§18.1. Nobank moliya kredit – muasasalar, ularning iqtisodiy mohiyati. Nobank moliy kredit muassasalari iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bank tizimining, Markaziy bank va tijorat banklardan soʻngi uchinchi bosqichi boʻlib, banklarning monopol mavqeini yoʻqotib boradi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda zamonaviy kredit tizimiga nobank moliya kredit muassasalar rolini oshishiga birqator sabablar, xususan, rivojlangan mamlakatlarda axoli daromadlarining oshib borishi, qimmatli qog‘zlardan foydalanishning faol rivojlanishi va ushbu muassasalar tomonidan banklar ta’minlamaydigan maxsus xizmatlarning tatbiq etilishi asos boʻldi.
Nobank moliya kredit muassasalari banklardan farqli oʻlaroq oʻziga xos xususiyatdagi moliyaviy operatsiyaalarni va xizmatlarni amalga oshiradilar. Bu muassasalar moliya - kredit kapitali bozorining nisbattan tor yoʻnalishlarida ustunlik qilib, koʻp sonli mijozlarga ega boʻlib, kredit va moliyaviy yordami operatsiyalarini amalga oshiradilar.
Nobank moliya kredit muassasalarining uzoq muddat davomida katta miqdordagi mablag‘larni toʻplay olish imkoniyatlari, ularni davlat idoralari bilan hamkorlik qilishga jozibador qiladi. Shu sababli, koʻpgina mamlakatlarda davlat iqtisodiyotini yetakchi tarmoqlarini moliyalashtirish, rivojlanmagan mintaqalarning rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishda ularning imkoniyatlaridan foydalanadi.
Nobank moliya kredit muassasalarning asosiy faoliyati yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jalb etish, aksiyalar, obligatsiylar chiqarish, sug‘urta polislari sotish orqali mablag‘larni jamlaydilar. Iqtisodiyot va iqtisodiyotning birqator tarmoqlariga, koorporativ va davlat zayom kreditlari, uzoq muddatli ipoteka kreditlari, istemol kreditlari, oʻzaro iqtisodiy yordam berish boʻyicha xizmatlarni amalga oshiradilar.