A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar



Download 1,87 Mb.
bet2/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

K I R I SH


Mustaqillik arafasida bank tizimi oldida bir qator jiddiy muammolar turar edi. Xususan, bank operasiyalarini amalga oshirish uchun zarur texnologiyalar va hattoki oddiy kompyuter texnikasiga talabning yuqoriligi, bozor tamoyillariga asoslangan bank tizimi faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va me’yoriy hujjatlarning mavjud emasligi, nodavlat kapital va resurs bazasining zaifligi, ayniqsa, yangi tartibda samarali faoliyat koʻrsata oluvchi yuqori malakali bank sohasi rahbar va mutaxassislarning taqchilligi kabi oʻtkir masalalar mavjud ediki, ular faqat davlatimiz rahbarining e’tibori asosida muvaffaqiyatli hal etildi.
Ushbu oʻquv qoʻllanma Samarqand iqtisodiyot va servis instituti oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan boʻlib, oliy oʻquv yurtlari, oʻrta maxsus kasb-hunar kollejlari va malaka oshirish kurslarining “Bank ishi”, “Buxgalteriya hisobi”, “Moliya”, “Iqtisodiyot” va boshqa mutaxassisliklarda oʻqitilayotgan “Pul va banklar” fanini oʻzlashtirishni oʻz oldiga maqsad qilib oladi.
Qoʻllanmada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻg’risida”gi bir qator qarorlarida oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta koʻrib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsad qilib qoʻyilgan. Shu borada mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash va yangilashni izchil davom ettirish borasida qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar, ustuvor yoʻnalishlar, mavjud muammolar va ularni hal etish yoʻllari toʻg’risida “Pul va banklar” faniga daxldor masalalar atroflicha yoritilgan.
Qoʻllanmaning pulga daxldor mavzulari qismida pulning kelib chiqishi va mohiyati, uning bozor iqtisodiyotidagi oʻrni, pulning vazifalari, turlari va ularning rivojlanishi, pul aylanishi va uning asosiy shakllari, pul tizimi, Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi va uning tarkibiy qismlari, inflyasiyaning mohiyati, kelib chiqish sabablari, turlari va oqibatlari, unga qarshi kurash usullari yoritib berilgan.
Qoʻllanmaning kreditga daxldor mavzulari qismida kreditning kelib chiqishi, uning mohiyati va ijtimoiy ishlab chiqarish taraqqiyotidagi oʻrni, kreditning vazifalari, kreditlash tamoyillari. Kredit turlari va shakllari. Kredit xavf-xatari va uni boshqarish, foiz xavf-xatari. Ssuda foizi va uning iqtisodiy mohiyati. Kredit berish tartibi, rasmiylashtirish va qaytarish bosqichlari yoritib berilgan.
Qoʻllanmaning valyutaga daxldor mavzulari qismida xalqaro iqtisodiy aloqalar va ularning milliy iqtisodiyot taraqqiyotidagi oʻrni, asosiy shakllari, xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta operasiyalari shuningdek, xalqaro hisob-kitoblar va xalqaro kredit kabi mavzular yoritilgan.
Qoʻllanmaning banklarga daxldor mavzulari qismida banklarning paydo boʻlishi, rivojlanishi va ularning asosiy vazifalari, kredit, bank tizimi va banklar uyushmasi faoliyati, markaziy bank va tijorat banklarining vazifalari, hamda operasiyalari, xalqaro moliya-kredit tashkilotlari faoliyati toʻg’risida batafsil ma’lumotlar keltirib oʻtilgan.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi voqyeligiga katta e’tibor berilgan. Markaziy bank normativ me’yoriy hujjatlari hamda vaqtli matbuot materiallaridan keng foydalanilgan.
Mualliflar oʻquv qoʻllanmani tayyorlashda institut talabalarining yoshi, qiziqishlari va oʻzlashtira olish qobiliyatlarini e’tibordan chetda qoldirmagan. Unda bir qancha ma’lumotlar rasmlar, chizmalar, jadval ma’lumotlari va diagrammalar tarzida bayon etilgan.
Undan iqtisodiyot sohasi bilan endi tanishayotgan kishilar ham foydalanishlari mumkin. Qoʻllanma sodda va ravon tilda, qisqa va qiziqarli tarzda yozilgan.Ushbu qoʻllanma mualliflarning mazkur sohadagi ilk urinishlari boʻlib, tabiiyki, ayrim xato-kamchiliklar va nuqsonlardan xoli boʻlmasligi, shuningdek undagi ayrim fikrlar bahs – munozaraga sabab boʻlishi mumkin.
Mualliflar bildiriladigan fikr-mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qiladilar va tashakkur izhor etadilar.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish