Lombard krediti tovar moddiy boyliklarning, asosiy faoliyatiga ta’lluqli bajarilgan ishlar koʻrsatilgan xizmatlarning haqini toʻlash uchun qimmatli qog’ozlarni garovga qoʻyib alohida ssuda hisob varag’idan berilgan qisqa muddatli ssudalar.
Lombard kreditini ta’minlashda garov shartnomasini rasmiylashtirish bilan quyidagilar qabul qilinishi mumkin:
Davlatning qimmatli qog’ozlari:
Boshqa emitentlarining aksiyalari, obligasiyalari va depozit sertifikatlari.
Bankning oʻz aksiyalari garov sifatida qabul qilinmaydi. Qimmatli qog’ozlar kotirovkasida kurs xatarini belgilab beradigan qimmatli qog’ozlar bozorida birja kursi oʻzgarishlari munosabati bilan qimmatli qog’ozlarning garov qiymati birja nominal qiymatining 80 % dan oshmasligi, kotirovka qilinmaydigan qimmatli qog’ozlarning garov qiymati esa nominal qiymatining 60 % dan oshmasligi lozim.
Qimmatli qog’ozlarni garovga qoʻyish bilan kredit berish 12 oydan oshmasligi lozim. Davlatning qimmatli qog’ozlari garoviga qabul qilishda kreditning eng katta miqdori uning garov qiymatining 90 % igacha yetishi mumkin.
Qarz oluvchi fond bozoridan sotib olingan boshqa qimmatli qog’ozlarni garovga qoʻyganda kreditning eng katta miqdori garov qiymatining 80% idan oshmasligi lozim.
Lombard krediti alohida ssuda hisob varag’i boʻyicha kreditlashga mos keladigan tartibga oʻxshashdir. Lombard kreditiga garovga qoʻyilgan qimmatli qog’ozlar boʻyicha olinadigan daromadlar qarz oluvchining muddatsiz depozit hisob varag’iga kiritiladi va birinchi navbatda ularni saqlash boʻyicha xarajatlarni qoplashga, shuningdek, kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni toʻlashga sarflanadi.
Kredit boʻlimi xodimi kontokorrent hisob varag’i boʻyicha har oyda mablag’lar harakatini oʻrganib chiqadi va oy davomida hisob varaq boʻyicha depozit qoldiqlari yoki kredit qoldiqlari ustunligini hisobga olib, kontokorrent hisobvarag’i boʻyicha mijozni kreditlashni davom ettirishni lozim topadi yoki maqsadga muvofiq emas deb xulosa beradi. Agar mijoz tomonidan moliyaviy koʻrsatkichlarga amal qilinmasa, uning toʻlov layoqati yomonlashib borsa-da bu koʻrsatkichlarning yaxshilanishiga umid boʻlmasa bankning kredit qoʻmitasi mijozning kontokorrent hisob varag’i boʻyicha kreditlashni toʻxtatish va avval berilgan kreditni undirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradilar.
3.Overdraft kontokorrentning oʻziga xos shaklidir. Uning oʻziga xos xususiyati mijozga uning hisobvarag’ida qisqa muddatda debet qoldig’i boʻlishiga ruxsat beradi. Overdraftdan foydalanish huquqi faqat eng ishonchli mijozlarga beriladi.
Overdraft hisob raqami kredit tovar-moddiy boyliklar uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishda beriladi. Boshqa toʻlovlar Overdraft hisob varag’i boʻyicha kredit qoldig’i miqdorida amalga oshiriladi. Konokorrent hisobvarag’idan farqli ravishda overdraft bank bilan mijoz oʻrtasida bitimga asosan rasmiylashtiriladi.
Bu bitimga asosan bank qarz oluvchi hisobvarag’idagi mablag’larda ortiqcha xarajatlarni toʻlanmaslikka hisobga haqli deb kelishiladi. Overdraft krediti boʻyicha har oyning oxirida kredit qoldig’iga erishilishi lozim.
Mijoz tomonidan overdraftdan foydalanish mobaynida uni boshqa kredit turiga rasmiylashtirish mumkin, faqat kontokorrent turiga yoʻl qoʻyilmaydi. Overdraft hisob varag’i eng ishonchli mijozlarga ochiladi.