3-mavzu: qadimgi turkiy til leksikasi ma’ruza rejasi


Grek tilidan o‘zlashgan so‘zlar



Download 45,11 Kb.
bet8/14
Sana08.03.2022
Hajmi45,11 Kb.
#486544
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
1oʻzbek tili tarixidan 3-4-mavzular

Grek tilidan o‘zlashgan so‘zlar. VI-XI qadimgi turkiy tilda juda oz, jumladan, kәpur (kamfora) (Qb), nam (Oyo) (sehrli kitob) kabi so‘zlar uchraydi, xolos.
Chap tomondagi qadimgi turkiylarning kumushdan ishlangan kosachasi (chashkasi)ga tushirilgan yozuv namunasidir. U Ili daryosi bo‘yidan topilgan. Unda turklarning o‘lganlarni xotirlash marsimlarini aks ettiruvchi «aya saңa ochïq» deb yozilgan. Ma’nosi: «Aka senga ushbu o‘choq» demakdir.
O‘ng tomonda qadimgi turklarning tasmalari uchini biriktirib turuvchi to‘g‘nog‘ichi (blyaxa) ga tushirilgan runik yoki shunga o‘xshash yozuv namunasi. U Rossiyaning Irtish daryosi bo‘yidan topilgan. Unda qadimgi turklarning diniy tushunchalari bilan bog‘liq kiyik-quyosh ramzi ramzi aks ettirilgan bo‘lib, «aq sïqïn» deb yozilgan. Ma’nosi: «oq kiyik demakdir»


Savol va topshiriqlar:

  1. Qarindoshlik tushunchasini bildiruvchi terminlarni sanang.

  2. To‘nyušuq matnidan toponimlarni belgilang.

  3. Qadimgi turkiy tildagi o‘zlashma qatlamda qaysi tillarga oid so‘zlar mavjud?

  4. Bilga xoqon matnidan omonim va sinonimlarni aniqlang.



4-MAVZU: QADIMGI TURKIY TIL MORFOLOGIYASI: OT, SIFAT, SON, OLMOSH SO’Z TURKUMLARI
Ma’ruza rejasi:

1.Morfologiya – mustaqil so’z turkumlari.


2.Qadimgi turkiy tilga xos morfologik xususiyatar.
3. O’zbek tili va qadimgi turkiy til morfologik shakllari: ularning farqli va o’xshash xususiyatlari.


MORFOLOGIYA
Qadimgi turkiy til morfologik tip jihatidan turkiy tillar singari agglyutinativdir. So’z formalari so’zning negiziga maxsus qo’shimchalarni muayyan tartibda qo’shish yo’li bilan yasaladigan tillar agglyutinativ tillar deb ataladi. Ammo qadimgi turkiy tildagi morfemalar hozirgi o’zbek adabiy tili va singarmonizmni yo’qotgan shevalardan singarmonistik variantlarining borligi bilan farqlanadi. Lekin bu sof morfologik farq bo’lmay, fonetik farqdir.
Hozirgi o’zbek adabiy tili morfologiyasidan qadimgi turkiy til morfologiyasining umumiy farqi quyidagilardan iborat:
1. Hozirgi zamon morfemalari qadimgi turkiy tildagiga nisbatan miqdoran ko’p va mazmunan boy.
2. Hozirgi o’zbek tilida yo’q bo’lgan yoki alohida element sifatida o’qilmaydigan morfemalar ham bor.
3. So’z va forma yasovchi chet til morfemalari yo’q.
4. Murakkab morfemalar juda kam.
Qadimgi turkiy tilning morfologik strukturasi: so’zlarning yasalishi, otlarning ko’plik, egalik va kelishik qo’shimchalarini olishi, fe’lning harakat nomi, ravishdosh, sifatdosh formalari, shuningdek, bu so’z turkumining orttirma, majhul darajalari, zamon kategoriyasi, sifat, ravish va yordamchi so’z turkumlari hozirgi turkiy tillardan deyarli farq qilmaydi. Faqat sonlarning strukturasi jihatidan, turli affikslarning har xil fonetik ko’rinishlarga ega bo’lishi bilan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Qadimgi turkiy tildagi faol so’zlar, so’z yasovchi va forma yasovchi affikslar davrlar o’tishi bilan arxaiklashib qoldi, bularning ayrimlari esa hozirgi ba’zi turkiy tillarda aktiv ishlatilmoqda. Jumladan, qadimgi turkiy tilda aktiv qo’llangan tushum kelishigi affiksi –i hozirgi usmonli turk tilida hozir ham ishlatiladi.
Jamiyat tarixiy taraqqiyoti tilning lug’at sostavidagi so’zlar, affikslar adabiy formaga tomon siljib boradi. Bu tilning o’ziga xos qonuniyatlaridandir.
Qadimiy turkiy tildagi so’zlarni morfologik jihatdan ikki gruppaga: a) mustaqil so’z turkumlari; b) yordamchi so’z turkumlariga bo’lish mumkin.
Mustaqil so’zlarni ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish; yordamchi so’zlarni ko’makchi, bog’lovchi, yuklama, undov va modal so’zlar tashkil qiladi. Mustaqil so’z turkumlariga kiruvchi so’zlar kelishik affikslarini oladi, shaxs-son affikslari bilan tuslanadi, zamon, mayl, daraja affikslarini qabul qiladi. SHu xususiyatlari bilan yordamchi so’z turkumlaridan farq qiladi. YOrdamchi so’z turkumlarida ana shunday xususiyat yo’q. YOrdamchi so’zlar mustaqil so’zlarni bog’lashga va qo’shimcha ma’no ifodalashga xizmat qiladi.


Ot
Qadimgi turkiy tilda ham ot turkumiga kiruvchi so’zlar ko’p. Semantik tomondan ham hozirgi turkiy tillardagi singari xususiyatlarga ega. Qadimgi turkiy tilda ot turkumiga mansub so’zlar kishi nomlarini (Bilga qag’an), hayvon nomlarini (qoy, bars, bөri), jism nomlarini (sub), qavm-qarindosh (өga), planeta (tangri, yыr) va h. nomlarni ifodalaydi.
Ot egalik, ko’plik va kelishik affikslarini oladi, boshqa turkumdagi so’zlardan morfologik va sintaktik usul bilan ot turkumidagi so’zlar yasaladi.

Download 45,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish