2. Xususiy tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash shakllari Kredit stavkasini aniqlash



Download 419,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana14.06.2022
Hajmi419,22 Kb.
#670253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Снимок экрана 2022—05—05 в 15.30.37

Firmaviy kredit 
– bu bir mamalakat firmasi tomonidan ikkinchi mamlakatdagi firmaga
berilgan kreditdir. Uning eng keng tarqalgan turi – bu eksportyorning importyorga tovarlarni
to‘lov muddatini kechiktirish asosida sotishga asoslangan kreditdir.
Akseptli kredit 
– bu yirik banklar tomonidan trattalarni akseptlash shaklida beriladigan
kreditlar. Agar eksport qiluvchi import qiluvchining to‘lovga qobilligiga shubxa qilsa yoki to‘lov
yig‘indisini tezda olishni xohlasa, ushbu kreditdan foydalaniladi.
Akseptli-rambursli kreditning 
ma’nosi shundaki, eksport qiluvchining vekseli uchinchi
mamlakat banki tomonidan akseptlanadi va importyor vekselda ko‘rsatilgan yig‘indini
akseptlangan bankiga o‘tkazadi.
Ma’lumki, xususiy banklar ham halqaro tashkilotlar (Halqaro valyuta fondi, Evropa
tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo rivojlanish banki va boshqalar) kabi halqaro kreditlar
beradilar. Ammo ularning kreditlarning berish shartlari bir-birinikidan jiddiy farq qiladi.
Bu farqlar quyidagilardan iborat:


- halqaro tashkilotlar, odatda, uzoq muddatli kreditlar beradi. Xususiy banklar esa, asosan qisqa
muddatli kreditlar berish bilan shug‘ullanadi;
- halqaro tashkilotlar beradigan kreditlarning foiz stavkasi kichik. Odatda, yiliga 79%ni tashkil
qiladi. Xususiy banklarniki esa nisbata yuqori, ko‘pchilik hollarda 1820%dan iborat bo‘ladi;

- halqaro tashkilotlar iqtisodiyotni barqarorlashtirish dasturlari asosida kredit beradi. Bunda aniq
dasturlar ularning ekspertlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari halqaro
tashkilotlar kredit oluvchi mamlakatlardan ma’lum ko‘rsatkichlarga – byudjet defitsitini
yalpi milliy mahsulotga nisbatan ma’lum nisbatini, inflyasiyaning oylik darajasi va
hokazolarga rioya etilishini talab qiladi; xususiy banklar esa, bu taxlitdagi dasturlarga,
ko‘rsatkichlarga rioya qilishni talab etmaydi;
- xususiy banklar beradigan halqaro kreditlar hajmida ta’minlangan kreditlarning salmog‘i katta
bo‘ladi. Halqaro tashkilotlarning kreditida esa aksincha, ularning salmog‘i, odatda, kichik
bo‘ladi.
Kredit jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini pullarga ehtiyojmand bo‘lgan
sub’ektlar o‘rtasida taqsimlaydi. Bu taqsimlash jarayoni qayta taqsimlash deyiladi, chunki bu
mablag‘lar moliya kategoriyasi yordamida birlamchi taqsimlash jarayonidan o‘tgan
mablag‘lardir. Bizga ma’lumki, moliya kategoriyasi yordamida milliy daromad dastlabki
taqsimlanganda to‘rt yirik qismga bo‘linib ketadi:
- moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan xodimlarning ish haqi;
- moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning foydasi;
- banklar bergan kredit uchun foiz stavkasi;
- er egalarining er rentasi.
Bu pul mablag‘lari banklarning kredit resurslari uchun manba hisoblanadi. Masalan, ish
haqini olaylik, korxonalarda ish haqi, odatda, oyiga 2 marta to‘lanadi. Ish haqiga mo‘ljallangan
mablag‘lar ishlatilgunga qadar kredit berish maqsadlariga ishlatilishi mumkin. YOki korxonalar
foydasi hisobidan tashkil etiladigan fondlarni olaylik. Ular ham kredit resursi sifatida ishlatiladi.

Download 419,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish