3-mavzu: qadimgi turkiy til leksikasi ma’ruza rejasi



Download 45,11 Kb.
bet6/14
Sana08.03.2022
Hajmi45,11 Kb.
#486544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1oʻzbek tili tarixidan 3-4-mavzular

Omonimlar. Hozirgi turkiy tillarda omonimlar ot, sifat, fe’l va ravish so‘z turkumlarida uchragani kabi qadimgi yozma obidalarda ham anna shu so‘z turkumlari doirasida yuz beradi. Omonimlarning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, hozirgi turkiy tillarda ham, qadimgi turkiy tilda ham, ular, asosan, bir yoki ikki bo‘g‘inli so‘zlarda uchraydi.
Omonimlar har xil stilistik maqsadlarda hozirgi turkiy tillarda qanday ishlatilgan bo‘lsa, yozma obidalarda ham xuddi maqsadda iщlatilgan. Ammo omonimlarning yozma obidalar tilida ishlatilishi hozirgiga nisbatan ancha chegaralangan. Ammo bunday omonimlar keyingi davr til hodisasi ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Hozirgi turkiy tillar lug‘at sostavida bo‘lgan omonimlar qadimda ham bo‘lgan, ammo yozma obidalar tilida chegaralangan holda ishlatilgan.
VI-XI asrlarda yaratilgan yozma obidalar tilida ishlatilgan omonim so‘zlarni leksik-semantik tomondan quyidagicha gruppalashtirish mumkin.
Ikki xil ma’noli omonim so‘zlar. Bunday omonim so‘zlar juda keng qo‘llanilgan. Masalan: әr (erkak), Әr (geografik nom).
Uch xil ma’noli omonim so‘zlar. әl (xalq, aholi), әl (davlat), әl (qabilalar ittifoqi); baz (qabila nomi), baz (el, do‘st), baz (tobe).
To‘rt xil ma’noli omonim so‘zlar: bar (bor, mavjud,), bar (o‘lmoq), (En), bar (qo‘ldan ketmoq), bar (bermoq, sovg‘a qilmoq).
ar (bo‘lmoq), ar (charchamoq, horimoq), ar (aldamoq), ar (begonalashib ketmoq), ar (emirlamoq).
Demak, qadimgi turkiy tilda omonimlarning ishlatilishi o‘sha davr tilining leksik qatlami rang-barangligidan dalolat beradi.
Antonimlar. Qadimgi turkiy tilda sinonimlar, omonim so‘zlar bilan bir qatorda antonim so‘zlar ham keng qo‘llangan. Tilning lug‘at sostavidagi ayrim so‘zlarning sinonim bo‘lgani kabi ayrim so‘zlarning antonimi ham bor. Masalan, yaxshi so‘zning antonimi yomon bo‘lsa, katta so‘zining antonimi esa kichikdir. Qorong‘i so‘zining antonimi yorug‘dir va boshqalar.
Ana shu nuqtai nazardan lingvistik adabiyotlarda o‘zaro zid, qarama-qarshi ma’noli til birliklari antonim deb qaraladi. Ammo qo‘llanma va lug‘atlarda antonimlarni antonimik uyadan tarkib topgan juft suzlar bilan aralashtirib yuborish holatlari ko‘rinadi. Masalan: kun-tun, katta-kichik, baland-past, yaxshi-yomon kabi so‘zlarni antonimlar deyish haqiqatga to‘g‘ri kelmasa kerak. Chunki bu kabi so‘zlarning komponentlaridagi so‘zlar shu o‘rinda o‘z mustaqil ma’nolarini yo‘qotib, ikkalasi birlikda butunlay yangi ma’no ifodalashga siljib qolgandir. Ammo antonim so‘zlar kontekstda o‘z mustaqil ma’nosini saqlagan bo‘lishi shart.
Hozirgi turkiy tillarda antonim so‘zlar sifat, fe’l va ravish kabi so‘zlarda uchragani kabi, qadimgi turkiy tilda ham ana shu so‘z turkumlarida mavjuddir.
Obidalar tilida ishlatilgan antonimlarni leksik-semantik tomondan quyidagicha gruppalashtirish mumkin:
- hajm ma’nosini bildiradigan antonim so‘zlar: yuyqa va yinchә, az, ekush. Masalan: Yuyqa әrkilig, … yinchkә әrkilig (yupqa yo‘g‘on, inichka yo‘g‘on) (To‘n.).
- payt va vaqt ma’nosini bildiradigan antonim so‘zlar: kүn, tүn, әrtә, kәch. Kun yәmә, tүn yәmә yәlү bardïmïz (Kt).
- masofa ma’nosini bildiradigan antonim so‘zlar: ïraq, yag‘uq. Ïraq әrsәr, yablaq ag‘ï bәrүr, yag‘uq, әrsәr, әdgү ag‘ub әrүr (Kt).
- xususiyat va ta’m ma’nosini bildiradigan antonim so‘zlar: chïg‘aniy (kambag‘al), bay; korkli, yabïz va boshqalar: Chïg‘aniy bodunïg‘ bay qïltïm (Kt).
- harakat va masofa ma’nolarini bildiradigan antonim so‘zlar: uze (yuqori), asra (past); bardï, keldi va boshqalar. Uze kok teңri asra yag‘ïz yer (yuqorida ko‘k osmon, pastda qo‘ng‘ir er) (Kt) va boshqalar.
Biz yuqorida qadimgi obidalardagi ayrim leksemalarning leksik-semantik xususiyatlari to‘g‘risida qisqacha fikr yuritdik. Yuqoridagilar bilan bir qatorda qadimgi turkiy til lug‘at sostavida turkiy bo‘lmagan tillardan o‘zlashgan leksemalar ham o‘z ifodasini topgan.



Download 45,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish