2. Xususiy tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash shakllari Kredit stavkasini aniqlash



Download 419,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana14.06.2022
Hajmi419,22 Kb.
#670253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Снимок экрана 2022—05—05 в 15.30.37

Ikkinchidan, 
bo‘sh pul mablag‘larini harakatdagi, ishdagi kapitalga aylantirib, pulni pul
topadi, degan qoidani amalga oshiradi.
Uchinchidan, 
qarz berish orqali pul mablag‘larini turli tarmoqlar o‘rtasida qayta
taqsimlash bilan ishlab chiqarish resurslarining ko‘chib turishini ta’minlaydi.
To‘rtinchidan, 
qarz berish, qarzni undirish vositalari orqali iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantiriladi.
Kredit va undan foydalanishda turli natijalarga erishiladi. Bu natijalar ijobiy yoki salbiy
bo‘lishi mumkin. Ijobiy natijalar deganda, kreditdan samarali foydalanish natijasida qo‘lga
kiritilgan yutuqlar tushuniladi. Masalan, Andijonning Asaka shahrida asosan, bank krediti
hisobidan qurilayotgan yangi avtomobil zavodi respublikaning engil avtomobillarga bo‘lgan
ehtiyojini ma’lum darajada qondirsa va jahon bozorida munosib o‘rin egallasa, bu kreditning
ijobiy yo‘li hisoblanadi.
Kreditning salbiy roli, asosan, quyidagi ikki holatda namoyon bo‘ladi:
1. kredit turli yo‘llar bilan asossiz ravishda ko‘p berilsa va oqibatda pul massasi ko‘payib,
milliy pul qadrsizlansa;
2. agar olingan halqaro kreditlardan samarali foydalanilmasa va mamlakat o‘zining
boshqa daromad manbalari, masalan, oltinini sotish hisobidan kreditni qaytarsa.
Kredit aloqalari pul egasi bilan qarz oluvchi o‘rtasida bevosita va bilvosita bo‘lishi
mumkin. Birinchi holda ular to‘g‘ridanto‘g‘ri muomalaga kirishadi. Ikkinchi holda ular aloqachi
vositachilar orqali yuz beradi. SHunga qarab, kreditning quyidagi asosiy shakllari kelib chiqadi:
1. Tijorat krediti.
2. Bank krediti.
3. Iste’molchi krediti.
4. Davlat krediti.
5. Halqaro kredit.
Tijorat krediti 
– bu sotuvchilarning haridorlarga tovar shaklida beriladigan kreditidir.
Bunda tovarlar ma’lum muddatda pulini to‘lash sharti bilan nasiyaga beriladi. Tijorat kreditini
nasiyaga oluvchi uning egasiga veksel (qarzning majburiyatnomasi)ni beradi.
Nasiyaga olish orqali berilgan qarz yig‘indisi tovarning o‘z narxi va mikdoriga bog‘liq
bo‘ladi. Masalan, 1000 metr duxoba nasiyaga har bir metri 2 dollardan beriladi. Bunda duxoba
egasining haridorga bergan qarzi 2000 dollarni (1000x2) tashkil etadi.
Tijorat kreditida foiz nasiyaga sotilgan duxoba narxiga ustama shaklini oladi, shu sababli,
duxoba nasiyaga o‘z narxidan yuqori narxda beriladi. Masalan, duxoba naqd pulga har metri 2
dollardan sotilsa, nasiyaga 2,5 dollar ustama foiz bo‘ladi. Bizning misolimizda 1000 metr
duxobaga ustama 500 dollarni tashkil etadi (1000 x 2,5 = 2500; 2500 – 2000 = 500).
Tijorat krediti berishning, asosan, beshta usuli mavjud:
• 
veksel usuli;
• 
ochiq schyot orqali berish, chegirma berish usuli;
• 
mavsumiy kredit;
• 
konsignatsiya.
Veksel usulida tovar etkazib berilganda sotuvchi haridorga trattani taqdim etadi. Haridor
o‘z navbatida, uni akseptlaydi, ya’ni trattada ko‘rsatilgan summani o‘z vaqtida to‘lashga rozilik
beradi.
Ochiq schyot orqali tijorat kreditini berishning mazmuni shundaki, haridor tovarga
buyurtma berishi bilanoq u yuklab jo‘natiladi, to‘lov esa o‘rnatilgan muddatlarga vaqtvaqti bilan
amalga oshirib boriladi. Bunda haridor har gal tovar olishda kreditni rasmiylashtirib o‘tirmaydi,
ya’ni kreditga murojaat qilmaydi.
CHegirma berish usulida haridor to‘lov hujjatlarini yozilgandan so‘ng, shartnomada
kelishilgan ma’lum davr ichida to‘lovni amalga oshirsa, to‘lov yig‘indisidan chegirma beriladi.
Agar ushbu davr ichida to‘lay olmasa, unda to‘lovni belgilangan muddatda to‘liq amalga
oshiradi. Mavsumiy kredit, odatda, o‘yinchoqlar, suvenirlar va boshqa keng iste’mol mollarini
sotishda

keng

qo‘llaniladi.

Masalan,

chakana

savdo

tashkilotlari

yil

da
vomida

archa o‘yinchoqlarini sotib oladilar va shu yil bilan o‘yinchoqlar uchun katta


zaxira to‘playdilar. O‘yinchoqlar haqini esa yangi yil bayrami o‘tgandan so‘ng yanvarfevral
oylarida to‘laydilar.
Ishlab chiqaruvchilar uchun bunday usulning qulayligi shundaki, ular o‘yinchoqlarni omborlarda
saqlash xarajatlaridan xolos bo‘ladilar.
Konsignatsiya – bu shunday usulki, bunda sotib oluvchilar tovarlarni majburiyatsiz sotib
oladilar, ya’ni tovar sotilgandan so‘ng puli to‘lanadi. Agar tovar sotilmay qolsa, u egasiga
qaytarib beriladi.

Download 419,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish