1-rasm Ayrim mamlakatlarda pul aylanish strukturasi
§4.2. Naqd pul aylanishi va uning faoliyat etish sohalari
Naqd pul aylanishi pulning muomala vositasi vazifasidan kelib chiqadi.
Naqd pul aylanishi deganda, ma’lum davrda naqd pullar vositasida amalga oshirilgan barcha toʻlovlar yig’indisi tushuniladi. Bu toʻlovlar banknot yoki tangalar orqali amalga oshiriladi.
Naqd pullar harakati bankdan boshlanadi, ular bankdan chiqib korxona va tashkilotlarning kassalariga kelib tushadi. Korxona va tashkilotlar esa bu pullarni ish haqi, stipendiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar sifatida kishilarga toʻlaydilar. Kishilar oʻz navbatida bu pullarga tovarlar sotib oladilar, oʻzlariga koʻrsatilgan xizmatlar haqini toʻlaydilar. Bu pullar yana savdo va xizmat koʻrsatuvchi korxonalar kassalariga kelib tushadi. Ular esa naqd pul tushumlarini oʻzlariga xizmat koʻrsatuvchi bankka topshiradilar. Naqd pullar harakati ana shu tarzda yakunlanadi va yangidan boshlanadi. Bu hol toʻxtovsiz takrorlanaveradi, ya’ni,:
10-Chizma. Naqd pullar harakati
Naqd pul aylanishi quyidagi hollarda roʻy beradi:
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan aholi oʻrtasida ish haqi, mukofotlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash, tovarlar sotib olish, hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash jarayonida:
Davlat muassasalari bilan aholi oʻrtasida pensiya, nafaqa, stipendiya, yutuqlar, soliqlar va boshqalarni toʻlash jarayonida:
Bank tizimi bilan aholi oʻrtasida qarz olish va uni qaytarish, qarz foizini toʻlash, omonatlar qoʻyish va olish jarayonida:
Aholining turli qatlamlari oʻrtasida bozorda turli mahsulotlar sotib olish, koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash jarayonida:
Naqd pul aylanishi pul aylanishi ishtirokchilaridan biri albatta, aholi vakili boʻlishini taqozo etadi.
Naqd pullar cheklangan miqdorda muomalaga chiqariladi va buning ustidan banklar nazorat olib boradilar. Bankka topshirilgan naqd pul osonlikcha pul topshiruvchining hisob–raqamidagi yozuvga aylanadi. Hisob raqamidagi yozuvlar esa oʻz navbatida naqd pulga aylanishi mumkin. Mamlakat Markaziy banki muomaladagi naqd pul massasini quyidagicha aniqlaydi va boshqarib boradi:
Aholi q oʻlidagi naqd pullar
Korxonalar kassa qoldiqlari
Banklararo kassadagi naqd pullar
=
Muomaladagi naqd pullar
Muomaladagi naqd pul massasining asosiy qismini aholi qoʻlidagi pullar tashkil etadi. Ularni hisoblash va tartibga solish nihoyatda qiyin jarayondir. Ana shu sababli aholi qoʻlida haddan tashqari koʻp miqdorda naqd pul toʻplanib qolishi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Mustaqillik yillarida pul muomalasini tartibga solish mexanizmlari takomillashtirildi, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatidan tushadigan naqd pul tushumini toʻliq inkassasiya qilish hamda korxonalar va aholining naqd pulga boʻlgan talabini ularning birinchi murojaatiga koʻra ta’minlash borasidagi qonunchilik talablari kuchaytirildi. Ushbu jarayonlarni monitoring qilishda agar muammo yuzaga kelganda uni tezkor hal qilishning samarali tizimi shakllantirildi.
Xususan, pul muomalasini boshqarishning bozor iqtisodiyotiga xos boʻlmagan usullari va mexanizmlari bekor qilindi.
Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida inflyasiya darajasining keskin pasayishiga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |