A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar


Bankning emitentlashgan mablag’lari



Download 1,87 Mb.
bet83/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

Bankning emitentlashgan mablag’lari. Banklar mijozlar mablag’laridan yetarli darajada uzoq muddatga foydalanishni amalga oshirishdan manfaatdordirlar. Shu sababli banklar obligasiya qarzlari, bank veksellari va boshqalarni chiqarish yoʻli bilan oʻz resurslarining miqdorini koʻpaytirib boradilar.
Obligasion qarzlar obligasiyalar koʻrinishida emitentlashadi. Hozirgi davrda chet el amaliyotida ikki valyutali obligasiyalar uchraydi. Bu obligasiya boʻyicha daromad egasi ixtiyoriga koʻra milliy valyuta yoki AQSh dollarida yoki boshqa chet el valyutasida toʻlanishi mumkin.
Banklar mijozlarning xohishiga qarab bir yilida ikki marta ularni toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladilar. Buning uchun mijoz koʻrsatilgan muddatdan bir hafta oldin mablag’larni olishi toʻg’risida bankka xabar berishi shart


§17.2.Tijorat banklarining aktiv operasiyalari
Aktiv operasiyalar bu banklar foyda olish va banklarning likvidligi (toʻlovga qobiliyati) ta’minlash maqsadida oʻz mablag’larini xoʻjaliklar va aholi ehtiyoji uchun joylashtirish tushuniladi.
Banklarning aktiv operasiyalari turli shaklda boʻlib, bank aktivlari turli xil iqtisodiy mazmunini aks ettiriladi. Banklar juda keng tarqalgan aktiv operasiyalariga; ssuda, investisiya va bir qism boshqa operasiyalar kiradi.
Ssuda operasiyalari banklarga daromadning asosiy qismini olib keladi, vaqtincha harakatsiz yotgan pul mablag’larini ishlab chiqish, muomala va iste’molni rag’batlantirgan holda harakatga soladi.
Mobilizasiyalashgan pul mablag’lari banklar mijozlarini kreditlash uchun va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash uchun foydalanadi. Daromad olish maqsadida bank resurslarini joylashtirish bilan bog’liq boʻlgan operasiyalar banklarning aktiv operasiyalari deyiladi. Bankning aktiv operasiyalarida asosiy oʻrinni ularning kredit yoki ssuda operasiyalari egallaydi.
Ssudalar berilishining ta’minotidan kelib chiqib, kreditlar moddiy boyliklar, tovarlar va boshqalar bilan ta’minlangan kreditlarga beriladi.
Banklarning mijozlarga beradigan ssudalari yoki kreditlarning muddatidan kelib chikib, ular muddatli va onkol kreditlar (inglizchadan on call – talab boʻyicha)ga boʻlinadi.
Ssudalar berilishining ta’minotidan kelib chiqib kreditlar moddiy boyliklar, tovarlar, veksellar, fondlar (qimmatli qog’ozlar) va boshqalar bilan ta’minlangan kreditlarga boʻlinadi.
Veksellarni qayd qilish deganda, bank tomonidan ularni toʻlash muddati tugagunga qadar veksellarni sotib olish tushuniladi. Oʻz navbatida, bank, agarda mablag’lar bilan ta’minlanganlikda qiyinchilik sezayotgan boʻlsa, Markaziy bankning xududiy boshqarmalarida berilgan veksellarni qayta hisobdan oʻtkazishi mumkin. Vekselni hisobga olib bank uning vaqtinchalik egasi boʻladi va vekselni emitent qilgan yoki uni hisobga olish uchun taqdim qilgan shaxsga ma’lum miqdorda pul toʻlaydi. Bu operasiya uchun bank mijozdan qayd etish foizi yoki diskont deb ataluvchi ma’lum foiz undiradi.
Diskont – bu vekselda koʻrsatilgan summa bilan veksel egasiga toʻlanadigan summa oʻrtasidagi farqdir. Ba’zi davlatlarda banklar oʻzlarida alohida mijozlarning kreditlash qobiliyatini oʻrganuvchi ayrim korxona va shaxslar veksel hisobi limitini oʻrnatuvchi hisob boʻyicha qoʻmitalarni tashkil etadilar.
Veksellar, tijorat, moliyaviy va «doʻstona» (bronza) veksellariga boʻlinadi.
Tijorat veksellari tovar munosabatlari asosida vujudga keladi. Ular boshqa veksellarga nisbatan ishonchlidir.
Koʻpgina veksellar moliyaviy xarakterga ega, ya’ni, ular broker yoki makler tomonidan hisob foizini olish uchun muomalaga chiqariladi.
«Doʻstona veksellar» – bu ikki shaxsning har qanday tovar harakatisiz bankdan mablag’ olish uchun bir-birlariga beradigan veksellardir.
Tadbirkorlar tomonidan chiqarilgan veksellarni «bronza» veksellari deb ham ataladi.
Akseptli operasiyada bank oʻzi akseptlashtirayotgan vekselni ishonchli mijozga chiqarish huquqini beradi. Ya’ni, berilgan veksel boʻyicha oʻz hisobidan toʻlovini kafolatlaydi. Shunday aksept kreditdan foydalanayotgan mijoz veksel haqini toʻlash uchun tegishli summani bankka toʻlash majburiyatini oladi.
Xalqaro miqyosda veksellar bilan bog’liq boʻlgan hamma operasiyalar 1930 yilda qabul qilingan Jenevada tuzilgan konvensiya bilan qat’iy belgilanadi.
Veksel boʻyicha beriladigan kreditdan foydalanishning muhim shakli aval hisoblanadi. Bunda veksel boʻyicha haq toʻlash bevosita veksel beruvchi bilan amalga oshiriladi. Aval esa haq toʻlashni kafolatlaydi. Aksept – aval operasiyalarining oʻziga xos xususiyati shundaki, ular bir vaqtning oʻzida ham aktiv, ham passiv operasiyalarga tegishli boʻladi.
Bank avvali veksel munosabatlarini hamda ularning boshqa banklardagi hisob-kitobini yengillashtiradi. Chunki yirik avalda hisob va qayta hisoblashda mutlaq tartibda amalga oshiriladi. Bir bank tomonidan avallashgan veksellar boshqa bank tomonidan ham hisobga olinadi.
«Veksel boʻyicha ssuda» operasiyasida veksel egasi boʻlib avvalgi veksel oluvchi qoladi, bank esa uning ta’minoti ostida mijozga veksel qiymatining 50-70% miqdorida ssuda beradi.
Banklar aktiv operasiyalarining muhim turi tovarlar boʻyicha ssudalar, ya’ni, tovarlarni garovga qoʻyib ssuda olish hisoblanadi. Hujjatlar, variantlar (tovarlarni omborda saqlash javobgarligi bilan qilinganligi toʻg’risidagi guvohnoma), temir yoʻl hujjatlari, konosamentlar (yukni kemaga qabul qilinganligi toʻg’risidagi paroxod jamiyatlari guvohnomasi), yuklarni tashishi toʻg’risidagi hujjat boʻyicha ssudalar olish hisoblanadi.
Tovarlar boʻyicha ssudalar bank tomonidan tovarning toʻliq bozor qiymatida emas, balki uning bir qismi (odatda, 50-60% dan yuqori boʻlmaydi) beriladi.
Tijorat banklari aktiv operasiyalarining yana bir turi fond operasiyalaridir.
Turli qimmatli qog’ozlar uning obʻyekti boʻlib xizmat qiladi. Banklarning qimmatli qog’ozlar boʻyicha operasiyalarining 2 turi koʻproq qoʻllaniladi. Bular qimmatli qog’ozlarni kreditning ta’minlanganligi uchun qabul qilish yoʻli bilan ssudalar berish va ularni bank tomonidan oʻz hisobiga sotib olish yoʻli bilan operasiyalar oʻtkazish.
Qimmatli qog’ozlar ta’minoti boʻyicha ssudalar ularning toʻliq bozor kursi qiymati boʻyicha emas, balki ularning ma’lum bir qismi (60-80%) boʻyicha beriladi.
Qimmatli qog’ozlar soxta kapitalni ifodalasa-da, ular boʻyicha ssudalar haqiqiy tovar ishlab chiqarish bilan bog’langan jarayonga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, qimmatli qog’ozlardagi bank investisiyalari ham mavjud boʻlib, bu holda bank turli emitentlardan qimmatli qog’ozlarni sotib oladi va bank qimmatli qog’ozlar portfeli vujudga keladi.
Bank tomonidan qimmatli qog’ozlarning xarid qilinishidan maqsad – bu qimmatli qog’ozlarni keyinchalik qayta sotish yoki kapitalning uzoq muddatga qoʻyilishi yoʻli bilan foyda olishdan iborat.
Oxirgi yillarda Respublikaning koʻpgina tijorat banklari yuqori foyda olish maqsadida, davlatning xazina majburiyatlarini koʻp miqdorda sotib olishdi. Chunki qimmatli qog’ozlarning bu turi bankka kafolatlangan daromad keltiradi. Hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning ta’minoti sifatida koʻchmas mulk, boshqa bank yoki sug’urta tashkilotining sug’urta kafolati ham qabul qilinishi mumkin. Tijorat banklarining aktiv operasiyalari ichida kreditlash jarayoni asosiy oʻrinni egallaydi.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish