Mavzu: turkiy tillarning turlanish sistemasi



Download 210,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana29.12.2021
Hajmi210,29 Kb.
#81468
  1   2
Bog'liq
TURKIY TILLARNING TURLANISH SISTEMASI



       MAVZU: TURKIY TILLARNING TURLANISH SISTEMASI 

REJA 

1.  Bosh kelishik     

2.  Tushum kelishigi              

3.  Jo‘nalish kelishigi          

4.  O‘rin-payt kelishigi         

5.  Qurol kelishigi                            

6.  Birgalik kelishigi  

7.  Chiqish kelishigi               

8.  Vosita kelishigi           

9.  Qiyosiy kelishigi               

 

Turkiy  tillarda  har  bir  kelishikning  bitta  affiksi  bo‘ladi.  Lekin    fonetik 



variantlari mavjud bo‘lib, bu fonetik variantlar bitta affiksga birlashadi, ya’ni bitta 

affiksning  vonetik  variantlari  hisoblanadi.  Bunday  fonetik  variantlarning 

mavjudligi  singarmonizm  hodisasi  bilan  izohlanadi.  SHunga  ko‘ra  turkiy  tillarda 

bitta turlanish sistemasi mavjud. Biroq ayrim turkiy tillarda kishilik olmoshlarining 

turlanishida bu qoidadan cheklanish ko‘zga tashlanadi. Bu hol qozoq, qoraqalpoq, 

no‘g‘oy, xokas, sho‘r, qirg‘iz tillarida kuzatiladi: mag‘an, sag‘an, og‘an kabi.  

Xozirgi turkiy tillarda  kelishiklar miqdori jihatidan katta farq qilmaydi.  

O‘zbek,  uyg‘ur,  qoraqalpoq,  no‘g‘oy,  qumiq,  boshqird,  gagauz,  turkman, 

ozarbayjon, tatar, turk tillarida 6 ta;  

Qozoq, chulim, tuva, sho‘r, qorachoy-bolqor, qaraim tillarida 7ta;  

Yoqut, chuvash, xokas tillarida 8ta kelishik bor.  

Ayrim  manbaalarda,  jumladan,  I.Qo‘chqortoev,  B.Isabekovlar  tomonidan 

yoqut  tilida  9  ta  kelishik  borligi  aytiladi.

1

  Biroq  yoqut  tili  grammatikasi  haqidagi 



kitobda bu tilda ham 8 ta kelishik mavjudligi qayd etilgan.

2

   



Turkologiyada  bu  tillardagi  ortiqcha  kelishiklarning  aksariyati  mazkur 

tillar  tarraqqiyotining  keyingi  davrida  ko‘makchilardan  va  boshka  til 

elementlaridan  kelib  chiqqan,  degan  qarash  bor.    Masalan,  qozoq  tilidagi  birgalik 

(tvoritelniy)  kelishik  formasi  -men  -pen  bilan  ko‘makchisining  taraqqiyotidan  

(bilan  –  menen  –  men)  kelib  chiqqan;  CHuvash  tilidagi  inkor  kelishigi  va  sabab-

maqsad  kelishigi  o‘zbek  tilidagi  inkor  yuklamasi,  bilan,  uchun  ko‘makchilariga 

to‘g‘ri  keladi.  Ayrim  kelishik  formalari  esa  qadimgi  davrdagi  qurol-vosita 

kelishigining bu tillarda saqlanib qolganligini ko‘rsatadi.  

Agar  turkiy  tillarning  turlanish  sistemasidagi  farqlarni  hududiy  jihatdan 

qiyoslansa, beshta turkiy til (xokas, yoqut, sho‘r, tuva, chulim) Sibir arealida, bitta 

                                                 

1

 Қўчқортоев И., Исабеков Б., Туркий филологияга кириш, -Т.: 1984, 102- бет. 



2

 Языки народов СССР // Тюркский языки, - М.: Наука, 1966, С. 407. 




turkiy  til  Volgabo‘y,  Ural  tog‘lari  atrofida,  yana  biri  eng  g‘arbiy  hududda 

Ukrainaning  g‘arbi  va  Litvada    (qaraim)  joylashganligi  ma’lum  bo‘ladi.  Bu 

tillardagi  kelishiklar  miqdorining  ko‘pligi,  mazkur  tillarning  qadimgi  davrida 

iste’molda  bo‘lgan  kelishik  qo‘shimchalarining  saqlanib  qolganligini  ko‘rsatadi. 

Masalan, o‘zbek tilida ham VI-XII asrlarda qurol-vosita kelishigi mavjud bo‘lgan: 

Az tutuqig‘ eligin tutdi (O‘rxo‘n. En). Azlar tutuqini qo‘li bilan tutdi.  

Bu  kelishik  hozirda  ham  ayrim  turkiy  tillarda  saqlanib  qolgan.  O‘zbek 

tilida,  shu  jumladan,  boshqa  turkiy  tillarning    ko‘pida  kelishik  sifatidagi 

xususiyatini  yo‘qotgan.  Ko‘pi  ravishlarga  yoki  yordamchi  so‘zlar  tarkibigi  o‘tib 

ketgan.  

Konkret  turkiy  tillardagi  kelishiklar  o‘ziga  xos  xususiyatlariga  ko‘ra  farq 

qiladi. Bunday hol ayrim kelishik qo‘shimchalarining belgisiz ishlatilishida ko‘zga 

tashlanadi.  Bu,  ayniqsa,  qaratqich  va  tushum  kelishiklarining  qo‘llanishilishida 

kuzatiladi. 

Turkiy  tillarda  hozir  ishlatilmaydigan,  ammo  qadimda  keng  qo‘llangan 

boshqa  kelishiklar  ham  bo‘lgan.  Bular  ayrim  so‘z  tarkibida  qotib  qolgan  holda 

hozir  ham  uchraydi.  Ayrim  turkiy  tillarda  bular  kishilik  olmoshi  tarkibida 

kelishiklar formasi saqlanmoqda. Qozoq, qoraqalpoq, no‘g‘ay, xokas, sho‘r, qirg‘iz 

tillarida  hamma  so‘z  turkumlari  jo‘nalish  kelishigida  -ga  formasiga  ega  bo‘lsa, 

kishilik  olmoshlari  shu  kelishikda  menga,  senga,  unga  formasiga  ega  emas,  balki 

mag‘a,  mag‘an,  sag‘an,  og‘an  kabi  ko‘rinishda  qo‘llanadi.  Qadimda  vosita 

kelishigi ham bo‘lgan: qishin-yozin, ochin-to‘qin. 

Shuningdek,  qadimda  jo‘nalish-o‘rin  kelishigi  bo‘lib,  uning  formasi  -ra,  -

ru    ko‘rishlariga  ega.  Ichra,  so‘ngra,  uzra  kabi  so‘zlashuvda  o‘zak  bilan  birlashib 

ketgan  -g‘aru,  -garu  ham  jo‘nalish-o‘rin  kelishigidir:  ilgari,  tashqari,  ichkari, 

yuqori, teskari, singari kabi. 

Kelishiklar miqdori bir xil bo‘lmagan tillardan biri YOqut tilidir. Bu tilda 9 

ta (ayrim manbalarda aytilishicha 10  ta) kelishik bor.   

      


1.    Bosh kelishik  - belgili 

-to, - ta. 

2.    Tushum kelishigi 

-ni, -nы, -nu 

3.    Jo‘nalish kelishigi 

-qa, -ga, -g‘a 

4.    O‘rin-payt kelishigi 

-no, -inna, -unna, -anna 

5.    Instr.p g‘                                -nam, -non 

6.    Tvor p. 

  -lu, -li, -tu, -ti 

7.    Chiqish kelishigi                    -tan, -tun 

8.    Birgalik kelishigi                    -lin, -tin, -din 

9.    Qiyosiy kelishigi                      

  -taqar, -daqar, -teker 

 

 




 

Qaraim tilida kelishiklar miqdori 7 ta: 

1.  Bosh             Uvul    

2.  qaratqich      Uvulnun   

3.  tushum  

  Uvulnu  

4.  in.p.              Uluvba  

5.  jo‘n.t             Uluvga    

6.  o‘rn-pt          Uvulda 

7.  chiqish          Uvuldan 

 

 

   



 

 

I.  Bosh kelishikning maxsus qo‘shimchasi yo‘q.  



II.  Qaratqich kelishi. Bu kelishik bir necha variantlardan iborat: 

 a) –ning, - ning 

 

b) –ning, -nung, -nong, -ding, -dun, -dong, - ting, tung, tong. 



 

v) –nin, -nun, -din, -dun, -tin, -tun. 

 

g) –ing, -ung. 



 

d) –ying, -yung. 

 

e) – ni, - nu.  



yo) –ni, -di, -tilshunoslik, -mi, -zi, -si, -shi, -ri, -yi, -xi, -chi,-li, -pi, -vi. 

 

j) – n, -an, -nan, -yan. 



 

Misol: azar. kitobin, arabanin, onun, onlarin

 

Oltoy. tonnin (to‘nin), masdin (molning), kasdin (g‘ozning), bistin (bizning)



Boshq: yo‘ldin (yo‘lning),  minin (mening) 

III. 


Tushum kelishigi. 

         a) ni, nu, no; di, du, do; ti, tu, to; 

         b) ni, nu; 

          v) ni, di, ti, ni, mi, pi, zi, shi, vi, li, si, ri, xi, chi. 

 

 


Download 210,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish