A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar


-mavzu. PULNING NAZARIYALARI §3.1.Pulning metallilik nazariyasi



Download 1,87 Mb.
bet14/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

3-mavzu. PULNING NAZARIYALARI

§3.1.Pulning metallilik nazariyasi


Pulning metallilik nazariyasi bu turli davlatlarda turli tadqiqotchilar tomonidan aytilgan ilmiy qarashlarning jamlanmasi boʻlib, ular pul sifatida faqat oltin va kumushni koʻrdilar va jamiyat boyligining manbai deb hisobladilar.
Pulning metallilik nazariyasi XVI asrda fransuz olimi Nikolo Orezme tomonidan nazariya sifatida shakllantirildi. Keyinchalik angliyalik iqtisodchi olimlar U.Stefford, T.Men, P.Nors, Chayld, Fransiyada A.Monkreten, Germaniyada U.Yust, Italiyada G.Skaruffi, F.Galiyani tomonidan rivojlantirildi.
Pulning metallilik nazariyasi merkantilizm g’oyalariga asoslanadi.
Merkantilizm – dunyo tarixidagi birinchi iqtisodiy maktab hisoblanadi.
Merkantilistlar 2 yirik guruhga boʻlinadi:

  1. Ilk merkantilistlar.

  2. Soʻnggi merkantilistlar.

Ilk merkantilistlar - aktiv pul balansi degan g’oyani ilgari suradilar. Ularning fikriga koʻra oltin va kumush oʻz tabiatiga koʻra pul hisoblanadi. Har bir jamiyatning boyligi uning oltin va kumush zahiralari bilan belgilanadi.
Aktiv pul balansi - deganda oltin va kumushning har doim mamlakatga kirib kelish miqdori ularni mamlakatdan chiqib ketish miqdoridan katta boʻlishi tushuniladi.
Ilk merkantilistlar davlat proteksionizm siyosatini qoʻllash shart deb hisoblaydilar. Ular aytadiki, davlat mamlakatdan oltin va kumush pullarni chiqib ketishiga toʻsqinlik qilishi zarur.
Soʻnggi merkantilistlar pulning asosiy funksiyasi bu jamg’arish funksiyasi deb hisoblaydilar. XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII asr oxiriga qadar Yevropada soʻnggi merkantilistlarning qarashlari hukmron g’oyaga aylandi.
Soʻnggi merkantilistlarning eng taniqli vakili Tomas Men hisoblanadi. T.Men ilk merkantilistlardan farqli ravishda pulning muhimligi jamiyat boyligining manbai ekanligida emas, balki mamlakat ichidagi tovarlar va pullarning harakatiga ta’siridadir, degan xulosaga keldi.
T.Men birinchi boʻlib metallilik nazariyasiga yangilik kiritdi. Ushbu yangilik quyidagilardan iborat:

  1. Mamlakat savdo balansi ijobiy saldoga ega boʻlganda tovarlarni import qilish mumkin.

  2. Agar mamlakat uchun foydali boʻlsa, oltin va kumushni xalqaro savdoni rivojlantirish uchun ishlatish mumkin.

Tomas Men aytadiki, pul savdoni yaratadi, savdo esa pulni koʻpaytiradi.*12 Tomas Men birinchi boʻlib umumiy savdo balansi degan tushunchani kiritgan.
Soʻnggi merkantilistlar umumiy savdo balansi g’oyasini ilgari surdilar. Bungacha xususiy savdo balanslari mavjud edi. Ular mamlakatning alohida olingan bitta mamlakat bilan savdo munosabatlarini aks ettirar edi.
Merkantilistlar oltin va kumush tangalarni yemirilib ketishini tan olmaganlar. Lekin amaliyot koʻrsatadiki, oltin va kumush tangalar ishqalanish xususiyatiga ega. Ushbu tangalar vaqt oʻtishi bilan oʻz vaznining bir qismini yoʻqotadi, natijada ayirboshlash munosabatlarida notenglik holati yuzaga keladi. VIII asrga kelib metall tangalarning yemirilishi isbotlandi. Shuningdek, Birinchi jahon urushi ta’sirida Yevropada oltin standarti bekor boʻldi.
Dastlab merkantilistlar Adam Smit va Jorj Styuard tomonidan qattiq tanqidga uchradi. Ushbu olimlarning fikriga koʻra pul jamiyatning boyligi emas, balki shartli hisob birligidir. Pullar baho masshtabi sifatida ayirboshlash munosabatlarini ifoda etadi. Taniqli iqtisodchi olimlar P.Samuyelson, J.Key metall pullar muomalasini inkor etganlar.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish