Pirim ashullasi:

2-Boshlovch:

Marhamad juma masjidi yodgorligi haqida.



1-Bashlovchi:

Xivaning buyuk shaxslaidan biri Najmiddin Kubro haqida hikoya qilamiz.



N.Kubro haqida hikoya.

M. Rizo.Ogohiy haqida hikoya.

O`quvchi:Kalta minora tarixi.

O`quvchi:Islomxo`ja minora haqida.

2-boshlovchi:

O’tmishda xivamizda xon saylash marosimiari bo’lib, o`quvchilar xon saylash marosimi haqida gapirib beradilar.



Sahna ko`rinishi: Xon saylash marosimi haqida.

O’quvchi: Xiva haqida she’r.

O’quvchi:M.r.Feruz san’ati va ma’daniyati homiysi ekanligi haqida gapirib beradi.

O’quvchi:Al- Xorazimiy haqida.

O’quvchi:

Keldilar olam uyiga necha inson xivadan,

To’ldirib boshiga sonsiz ilm-u utfon xiavadan.

Botinidek er yuzin gulzor etib bu damgacha ,

Har so’zi jon ozig’idek obu- rayhon xivadan .

To’tiyo- bulbullariga ozuqa bermish misli qand,

Zargari otin minib oppoq oltin konida,

Munisi ham Ogohiy yonlig suhondon xivadan.

Necha davron oshtilar xur oramijonjar xivadan.

Boshi osmonga tutash dohining talimin o`qib,

Anjuman donnisharo ko’zlari cholpon xivadan.

O’quvchi: “Ma’mun akademiyasi” haqida.

O’quvchi: Buyuk allomalarimiz ma’naviyatimiz haqida.

Xiva qo’shig’i” R.Xo`janiyozova she’ri.

Xivaga borganimda” ashallasi.

1-Boshlovchi:mana bugungi “xivam mening - faxrim mening” mavzusidagi kechamiz ham yakunlanib bormoqda O’z vatanimizni, vohamizni, xivadek olloh nazar solgan shahrimizni qanchalik madh etsak kamlik qiladi. Har bir narsani nihoyasi bo`lganidek kechamiz ham yakunlanmoqda Kechamizni yopib berish uchun so’zni maktabimiz ilmiy bo`lim mudiri ustoz yusupovga beramiz : Marhamad.

Ssenariy muallifi: M . Ismoilova.



.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa