A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar


-BOB: PULNING ZARURLIGI, PUL AYLANMASI VA PUL TIZIMI BARQARORLIGI



Download 1,87 Mb.
bet3/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

1-BOB: PULNING ZARURLIGI, PUL AYLANMASI VA PUL TIZIMI BARQARORLIGI
1-mavzu. “PUL VA BANKLAR” FANIGA KIRISH

§1.1. “Pul va banklar” fanining predmeti va vazifalari, fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan oʻzaro aloqadorligi


Oʻzbekiston Respublikasi “Ta’lim toʻg’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻg’risida”gi Qonunlariga asosan, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻg’risida”gi1, “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻg’risida”gi2 Prezident Qarori va “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va uning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg’risida”gi3 qabul qilingan qarorlarida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta koʻrib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish vazifalari belgilangan.
Mazkur hujjatlarga binoan oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining asosiy maqsadlaridan biridir.
Yaqin va uzoq istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan bizga qaysi soha uchun qanday mutaxassis kerak boʻladi? Shu masalani hozirdan chuqur oʻylashimiz, zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlarni tarbiyalashimiz kerak. Bu masala bizning kelajagimiz, bizning ertangi kunimiz.4
Shu jihatdan mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun pul, kredit va banklar samarali faoliyat koʻrsatishlari lozim. Chunki, ular davlat korxonalarini iqtisodiy va moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi, yuridik va jismoniy shaxslarni kreditlaydi hamda davlatning pul-kredit siyosatini amalga oshishini ta’minlaydi.
Pul, kredit, valyuta va banklar uzoq muddatli ijtimoiy rivojlanishning natijasi boʻlib, zamonaviy sivilizasiyaning muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Ularning amal qilishi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi. Shu sababli, pul, kredit va banklarni alohida fan sifatida oʻrganish zarurati yuzaga keldi.
Pul va banklar fanining maqsadi talabalarga pulning zarurligi, mohiyati, pul nazariyalari va pul aylanmasi, kredit va kredit munosabatlari, banklar va bank tizimi, valyutalarning xalqaro miqyosdagi harakatini tashkil qilish boʻyicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat.
Pul va banklar fanining vazifasi pulning kelib chiqishi va zarurligi, pulning mohiyati va pul muomalasi qonunlari, pul aylanmasi va pul tizimi, kreditning mohiyati va prinsiplari, kreditning shakllari va turlari, bank tizimining mohiyati, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish asoslari xususidagi nazariy va amaliy bilimlarni oʻrgatishdan iborat.
Pul va banklar” fani fundamental, nazariy fanlarning biri boʻlib, boshqa iqtisodiy va mutaxassislik fanlarni chuqur oʻrganishda asos boʻlib xizmat qiladi.
Mazkur fanni oʻrganish uchun talabalar “Bank ishi”, “Moliya bozori”, “Bank faoliyati statistikasi va tahlili”, “Banklarda operasion texnika va buxgalteriya hisobi”, “Bank menejmenti va marketingi” va boshqa bir qator fanlar bilan bog’liqdir.
Pul, kredit, valyuta va bank tizimlarining jamiyatimiz rivojlanishidagi oʻrni va munosabatlarini samarali tashkil etish fanning predmeti boʻlib hisoblanadi.
“Pul va banklar” oʻquv fanini oʻzlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalar qoʻyidagi bilimlarga ega boʻladilar:
-pulning kelib chiqishi va mohiyati, uning bozor iqtisodiyotidagi oʻrni, pulning vazifalari, turlari va ularning rivojlanishi, pul aylanishi va uning asosiy shakllari, pul tizimi, Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi va uning tarkibiy qismlari, inflyasiyaning mohiyati, kelib chiqish sabablari, turlari va oqibatlari;
- kreditning kelib chiqishi, uning mohiyati va ijtimoiy ishlab chiqarish taraqqiyotidagi oʻrni, kreditning vazifalari, kreditlash tamoyillari. Kredit turlari va shakllari. Kredit xavf-xatari va uni boshqarish, foiz xavf-xatari. Ssuda foizi va uning iqtisodiy mohiyati. Kredit berish tartibi;
- xalqaro iqtisodiy aloqalar va ularning milliy iqtisodiyot taraqqiyotidagi oʻrni, asosiy shakllari, xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta operasiyalari shuningdek, xalqaro hisob-kitoblar va Xalqaro kredit;
-banklarning paydo boʻlishi, rivojlanishi va ularning asosiy vazifalari, kredit, bank tizimi va banklar uyushmasi faoliyati, markaziy bank va tijorat banklarining vazifalari, hamda operasiyalari, nobank kredit tashkilotlari, xalqaro moliya-kredit tashkilotlari faoliyati va h.k.



Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish