Xususiy mulk — ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va oʻz egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Oʻzbekiston Respublikasining mulkchilik toʻgʻrisidagi qonunida (7- modda), xususiy mulk



Download 46,49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.02.2022
Hajmi46,49 Kb.
#452011
Bog'liq
Xususiy mulk - Vikipediya



Xususiy mulk
Xususiy mulk — ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va oʻz egasiga
foyda
keltiruvchi mulkdir. 
Oʻzbekiston Respublikasining mulkchilik toʻgʻrisidagi qonunida
(7-
modda), xususiy mulk oʻz mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf
etish huquqidan iboratdir deb koʻrsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning
miqdori va qiymati cheklanmasligi taʼkidlanadi.
Xususiy mulk - ayrim kishilar yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk; bozor iqtisodiyotidagi xilmaxil
mulklar orasida yetakchi mulk shakli. Xususiy mulkning obʼyekti moddiy va moliyaviy boyliklar,
ish kuchi, intellektual mehnat mahsuli, yer, suv, yer osti boyliklari, korxonalar, xoʻjaliklar, aksiya va
obligatsiyalar, pul mablagʻlari, transport vositalari, turar joy, isteʼmol tovarlari, mehnat qobiliyati,
ishbilarmonlik mahorati, ilmiy kashfiyotlar, texnikaviy ixtirolar, sanʼat va adabiyot asarlari va
boshqalar boʻlishi mumkin. Xususiy mulk subʼyekti unga egalik qiluvchi kishilar, ayrim shaxslar va
xonadon axli xisoblanadi.
Xususiy mulk mulkchilikning eng koʻhna shakli, bundan bir necha ming yillar oldin qabila,
urugʻaymoklarning jamoa mulkidan oʻsib chiqqan jamoa mulki ayrim kishilar qoʻliga oʻtib Xususiy
mulkga aylangan. Xususiy mulk anʼanaviy va bozor tizimida asosiy mulk hisoblangan. Rejali
iqgisodiy tizim xususiy mulkni yoʻqotib davlat mulkini oʻrnatgan, isteʼmolga xizmat qiluvchi
mulkni, jumladan uyroʻzgor buyumlari va tomorqa xoʻjaligini shaxsiy mulk, deb eʼlon qilgan. Rejali
tizimdan bozor iqgisodiyotiga qaytilgach, Xususiy mulk yangidan tiklanadi. Bunga quyidagi yoʻl
bilan erishiladi: 1) davlat mulki Xususiy mulkga aylantiriladi; 2) uz mablaga xisobidan xususiy
mulkni yaratishga ruxsat beriladi; 3) jamoa (kolxoz) mulkidan xususiy mulk ajralib chiqadi; 4)
shaxsiy mulk xisoblangan tomorka va xonadon molmulkiga Xususiy mulk maqomi beriladi; 5)
Xususiy mulk chet eldan kirib keladi, mavjud mulkchilik tizimiga qoʻshiladi.
Bozor iqtisodiyotiga xos mulkiy poliformizmni Xususiy mulk transformatsiyasi yuzaga keltiradi.
Xususiy mulk oʻz sohiblari ixtiyori bilan birlashganda jamoa mulki hosil boʻladi. Xususiy mulk
milliylashtirilganda u davlat mulkiga aylanadi.


Xususiy mulk bozor iqtisodiyotining tayanchi sifatida bir qator belgilar bilan tavsiflanadi: Xususiy
mulk iqtisodiy resurslar, yaratilgan mahsulot va xizmatlarni, umuman boylikni yakka tartibda
ayrim kishilar yoki oilalar tomonidan oʻzlashtirilishini taʼminlaydi. Xususiy mulk sohiblari turli
toifadagi kishilar, chunonchi tadbirkorlar, ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, yer egalari va
rantyelar boʻlishi mumkin. Xususiy mulk oʻz egasiga iqtisodiy hokimiyat beradi, yaʼni uni
boshqarish funksiyasi bilan taʼminlaydi. Mulk obʼyektini mulqdorning oʻzi yoki uning nomidan
menejerlar boshqaradi. Xususiy mulk oʻz soxibiga naf keltirishi shart. Xususiy mulk oʻz soxibiga
iqgasodiy mustaqillik beradi, yaʼni mulk soxibi uni uz bilganicha ishlatadi. Mulk egasi muqobil
iktisodiy tanlov qoidasiga binoan, nima ish qilishini belgilab oladi, u mulkini biznesga qoʻyadi,
sotadi, garovga beradi yoki merosga qoldiradi.
Xususiy mulk iqtisodiy roʻyobga chiqishi — oʻz egasiga mulkiy daromad keltirishi yoki uning
isteʼmol ehtiyojini qondirishi kerak. Davlat qabul qilgan qonunlar va yozilmagan qoidalar, yaʼni
shakllangan anʼanalar va mulkiy udumlar Xususiy mulkga egalik qilishni, mulkiy huquqni
taʼminlaydi. Oʻzbekistonda Xususiy mulk daxlsizligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
mulk toʻgʻrisidagi qonunlarda eʼtirof etilgan.
Oʻzbekistonda Xususiy mulk davlat mulkini xususiylashtirish, uni hosil etishga ruxsat berilishi
natijasida yuzaga keldi va xususiy korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklari, xususiy banklar,
tomorqa, xonadondagi molmulk va pul jamgʻarmalari, qimmatli qogʻozlar Xususiy mulk
obʼyektiga aylandi.
Xususiy mulk, uni iqtisodiy roʻyobga chiqarish usuli jihatidan 2 turga boʻlinadi; 1) ayrim kishilarga
qarashli boʻlgan tanho individual Xususiy mulk Bu mulkka egalik mulkdorning oʻzining faoliyati
orqali yuz beradi, yakka tartibda egasi tomonidan boshqariladi, u keltirgan daromad ulushlarga
ajralmagan holda toʻlatoʻkis egasiga tegadi; 2) korporativ, guruxiy Xususiy mulk Bu ulushbay,
sherikchilikka asoslangan mulk bulib, aksiyadorlik jamiyatiga xos. Uning egalari aksiyadorlar
hisoblanadi, ularning mulkiy ulushi qoʻlidagi aksiyalar qiymati bilan oʻlchanadi. Xususiy mulkning
bu turida mulkning iqtisodiy roʻyobga chiqishi alohida emas, balki mulkdorlar guruhi doirasida yuz
beradi. Bu mulkni aksiyadorlarning oʻzlari emas, balki yollangan menejerlar boshqaradi, undan
kelgan daromad aksiyadorlar urtasida ulushbaychilik qoidasiga binoan taqsimlanib dividend
shakliga kiradi. Mayda Xususiy mulk individual bulsa, yirik Xususiy mulk korporativ Xususiy mulk
tavsifiga ega.
Xususiy mulk amal qilishi jihatidan 2 xil boʻladi: birinchisi biznesga xizmat qiluvchi mulk boʻlib
kapital sifatida harakatda boʻladi va egasiga fonda keltiradi; ikkinchisi isteʼmolga xizmat qiluvchi
mulk boʻlib, xonadonda ishlatiladi. Bu mulk isteʼmol buyumlar va pul mablagʻidan iborat,
xonadonning tirikchilik ehtiyojlarini qondiradi. Xususiy mulkning iqtisodiyotdagi roli xususiy
sektorning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi va xususiy molmulkning milliy boylikdagi hissasiga
bogʻliq. Xususiy mulk davlat mulkini xususiylashtirish va mulkdorlar topgan daromadning


jamgʻarilib, mulk obʼyektini kengaytirish yoʻli bilan koʻpayadi. Xususiy mulk bozor tizimida ustuvor
boʻlsada, boshqa mulk shakllarini inkor etmaydi, ular bilan yonmayon amal qiladi, mulkiy
poliformizm taʼminlanadi.
Ahmadjon Oʻlmasov.
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday 
mulk
 shakllari kabi, oʻzining ijobiy va salbiy tomonlariga
ega. U, soʻzsiz, tashabbuskorlik va 
tadbirkorlikni
, mehnatga maʼsuliyatlilik munosabatlarini
ragʻbatlantiradi. Shu bilan birga, 
tovar
ishlab chiqarish sharoitida u xufyona 
daromad
orttirishga
intilish hissini tugʻdiradi. 
Mulkchilikning
bu shaklini tan olish 
xalq xoʻjaligida
uni qoʻllash foydali
boʻlgan boʻgʻinlarni aniqlash, uni tartibga solishning 
moliyaviy
va 
huquqiy
mexanizmlarini
shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish
bilan umuman bogʻliq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil
xoʻjalik yuritish yoki davlat korxonalari, 
kooperativ firmalar

magazin

oshxona
va shu kabilarni
sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin.
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida 
aralash mulk
paydo boʻladi. Bu mulk alohida
olingan obʼektning turli mulkdorlar ishtirokida oʻzlashtirilishini bildiradi.
Shaxsiy mulk
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
 
Iqtisodiyot
 va 
moliyaga
 oid ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.
org/w/index.php?title=Xususiy_mulk&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz
mumkin.
Shuningdek qarang

Download 46,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish