3-MAVZU: QADIMGI TURKIY TIL LEKSIKASI
Ma’ruza rejasi:
1.Leksikologiya. Qadimgi turkiy til leksikasi.
2.Qadimgi turkiy tilnga ing leksik xususiyatari.
3. lug’at tarkibi.
4.Hozirgi o’zbek tili va qadimgi turkiy til leksikasining farqli va o’xshash xususiyatlari.
5. Qadimgi turkiy tilda sodda va qo’shma so’zlar.
LEKSIKOLOGIYA
Leksikologiyada tilda sha tilning lug‘at boyligi haqida so‘z yuritiladi.
Shuni ham qayd qilish kerakki, qadimgi turkiy til lug‘at sostavida mavjud bo‘lgan so‘zlarni biror urug‘ yoki qabilaga mansub deb bo‘lmaydi. Chunki qadimgi turkiy til leksik qatlamida bo‘lgan so‘zlar o‘sha davrda yashagan urug‘ va qabilalarning barchasiga tegishli bo‘lgan deb qarash zarur. Bundan, albatta, qadimgi turkiy til lug‘at sostavida turkiy bo‘lmagan leksemalar yo‘q ekan, dngan xulosaga ham kelmaslik kerak. Ana shu nuqtai nazardan qadimgi turkiy til leksik qatlamini ikki gruppaga bo‘lish lozim: o‘z qatlam va o‘zlashgan qatlam.
I. O‘z qatlam. Qadimgi turkiy tilning asosiy leksikasini, shubhasiz, turkiy tilga xos bo‘lgan qatlam tashkil qiladi. Bu qatlam hozirgi turkiy tillarning barchasigi tegishli bo‘lgan leksemalardir.
Qadimgi turkiy tilning leksik qatlamiga tomonimlar, etnonimlar, tabiat hodisalarini bildiruvchi leksemalar, mansabni bildiruvchi leksemalar, gidrotoponimlar, onomastika, zoonimlar, qarindoshlikni bildiruvchi terminlar, harbiy sohaga oid terminlar, kosmik jismlar nomlari, somatik so‘zlar, kiyim-kechakka oid so‘zlar oiddir. Ularning ayrimlari quyidagichadir.
Toponimlar. XI-XIX asrlardagi obidalarda anchagina joy nomlari uchraydi. Mazkur toponimlar o‘sha davrlarda yashagan turkiy xalqlarning kundalik moddiy, madaniy turmushi, ularning qaerlarda istiqomat qilganliklari, kasb-hunari, etnik sostavi haqida ma’lumot beradi. XI-XIX asrlarda quyidagi toponimlar uchraydi: Chug‘ay, Qaraqum, Shantun balïq, Altun yïs, Kogmen, Temir qapïg‘, Sog‘daq (To‘n.), Etuken yïsh, Shantun yazï, Tuput, Bekli chel, Chacha, Ezgenti, Buqaraq, Mag‘ï qorg‘an, Tabg‘ach (Kt., Ung.) va boshqalar. Bularning leksik-semantik xususiyatlari quyidagicha:
Ba’zi toponimlar biror narsa va predmetning tusiga qarab qo‘yilgan. Masalan: Qaraqum (Kt), Qïzïlqum (Kt).
Ayrim toponimlar biror narsa va predmetning tusiga qarab qo‘yilgan. Masalan: Atlïq (Ton).
Boshqa toponimlar predmetlarning fizik xususiyatidan olingan: Suvlik (Kt), Temir qapïg‘ (Kt).
Etnonimlar, ya’ni urug‘ va qabilalarning nomidan joy nomlari hosil bo‘ladi: Turk (Kt), Qïrg‘ïz (Kt), Qïpchaq (Bx), Tabg‘ach (To‘n), Og‘uz (Kt), Az (To‘n). Turk bodun Tabg‘achka kerur erti. Turk iline (Kt) va boshqalar.
Tomonlarni ifodalovchi toponimlar: Onre-sharq, Kәөrә - g‘arb, Biriye - janub (To‘n), Yïraya -Shimol (To‘n).
Tog‘lik joylarni bildiradigan toponimlar: Qadïrqan yïsh, Otukeny yïsh.
Ba’zan tog‘ ma’nosidagi yïsh o‘rnida tog‘ so‘zi ham qo‘llangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |