A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar


Pulning qiymatini bilmoqchimisan? qarz berib koʻr



Download 1,87 Mb.
bet9/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

Pulning qiymatini bilmoqchimisan? qarz berib koʻr.7
Avval ta’kidlaganimizdek, har qanday tovar mehnat mahsuli natijasida yaratiladi. Tovarga sarflangan mehnat miqdori uning qiymatini belgilaydi. Pul esa barcha tovarlarning qiymatini belgilash va ularning bahosini aniqlashda vositachi boʻlib xizmat qiladi.
Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho yoki narx deyiladi. Ana shu sababli turmushda u yoki bu tovarning qiymati deyilmaydi, balki bahosi yoki narxi deb aytiladi. Tovar qiymati qancha yuqori boʻlsa, uning bahosi shuncha qimmat va aksincha, qancha past boʻlsa, bahosi shuncha arzon boʻladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar bahosi uning qiymati asosida shakllanadi, ya’ni, tovar bahosi uning qiymatiga teng boʻlishi kerak. Ammo tovar bahosiga uning qiymatidan tashqari juda koʻp omillar, shu jumladan, bozordagi talab va taklif, raqobat, tovarning foydaliligi kabilar ta’sir etadi, ya’ni,:

4-chizma Tovarning qiymatiga ta’sir etuvchi omillar
Bu omillarning biri tovar bahosini koʻtarsa, boshqasi pasaytiradi. Masalan, qiymatning pasayishi narxni arzonlashtiradi, talabning ortishi esa uni qimmatlashtiradi. Foydalilikning yuqori boʻlishi baland narxni taqozo etsa, raqobat kurashi hamda taklifning koʻpayishi uni pasaytiradi.

Pul - muomala vositasi. Naqd pulim boʻlmasa, narsa sotib olmayman8.


Iqtisodiyotda tovarlar harakati pul harakatini keltirib chiqaradi va aksincha, pul harakati tovarlar harakatini ta’minlaydi. Pul yordamida tovarlar oldi-sotdi qilinadi.
Pulning muomala vositasi ekanligi tovarlarni naqd pulga sotilishi jarayonida namoyon boʻladi. Bu vazifani banklar tomonidan muomalaga chiqariladigan banknotlar va tangalar bajaradi. Bunda tovar harakati pul harakatiga mos keladi, ya’ni,, bir vaqtning oʻzida pul toʻlanadi va tovar sotib olinadi.
pul

tovar
5-chizma Pul va tovarlarning harakati


Masalan, talaba doʻkonga kirib pul toʻlab kitob yoki daftar sotib oldi.

  • Pul muomala vositasi sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:

  • bu vazifani faqat naqd pullar bajaradi;

  • tovar va pul oʻzaro qarama-qarshi yoʻnalishda harakat qiladi;

  • tovar va pul harakati bir vaqtda yuzaga keladi;

  • tovar sotuvchi va sotib oluvchi oʻrtasidagi munosabat tugallanadi,

  • tomonlar tovarga yoki pulga ega boʻladilar.

Pul ishtirokisiz tovarni tovarga almashtirish barter deyiladi. Barter ma’lum kelishilgan narxlarda amalga oshiriladi.
tovar

tovar


Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish