2. Xususiy tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash shakllari Kredit stavkasini aniqlash



Download 419,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana14.06.2022
Hajmi419,22 Kb.
#670253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Снимок экрана 2022—05—05 в 15.30.37

Tasodifiy foyda yoki daromadlar 
– xo‘jalik faoliyatini yurgizish davomida ko‘zda
tutilmagan tasodiflar, hodisalar, e’tiborga olinmagan jarayonlar va voqealar tufayli vujudga
keladigan daromadlardir. Bularga, asosiy faoliyat yurgizish davomida ifodalangan hisobotlarda
aks etgan boshqa daromadlar bo‘limi -moddasidagi daromadlar kiritilmaydi.
Xo‘jalik faoliyatini yuritish davomida korxonalar o‘z mablag‘lari darajasini aniqlashi va
nazorat qilishi muhim o‘rin tutadi. CHunki mulkiy javobgarlik, tuzilgan kontraktlar va
shartnomalar asosida kelib chiqadigan o‘zaro kelishmovchiliklar yoki muammolar mana shu
mulkka bo‘lgan egalik huquqlari bo‘yicha kafolatlanadi.
Mulkiy javobgarlik, mulk shaklidan qat’iy nazar, faqat korxonaning o‘z mablag‘lariga
quyilishi mumkin. O‘z mablag‘larning mikdori buxgalteriya balansi ma’lumotlariga asosan
aniqlanadi.
Mulk formalaridan qat’iy nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobida bo‘lgan o‘z
mablag‘lari summasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
O‘mab. = BV – (M + Mmaj.o‘s. – Mmaj.so‘n.) – Ddeb.qarz. – Z;
Bunda:
BV – balans valyutasi summasi;
M – uzoq muddatli va qisqa muddatli majburiyatlar passivini ikkinchi va uchinchi


bo‘limlari;
Mmaj.o‘s. – majburiyatlarning o‘sishi – oxirgi hisobot davri uchun balans ma’lumotlari
bilan taqqoslaganda kontrakt imzolagan kunga qarz olingan va jalb qilingan mablag‘lar;
Mmaj.so‘n. – kontraktni imzolash sanasi va oxirgi hisobot davri uchun balansni tuzish
sanasi o‘rtasidagi davrda majburiyatlarning so‘nishi;
Ddeb.qarz. – da’vo qilish muddati tugagan debitorlik qarzlari;
Z – zararlar summasi.
2. Xususiy tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash shakllari
Kichik Biznesni kredit bilan ta’minlash deganda, bu ularga pul yoki tovar shaklidagi
vositalarni ma’lum muddatga haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan
kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi.
Kredit munosabati ikki sub’ekt biri – pul egasi, ya’ni qarz beruvchi; ikkinchisi – pulga
muhtoj, ya’ni qarz oluvchi o‘rtasida yuzaga keladi. Kredit, tovar va pul ko‘rinishidagi
mablag‘larni qaytarib berish, muddatlilik va foiz to‘lash shartlari asosida berish natijasida yuzaga
keladi.
Kredit berilish muddatiga ko‘ra, uch turga bo‘linadi:
1. Qisqa muddatli kreditlar (muddati bir yilgacha bo‘lgan kreditlar).
2. O‘rta muddatli kreditlar (muddati bir yildan uch yilgacha bo‘lgan kreditlar).
3. Uzoq muddatli kreditlar (muddati uch yildan ortiq bo‘lgan kreditlar).
Halqaro kreditlar berilish muddatiga ko‘ra birmuncha farq qiladi. Bunda bir yildan besh
yilgacha muddatga berilgan kreditlar o‘rta muddatli, besh yil va undan ortiq muddatga berilgan
kreditlar uzoq muddatli kreditlar deb hisoblanadi.
Kredit va moliya tushunchalari o‘rtasida bir tomondan, umumiylik bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, farqli jihatlar mavjud.
Agar moliya barcha xo‘jalik sub’ektlarining o‘ziga tegishli pul mablag‘lari xususidagi
aloqalarni anglatsa, kredit, bundan farqliroq, o‘zga mulki bo‘lgan pulni qarzga olib ishlatish
borasidagi munosabatlarni bildiradi va bozor munosabatlarining bir elementi hisoblanadi.
Moliya bilan kreditning umumiyligi shuki, ularning har ikkalasi ham pul mablag‘lari
yuzasidan bo‘lgan munosabatlarni jamlash va ishlatish usulining har xil bo‘lishidan kelib chiqadi.
Moliyada o‘z mulki bo‘lgan pul resurslarini xohlagan vaqtda, xech bir xarajatsiz ishlatishi
mumkin. Kredit esa o‘zgalar pul mablag‘ini haq to‘lagan holda vaqtincha ishlatib turish va
muddati kelganda qaytarib berishni anglatadi. Kredit tovarpul munosabatlariga xos bo‘lgan va pul
harakatini bildiruvchi kategoriyadir.
Kredit sub’ektlari har xil bo‘lishi mumkin. Bularga korxona, firma, tashkilot, davlat va
turli toifadagi aholi kiradi.

Download 419,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish