O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SH. ABDULLAEVA
PUL, KREDIT VA
BANKLAR
D a r s l i k
(qayta ishlangan nashr)
Toshkent - 2003
1
Pul, kredit va banklar. Darslik. (Sh. Abdullaeva) Toshkent, Toshkent
Moliya instituti, 2003. 318 bet
Pul, kredit va banklar bo’yicha respublikamizda chop etilayotgan o’quv
qo’llanma bo’lib, unda pul muomalasi, kredit tizimi va banklar faoliyati tashkil etish
asoslari ko’rsatib o’tilgan. Pulninig zarurligi, funktsiyalari, milliy valyutani
muomalaga kiritilishi, kredit va uning shakllari, kredit tizimi, uni tarkibi kredit
muassasalari, banklarning tashkil topishi, rivojlanishi, O’zbekiston Respublikasi bank
tizimini tashkil topishi va rivojlanishi, bank faoliyati barqarorligi va likvidliligi
to’g’risida fikr yuritilgan. Shuningdek‚ o’quv qo’llanma bir qator bank operatsiyalari‚
jumladan, bankning aktiv, passiv va boshqa operatsiyalari nazariy jihatidan hozirgi
zamon talablari asosida yoritib berilgan.
O’quv qo’llanma Toshkent Moliya instituti qoshidagi Oliy o’quv yurtlararo
ilmiy-uslubiy Kengash majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan.
«___» _________ 200_y. ___ -son majlis bayoni.
Rektorning o’quv va metodik
ishlar bo’yicha muovini:
A.Vohobov
Muallif:
prof. Abdullaeva Sh.Z.
Taqrizchilar:
Iqtisod fanlari doktori,
prof. Qodirov A.Q.
Iqtisod fanlari doktori,
prof. Abdullaev Yo.
Toshkent Moliya instituti - 2003
2
KIRISH
Mustaqillik yillarda O’zbekiston oldingidan tubdan farq qiluvchi yangi
iqtisodiy
munosabatlarga
asoslangan
iqtisodiy
rivojlanishning
navbatdagi
bosqichlariga o’tib bormoqda. Bozor iqtisodi asosida tovar-pul munosabatlari yotadi.
Tovar-pul munosabatlari – tovar ishlab chiqarish, tovarlarning ayirboshlash va pul
muomalasiga xos munosabatlarni ifoda qiladi. Bozor iqtisodi erkin tovar-pul
munosabatlarga asoslangan iqtisodiy monopoliyani inkor qiluvchi, ijtimoiy
taraqqiyotga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va
boshqarilib boriladigan iqtisoddir.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish
dolzarb tadbirlardan bo’lgan pul, kredit va banklar tizimida ham chuqur
o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o’tish iqtisodiy
kategoriya sifatida pulning, kreditning, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning
mohiyati va ahamiyatiga boshqacha yondashish zarurligini taqozo qiladi.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida bank-moliya tizimining ahamiyati
tubdan o’zgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan
olib boriladigan barcha ishlarning og’irlik markazi ana shu tizimlarga ko’chdi.
Shu sababli, bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul
muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini
tartibga solish, so’mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sahasidagi
muammolarni o’rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va
tavsiyalarni ishlab chiqish o’ta dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Bugungi kunda quyidagi savollar ilmiy nuqtai nazardan javoblarini kutmoqda:
-
naqd pul va kredit emissiyasining o’sishiga sabab nima?
-
aholi qo’lidagi pulning harakatsiz turib qolishiga qanday qilib yo’l qo’ymaslik
mumkin?
-
mahsulot ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamagan korxona (firma) ularga
kredit berilishiga yo’l qo’ymaslik uchun qanday chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim?
3
-
milliy valyuta kursini almashuvi va barqarorlashuvini ta’minlash uchun qanday
tadbirlar amalga oshirilishi kerak?
-
inflyatsiyani oldini olish va uni pasaytirish omillari nimalardan iborat?
Bozor munosabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni
rivojlantirish, kengaytirish va shu asosida iqtisodiy taraqqiyotga erishish kreditdan
foydalanishni, banklar faoliyatini samaradorligini oshirishni, kreditdan foydalanishda
salbiy hollarning oldini olishni taqozo qiladi. Yoozirgi vaqtda tijorat banklari
tomonidan beriladigan kreditlarning salmog’i va sifati sohasida ancha muammolar
mavjud.
Yoar bir jamiyatda bank tizimi uning iqtisodiy tizimining muhim va ajralmas
tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarixan tovar ishlab chiqarish va muomala jarayonining
rivojlanishi banklarning rivojlanishi bilan o’zaro bog’liq holda taraqqiy qilib borgan.
Banklar xo’jaliklarga kredit bera turib, korxona, tashkilotlar o’rtasida hisob-kitoblarni
o’tkaza borib, kapital harakatida vositachi sifatida maydonga chiqadi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida bank tizimida katta tarkibiy o’zgarishlar yuzaga keldi va
banklarning tarkibi va ular bajaradigan funktsiyalar va ularga yuklangan vazifalarning
mohiyati va sifati o’zgarib bormoqda. Banklar ma’muriy-buyruqbozlik tizimida
ishlashdan yangi - bozor munosabatlari sharoitida ishlashga o’tdi. Bozor
munosabatlari sharoitida ishlash banklardan yangi xizmat turlarini tadbiq qilish,
mijozlarni qiziqishlarini hisobga olish, ularga xizmat ko’rsatishning yangi usullarini
joriy qilish, yangi kredit vositalarini bank faoliyatida qo’llash, turli xil kredit
institutlarining barpo qilinishi bilan bog’liq jarayonlarni yuzaga kelishiga olib keldi.
Bozor iqtisodi sharoitida banklarning o’rni hamda faoliyatini muhimligi, pul,
kredit va bank tizimining takomillashib borishi, shu sohada malakali kadrlar
tayyorlashni va mavjud muammolar echimini taqozo qiladi.
Mazkur darslik “Pul, kredit va banklar” kursining o’quv dasturi asosida
yaratilgan bo’lib, ushbu yo’nalish sohalariga taalluqli bo’lgan mavzularni o’z ichiga
oladi. Bu darslikda bozor iqtisodi nuqtai-nazaridan iqtisodiy kategoriyalar va ularga
taallluqli bo’lgan masalalar ko’rib chiqildi. Bu kurs iqtisodiy fanlarni aniq mustaqil
yo’nalishlaridan bo’lib, ishlab chiqarish munosabatlarining maxsus bo’limi – pul,
4
kredit, banklar birjalar bilan bog’liq sohalardagi iqtisodiy munosabatlarning ifodasini
o’zida aks ettiradi. Darslik umumiqtisodiy nazariya ta’limotlari, xorijiy olimlarning
tadqiqotlarini e’tiborga olgan holda tadqiqot qilish asosida yaratilgan.
Darslikda bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasi va kreditning rivojlanish
qonuniyatlari, asosiy tamoyillari, banklar va bank operatsiyalarining olib borilishi va
valyuta tizimini rivojlanish bosqichlari kabi masalalar o’z ifodasini topgan.
Mazkur darslik, avvalo, iqtisodiyot oliy o’quv yurtlari talabalari, ilmiy
xodimlar, aspirantlar, tijorat banklari va Markaziy bank xodimlari, moliya
tashkilotlari xodimlari va shu soha bilan qiziquvchilar uchun mo’ljallangan.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |