Pulning miqdoriylik nazariyasining mohiyati shundaki, muomalada pul miqdorining oshishi tovarlar bahosining va pulning qiymatini oʻzgarishiga sabab boʻluvchi asosiy omildir.
XVI asrda Yevropalik mustamlakachilar va birinchi navbatda ispanlar Amerikadagi koʻplab oltin va kumush konlarini topdilar. Natijada Amerikadan Yevropaga juda katta miqdorda oltin va kumush oqib keldi. Bu esa G’arbiy Yevropada tovarlar bahosining keskin oshishiga sabab boʻldi. Shu bog’liqlikni birinchi boʻlib fransuz faylasufi Jan Boden aniqladi.
J.Bodenga qadar tovar bahosining oshishi metall tangalarni yemirilishi bilan izohlanar edi. Pulning miqdoriylik nazariyasi XVII-XVIII asrlarda Angliyada J.Lokk va D.Yum, Fransiyada Monteske rivojlantirdi. Ular bu nazariyani qog’òz pullarga nisbatan qoʻllashning mumkinligini asoslab berishdi.
Klassik iqtisodchi D.Rekardo pulning miqdoriylik nazariyasini tarafdori. Rekardo qiymatning mehnat nazariyasini yaratgan. Ushbu nazariyaga koʻra metall pullarning qiymati ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat xarajatlari bilan belgilangan. Ammo keyinchalik Rekardo oʻzining ushbu qoidasiga qarshi chiqdi. U yozadiki, ayrim davlatlarda pulning qiymati muomaladagi pul miqdoriga bog’liq ravishda oʻzgaradi.
Karl Marks pulning miqdoriylik nazariyasini ayovsiz tanqid qildi. Marksning fikriga koʻra miqdoriylik nazariyasining eng katta xatosi shundaki, ular pulning mohiyatini faqatgina pulning muomala vositasi bilan tushuntiradilar. Ular pulning qiymat oʻlchov funksiyasini tan olmaydilar. Karl Marksning fikricha, pulning miqdoriylik nazariyasining ikkinchi xatosi pullar va tovarlar muomala jarayoniga qadar bahoga va qiymatga ega boʻlmaydilar, deganlaridadir.
Marksning fikriga koʻra, muomalaga kirishgunga qadar pullar qiymatga, tovarlar esa bahoga ega boʻladi. Pullar qiymati va tovarlarning bahosiga bog’liq ravishda tovarlarning bahosi shakllanadi.
Pulning miqdoriylik nazariyasi namoyondalari bilan K.Marks oʻrtasidagi munozara quyidagida namoyon boʻladi.
Marks aytadiki: tovarlar bahosining oshishi muomaladagi pul miqdorining koʻpayishiga olib keladi. Pulning miqdoriylik nazariyasining namoyondalari aytadiki: muomaladagi pul miqdorining koʻpligi tovarlar bahosining oshishiga olib keladi. XX asrda pulning miqdoriylik nazariyasi hukmron nazariyaga aylandi. XX asrda miqdoriylik nazariyasining 2 xil koʻrinishi paydo boʻldi.
Transaksion ( I.Fisher yaratdi).
Kembridj.
1911yilda Irving Fisherning mashhur “Pulning xarid kuchi” nomli asari nashrdan chiqdi. Ushbu asarda Fisherning almashuv tenglamasi oʻz ifodasini topdi.
MV=PQ M-muomaladagi pul massasi
V- pulning aylanish tezligi
P –tovarlarning oʻrtacha bahosi
Q –ishlab chiqarilgan tovarlar miqdori
P=MV/Q Fisherning xulosasiga koʻra, tovarning bahosi muomaladagi pul miqdoriga va pulning aylanish tezligiga toʻg’ri proporsional. Bunda Q va V oʻzgarmasdir. Bu ikkala komponent oʻzgarmas boʻlganligi sababli shunday xulosa kelib chiqadi. Tovarlar bahosining oʻzgarishi muomaladagi pullarning oʻzgarishiga bog’liq.
Kembridj variantini Alfred Marshal yaratdi. Ushbu nazariyani Pigu rivojlantirdi. Fisherdan farqli oʻlaroq Marshal va Pigu tahlilni mikroiqtisodiy darajada amalga oshirdi. Ular asosiy e’tiborini xoʻjalik sub’ektlarining kassa qoldiqlarini oʻzgarishiga qaratdilar.
M =KPY K-pulning aylanish tezligi ammo bu tezlik xoʻjalik yurituvchi sub’ektlarning pul shaklidagi nominal daromadiga qarab oʻrganiladi. Fisherda pulning aylanishi tovarlar aylanishiga qarab belgilanadi. Kembridj variantidan shunday xulosa chiqadi: muomaladagi pul miqdori pulning aylanish tezligiga teskari proporsional. Pulning aylanish tezligi real kassa qoldiqlarining miqdori va ularning hisobidan qilingan xarajatlar nisbatiga bog’liq boʻlganligi sababli muomaladagi pul miqdorining oʻzgarishi pul shaklidagi nominal daromadning oʻzgarishiga bog’liq.
Kembridj variantida kassa qoldiqlarini shakllantirishning ikki xil varianti keltiriladi:
-pulning qulay toʻlov vositasi.
-koʻzda tutilmagan holatlar munosabati bilan nominal daromadning bir qismini pulda saqlash.