MAVZU BO’YICHA GLOSSARIY
INVESTISIYA - (nem.investitlion, lat. investere- kiyintirmoq)investor tomonidan biror bir faoliyatni amalga oshirish uchun kapital mablag'larni, sarmoyalarni joriy qilish, foyda olish maqsadida sarf qilish. I. mamlakat ichida (ichki investisiya) va xorijiy mamlakatlarda (tashqi investisiya) amalga oshirilishi mumkin. Moliya I.si- qimmatbaho qog'ozlarni xarid qilish, pul mablag'larini jamg'arish va boshqalarni, real I.- moddiy ishlab chiqarishga sarflangan sarmoyalarni o'z ichiga oladi.
Investitsiyalarga boʼlgan moyillik (propensity to invest) – investitsiya xarajatlarining daromaddagi hissasi.
Investor – bu qaror qabul qiluvchi va oʼzining shaxsiy, qarzga olingan mablagʼlarini va boshqa jalb qilingan mulkiy va madaniy boyliklarini investitsion loyihaga kirituvchi jismoniy va yuridik shaxsdir. U omonatchi va qarz beruvchi rolida chiqishi mumkin boʼlib amalga oshiruvchi investitsiyalarning yoʼnalishini, samarasini erkin holda aniqlaydi. Investor qarori bilan investitsiyalarga egalik qilish, ishlatish, foydalanish xuquqi va ularning natijalari bilan jismoniy va yuridik shaxslarga qonunda koʼrilgan tartibda berishi mumkin.
Isteʼmol (consumption) – kishilarning iqtisodiy talablarini qondirish jarayonida ijtimoiy mahsulotdan foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining oxirgi bosqichi.
Isteʼmolga oʼrtacha moyillik – isteʼmol xarajatlarining daromaddagi ( yoki shaxsiy tasarrufdagi daromad hajmidagi) hissasi.
Аvtonom isteʼmol – shaxsiy isteʼmol xarajatlarining yalpi milliy daromad (shaxsiy tasarrufdagi daromad -ShTD) oʼzgarishiga bogʼliq boʼlmagan qismi. ShTD nolga teng boʼlganda ham avtonom istʼmol toʼplangan mulk va jamgʼarmalarning kamayishi, yoki qarz hisobiga amalga oshirilaveradi.
Аvtonom investitsiyalar – asosiy kapitalga qilingan investitsiyalarning yalpi ichki mahsulot hajmi oʼzgarishiga bogʼliq boʼlmagan qismi.
Istе'mol finksiyasi-tasarrufdagi daromadning turli еhtimoliy darajalarida ma'lum vaqt mobaynida
rеjalashtirilayotgan istе'mol xarajatlari.
Istе'molga bo`lgan mе'yoriy moyillik-istе'molga yo`naltiriladigan foizlarda
ifodalangan tasarrufdagi yillik daromadning har bir qo`shimcha birligining ulushi.
Jamg`arma funksiyasi-bеrilgan ushbu vaziyatda, boshqa tеng sharoitlarda
jamg`arma hajmi va tasarrufdagi daromadning turli miqdorlari o`rtasidagi bog`liq
lik.
Jamg`armaga bo`lgan o`rtacha moyillik-jamg`armaga yo`naltiriladigan foizlarda ifodalangan tasarrufdagi yillik daromad
ulushi.
Jamgʼarishga chegaralangan moyillik – jamgʼarish hajmi oʼzgarishning bu oʼzgarishni keltirib chiqargan daromadlarning (ShTDning) oʼzgarish miqdoridagi ulushi.
Do'stlaringiz bilan baham: |