«Turkiy filologiya asoslari (tanlov fan)» fanidan 1- amaliy
mashg’ulot
Birinchi mashg‘ulot: Qadimgi turkiylar va ularning shakllanishi xususidagi munozaralar. Turk etnonimi va uning ma’nolari.
Reja:
1. Turkiy xalqlar va tillar haqida umumiy tushuncha.
2. «Turk» etnonimining etimologiyasi haqida turli xil qarashlar.
3. Turkiy xalqlarga doir eng qadimgi manbalar.
4. Qadimgi turkiy xalqlar yashagan hududlar.Hozirgi turkiy millat va elatlar.
Адабиётлар:
1.Қўчқортоев И., Исабеков Б. Туркий филологияга кириш, Тошкент, 1984, 74-79-бетлар.
2. Ҳерман Вамбери. Туркий халқ // Ўзбегим, Тошкент, 1992, 110-127-бетлар.
3.Абдураҳмонов Ғ. Ўзбек халқи ва тилининг шаклланиши ҳақида, Тошкент, 1999, 11-24-б.
4.Ҳасан Ато Абуший. Туркий қавмлар тарихи, Тошкент, 1995, 10-36-бетлар.
5.O’rinboyev B., Abdurahmonov N. TURKIY FILOLOGIYA ASOSLARI, Samarqand, 2003, 6-7-b.
6.Маҳмудов Қ. Искиф ва саклар – туркий аждодларимиз // Фан ва турмуш, 1994, 2-сон, 10-11-бетлар.
7.Исабек Б. Ўзбек туркими ёки турк суғудми // Саодат, 1992, 9-сон, 9-11-бетлар.
8.Дониёров Х. Ўзбек халқининг шажара ва шевалари, Тошкент, 1968, 5-12-бетлар.
9. Кононов А.Н. Опыт анализа термина “турк” // журнал “Советская этнография”, 1949, 1-сон, 40-47-бетлар.
10.Насимхон Раҳмон. Турк ҳоқонлиги, Тошкент, 1993, 17-26-бетлар.
1-mavzu uchun. “KICHIK GURUHLARDA ISHLASH” METODI – ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish.
Ushbu metod qo‘llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo‘llanilganda ta’lim beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki ta’lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. Quyida “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi keltirilgan.
Talabalarning ta’limdagi zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha mavjud bilimlarini mustahkamlash, boyitish. Kompetensiyaviy yondashuv haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, zamonaviy yondashuvlarni ta’lim jarayonida faol qo‘llashga yo‘naltirish.
Mazkur amaliy mashg‘ulot kichik guruhlarda ishlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tinglovchilar 5-6 ta kichik guruhga bo‘lingan holda berilgan vazifalarni bajaradilar, fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashadilar.
1-topshiriq
Tushunchalarga ta’rif bering (talabalarga tushunchalar yozilgan qog‘oz beriladi. Talabalar o‘zaro fikrlashib, tushunchalarga ta’rif beradilar):
Turk etnonimi bu A.N. Kononov fikriga ko‘ra -
Turk etnonimi M.Koshg’ariyнинг fikricha: -
Turk etnonimi Xitoy manbalarida -
Turk etnonimi V.V.Bartold fikricha -
Turk etnonimi olim D.Aytmurodov fikricha -
Eslatma: Mazkur fikrlarni davom ettiring. Daftaringizga ko’chiring.
2-topshiriq
1. Baskakovning turkiy tillarni tasnif qilish bo‘yicha fikrlarini aytib bering.
2.Qadimda va hozirgi kunda turkiy xalqlar yashovchi hududlar haqida nimalarni bilasiz?
Eslatma: Savollarga javob yozing. Daftaringizga ko’chirib oling va o’qing.
3-topshiriq
Turk xalqlar foydalangan yozuvlarni izohlab bering.
Eslatma: Topshiriqni va javobini daftaringizga ko’chiring va o’qing.
Do'stlaringiz bilan baham: |