82
kimyo va fizikadagi mavjud atomistik ta’limot turtki bo‘lgan edi.
Atomistik
ta’limotning ildizi qadimgi Yunoniston tamadduniga borib taqalsa-da, bu
xususdagi qarashlarning rivojiga Turkistondan chiqqan buyuk mutafakkirlar
Farobiy, ibn Sino, Beruniylar katta hissa qo‘shdilar
47
.
Atomistik ta’limot borliqdagi narsalarning tuzilishi va xossalarini tushuntirib
berish muammosi bilan bog‘liq ravishda qadimgi Gretsiya va Rimda falsafiy
muammo sifatida shakllangani va keyinchalik tabiiy fanlarga joriy etilgani
ma’lum. Atomistlar («atomistik ta’limot» tarafdorlarining nomi)
materiyaning
parchalar va donachalardan tuzilgani va pog‘onali shaklda ekanligini da’vo qilar
edilar. Jumladan, Demokrit faqat atomizmgina materiyaning xossalarini to‘la
ifodalash mumkin, degan xulosaga kelgan edi. Quyidagi tamoyillar atomistik
ta’limotning mohiyatini ifodalaydi:
1.Yo‘q narsadan hech narsaning kelib chiqishi mumkin emas. Mavjud bo‘lgan
hech narsa yo‘qolib ketmaydi, ularning doimiy o‘zgarishi bo‘linish
va birlashish
jarayonlaridan iborat;
2.Hamma narsa atomlar va bo‘shliqdan iborat; atom va bo‘shliqdan boshqa
narsalar quruq gap, aslo mavjudiyat emas;
3.Atomlar miqdori va shakliga ko‘ra cheksizdir, ular o‘zlarining harakati,
to‘qnashuvlari bilan ko‘rinib turgan dunyoni shakllantiradi;
4. Narsalar o‘rtasidagi farq ular tashkil
topgan atomlarning soni, shakli,
joylashish tartibidan kelib chiqadi.
5.Ruh mayda, dumaloq, silliq va birmuncha yengil va har yerda mavjud
atomlardan iborat, ularning harakati esa hayotni tashkil etadi;
6.Hayot va o‘lim o‘rtasidagi barcha farqlar tanadagi dumaloq atomlarning
miqdori bilan bog‘liqdir
48
.
19-asrning oxiri va 20- asr boshida atom yadrosining kashf etilishi va uning
parchalanuvchan ekanligi; atomlar yadro va uning chekka qismlari –elektron,
neytron, proton
kabi zarralardan iboratligi, bu unsurlar yadroning musbat va
zarralarning manfiy zaryadlangani tufayli dialektik birlikda ekani, yadroning
parchalanishi uning bilan bog‘liq unsurlarda katta miqdordagi energiyaning ajralib
chiqishi va kataklizmlarga olib kelishi kashf qilinganidan keyin boshqa fanlarda
ham,
shu jumladan, tilshunoslikda ham tabiiy fanlarga qiyosan «atomistik
ta’limot» shakllandi, ya’ni turli til birliklarida va sathlarida asos (yadro) va chekka
unsurlarni qidirish, til birliklarini atomistik ta’limotning boshqa tamoyillariga
ko‘ra tahlil qilish an’anasi vujudga kela boshladi.
Jumladan, 1911-yilda mashhur ingliz fizik-olimi Ernest Rezenford (1871-
1937) atom yadrosining planetar modelini taklif qildi. Olimning fikricha, olamning
eng kichik zarrasi bo‘lgan atomning markazida musbat zaryadlangan yadro mavjud
bo‘lib, u atomdan hajm jihatidan juda kichik, ammo og‘irligi jihatidan yadro
atomning aksariy massasini o‘zida ifodalaydi. Shu jihatdan atom va uning yadrosi
47
Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. – Тошкент: Шарқ, 2001.–Б. 108.
48
Захидов С.Т. Атомистическая картина мира. http://spkurdyumov.ru /biology/atomisticheskaya-kartina-mira/
(15 марта, 2007 г.)
83
xuddi Quyosh sistemasiga o‘xshaydi, ya’ni o‘zakda
bu sistemaning aksar
massasini o‘zida ifodalovchi quyosh turadi va uning atrofida elektronlar
(planetalar) aylanadi
Do'stlaringiz bilan baham: