Asosiy tushunchalar:nobank va kredit tashkilotlari, mikromoliyalash tashkilotlari, lombard kredit tashkilotlar, mikrolizing, investisiya iqlimi, nodavlat notijorat tashkilotlari
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1.Mikromoliyalash tashkilotlarini tashkil etishdan maqsad nimada?
2. Nobank kredit tashkilotlarini qanday shakllari mavjud?
3. Nobank kredit tashkilotlari vujudga kelishiga qanday omillar sabab boʻldi?
4. Nobank kredit tashkilotlari tijorat banklaridan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?
5. Mikromoliyalash tashkilotlarini tashkil etishda qanday normativ me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi?
6. Mikromoliyalash tashkilotlarining ustav fondi pul mablag’lari qaysi manbalar asosida shakllanadi?
7. Mikrokredit tashkilotlari faoliyati kim tomonidan tartibga soladi va nazorat qiladi?
8. Dastlabki lombardlar qayerda paydo boʻlgan?
9. Lombardlarning oʻziga xos xususiyatlari nimada?
10. Oʻzbekistonda lombardlar bank tizimining qaysi pog’onasi tarkibiga kiradi?
19-mavzu. BANK INQIROZLARI §19.1.Bank inqirozi tushunchasi va uning mohiyati. Moliya bozorining bir sigmentida yuzaga kelgan tizimli risklar (xususiy xoldagi inqiroz) uning boshqa segmentlariga tarqalar ekan, tizimli risk mexanizmi orqali butun moliya kredit tizimini tanazzulga boshlaydi.
Xususiy holdagi inqirozlarga quyidagilar taaluqlidir:
Bank inqirozlari - bu domino effektiga asoslangan bank sektori inqirozi boʻlib, qator banklarda muammoli aktivlarning jamlanishi va ular toʻlov qobiliyatining pasayib ketishi bank sarosimasiga, omonatchilarning keng qoʻlamida bank tizimidan qaytarib olinishiga, banklararo kreditlar hajmining keskin kamayishiga sabab boʻladi va banklarda nisbatan ishonchning passayish zamirida banklar tomonidan toʻlovlar hajmining qisqarishiga va natijada, toʻlov tizimi hamda moliya bozori tanazzuliga olib keladi.
Jahon iqtisodiy adabiyotida bank inqirozining mohiyatini aniqlashga yagona yondashuv mavjud emas.
Demak, bank inqirozi - koʻpgina banklarning oʻz vazifalarini bajara olmasligi, bu ham bank tizimi, ham umuman iqtisodiy tizim uchun halokatli oqibatlarga olib keladi.
Bank inqirozlari barqaror bozorda ham, oʻzgaruvchan oʻtish davri iqtisodiyotida ham yuzaga keladi, hisob-kitoblar asosida oʻz-oʻzidan va kutilmagan boʻlishi mumkin.
Har qanday iqtisodiyotda har doim qandaydir inqiroz elementlari boʻladi, lekin faqat ma’lum sharoitlarda ular milliy va jahon darajasidagi jiddiy inqirozlarga qoʻshiladi. Bunday inqirozlarning oldini olish uchun oʻz vaqtida choralar koʻrish zarur, bu esa “bank inqirozi” tushunchasining mohiyatini, uni aniqlash qobiliyatini bilishni talab qiladi.
Moliyaviy inqiroz, odatda bozor inqtisodiyoti qaror topayotgan davlatlarda (emerging markets) quyidagi parametrlar bilan tavsiflanadi:
aksiyalar bozori kapitallashuvining 20%dan ortiqqa passayishi;
obligasiyalar hajmining bozor qiymati boʻyicha ichki va tashqi bozorlarda 15 %dan ortiqqa qisqarishi;
bozor foiz stavkasining 20 %dan ortiqqa oʻsishi;
yillik infilyasiya suratining 20 %dan ortiqqa oʻsishi;
xorijga chiqib ketadigan kapital miqdorining 30%dan ortiqqa koʻpayishi;
Markaziy bank oltin valyuta zahiralarining 20% dan ortiqqa kamayishi;
bank sektori depozit bazasining 10 % dan ortiqqa kamayishi;
ichki kreditlar hajmining 10% dan ortiqqa qisqarishi.
Rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozning tez suratlarda tarqalishining muxim sabablaridan biri shundaki, biror bir rivojlanayotgan davlatning tanazzulga yuz tutishi zanjirli reaksiya orqali investorlarni mazkur mamlakatga oʻxshagan (risk darajasi aynan boʻlgan) davlatlarning qimmatli qog‘ozlaridan voz kechishiga undaydi.